* * *
BMT Bosh Assambleyasining 2000-yil sentabr oyida o‘tgan
«Mingyillik sammiti»da davlatimiz rahbari xalqaro terrorchilik va
giyohvand moddalaming noqonuniy savdosiga qarshi kurashga,
mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, BMT faoliyati va uning
larkibiy tizimini isloh qilishga doir ko‘plab takliflami bildirdi. Xal
qaro jamoatchilik e’tiborini yana bir
bor Orol muammosiga qarat-
di. Ta’kidlamoq joizki, Oroldagi vaziyat nafaqat Markaziy Osiyo
inintaqasi, balki butun dunyo mamlakatlarining ekologik muammo-
sidir. Shundan kelib chiqqan holda, davlatimiz rahbari «Mingyil
lik sammiti»da ekologik xavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni
qoTlab-quwatlash, ushbu xayrli ishlarga
xalqaro tashkilot va donor
mamlakatlardan moliyaviy vositalar jalb etish maqsadida BMTning
Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha xalqaro dasturi huzurida Orol va
Orolbo‘yi muammolari kengashini tuzishni taklif qildi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yilgi Is
tanbul sammitida Prezident Islom Karimov BMT huzurida terrorchi-
likka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro markaz tashkil etish g ‘oyasini
ilgari surdi. 2001-yil 28-sentabrda BMT Xavfsizlik kengashi doi-
rasida terrorchilikka qarshi kurash qo‘mitasining tashkil etilishi bu
g'oyaning amaliy natijasi boTdi.
0 ‘zbekiston ayni vaqtda BMTning mavjud 12
aksilterror kon-
vensiyasiga ljamda narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashga oid
konvensiyalariga qo‘shilgan. Bu yo‘nalishdagi hamkorlikning ama
liy ifodasi sifatida 2000-yil 19-20-oktabr kunlari Toshkentda BMT
va VOSG bilan hamkorlikda «Markaziy Osiyoda xavfsizlik va bar-
qarorlikni mustahkamlash: giyohvand moddalar, uyushgan jinoyatc-
hilik va terrorizmga qarshi kurashda umumiy yondashuv»
mavzuida
xalqaro konferensiya o ‘tkazildi.
2006-yilning sentabrida esa Markaziy Osiyo mamlakatlari va-
killari Qozog‘istonning Semipalatinsk shahrida «Markaziy Osiyoda
yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to‘g ‘risida»gi shartnomani
imzoladilar.
0 ‘zbekiston rahbari Islom Karimov g‘oyasining amaliy natijasi
boTgan bu shartnoma mintaqamizda
tinchlikni mustahkamlash va
ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishining oldini olishdagi, pirovardi-
da dunyoda yalpi yadroviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi g‘oyat
muhim qadam boTdi.
Mamlakatimiz BMT va uning ixtisoslashgan tashkjjotlari bilan
turli yo'nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bunda dav
latimiz rahbari Islom Karimovning xalqaro integratsiyani kuchayti-
6 7 9
rish, barqarorlikni mustahkamlash va davlatlararo hamkorlikni rivoj-
lantirishga qaratilgan hamda tinchlikparvarlikka
asoslangan izchil
siyosati muhim omil bo‘lmoqda.
Ayniqsa, UNISEF va UNESKO bilan aloqalar koTami keng.
UNISEF bilan hamkorlikda bolalar salomatligini mustahkamlash,
jumladan, ular orasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini
olish, emlash, maktablar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tib-
biy madaniyatni oshirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish-
ni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan
ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.
UNESKO - 0 ‘zbekiston madaniy hayotida yuz berayotgan jara-
yonlaming faol a’zosi. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali,
qadimiy shaharlarimiz va buyuk ajdodlarimizning
yubiley tadbirlari
bu xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. 0 ‘tgan yili Xo-
razm M a’mun akademiyasining 1000, Qarshi shahrining 2700 yillik
yubileylari nishonlangani bunga yorqin misoldir.
0 ‘zbekiston - BMTning faol a’zolaridan. Zero, mamlakatimiz
butun dunyoda tinchlikni qaror toptirish yuzasidan amalga oshiri-
layotgan ko‘plab xayrli ishlaming tashabbuskorlaridandir.
Tashki-
lotning o‘sha paytdagi Bosh kotibi Kofi Annan 2002-yil oktabrida
yurtimizga tashrifi chog‘ida 0 ‘zbekistonning jahonda xavfsizlik va
barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho
berdi. Bu mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalib
borayotganining yana bir tasdig‘idir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 2010-
yil,
Dostları ilə paylaş: