Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§ 0 ‘zbekiston va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə354/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

4-§ 0 ‘zbekiston va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti
Hozirgi davrda 0 ‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti- 
dagi ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu tashkilot (1996-y. 
Shanxayda chegara hududlarida harbiy sohada o‘zaro ishonchni
702


mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g ‘risida imzolangan Bitim doira- 
sida) Xitoy bilan qo‘shni davlatlar o ‘rtasida chegaralarga doir masa- 
lalami hal etishga qaratilgan norasmiy forum sifatida tashkil etilgan 
edi.
SHHT - submintaqaviy xalqaro tashkilotga oltita davlat -
Qozog'iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va 0 ‘zbekiston 
a’zo boTgan. SHHT tarkibiga kiradigan davlatlaming umumiy 
hududi Yevroosiyo hududining 61 foizini, umumiy demografik (nu- 
fusiy) jihatdan dunyo aholisining to’rtdan bir qismini tashkil eta- 
di, iqtisodiy salohiyati nuqtayi nazaridan AQSHdan keyingi eng 
qudratli - Xitoy iqtisodiyotini qamrab oladi. Rasmiy tillari - rus 
va xitoy tili. Qarorgohi Pekinda joylashgan. SHHTga a’zo davlat­
lar hududining umumiy maydoni 30 min. kv. km. yoki Yevroosiyo 
qit’asi maydonining beshdan uch qismini tashkil etadi. Ushbu dav­
latlar aholisining soni - 1,455 milliard kishi yoki dunyo aholisining 
taxminan to‘rtdan bir qismini tashkil etadi.
SHHT tashkil etilishi tarixan umumiy chegaralarda qurolli kuch- 
lar va qurol-aslahalami qisqartirish to‘g‘risida Bitim qabul qilingan 
Moskva sammiti bilan uzviy bog’liqdir. 1998-yildan Markaziy Osiyo 
mintaqasi, mintaqaviy xavfsizlik va ko‘ptomonlama hamkorlik ma- 
salalari «Shanxay beshligi»ning diqqat markaziga aylana boshladi. 
Terrorizm, separatizmga qarshi kurashish, mintaqa doirasida iqtiso­
diy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish «Shanxay beshligi»ning 
asosiy maqsadlari sifatida e’lon qilinadi.
1998-yilning 3-iyulida «beshlik»ning Olmaotada boTib o‘tgan 
uchinchi sammitida tashqi ishlar vazirlarining Qo‘shma bayonoti 
yakuniy hujjat sifatida qabul qilindi. Unda tomonlar xavfsizlik ma- 
salalari yuzasidan maslahatlashuv jarayonini rivojlantirish va «bun­
ga mintaqaning barcha manfaatdor davlatlarini jalb etishga» kelishib 
oldi. «Shanxay beshligi» doirasida hamkorlikni rivojlantirishning 
quyidagi asosiy yo’nalishlari belgilab olindi: xavfsizlik, muhim xal­
qaro muammolar yuzasidan doimiy maslahatlashuvni amalga oshi- 
rish; xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand modda- 
laming noqonuniy savdosi; vaziyat talab etgan hollarda Markaziy 
Osiyo, umuman, Osiyo qit’asida xavfsizlikni ta’minlash, hamkorlik­
ni kengaytirish, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish ma- 
salalari bo‘yicha ekspertlar, tashqi ishlar vazirlari doirasida uchra- 
shuvlami tashkil etish.
«Shanxay beshligi»ning 2005-yil iyulida Dushanbeda boTib 
o‘tgan beshinchi sammitining tarixiy ahamiyati beqiyosdir. Zero, 
unda ilk bor kuzatuvchi sifatida 0 ‘zbekiston Respublikasining
703


Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, XXR Raisi Szyan Szemin 
bilan uchrashgan edi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, «Dushanbe 
dekloratsiyasi» qabul qilindi. Bu hujjatning ahamiyati shundaki, 
unda taraflar xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, qurol-yarog‘ va 
giyohvand moddalaming noqonuniy savdosiga qarshi birgalikda 
kurashish, uzoq yillarga moijallangan hamkorlik dasturini ishlab 
chiqish hamda bu borada tegishli kelishuvlar tuzishga kelishib olish 
bilan birgalikda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Marka- 
ziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish tashabbusi 
qo ‘ llab-quwatlandi.
2001-yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan sammitda «Shanxay besh- 
ligi» unga a’zo bo‘lgan davlat - 0 ‘zbekiston Respublikasi ishtiro- 
kida Shanxay Hamkorlik tashkilotiga aylantirildi. 0 ‘zbekistonning 
ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi ma’qullangach, mamlakatimiz 
shakllantirilayotgan yangi tashkilotning maqomi va ahamiyati, maq- 
sad hamda vazifalarini aniqlashtirish, jumladan, SHHT hech qachon 
harbiy yoki harbiy-siyosiy tashkilotga aylantirilmasligiga oid taklif- 
lami ilgari surdi.
0 ‘sha davrda ommaviy axborot vositalarida ta’kidlanganidek: 
Shanxay sammitining ahamiyati shundaki, unda ikki masala - xavf- 
sizlik va hamkorlik masalalarida yakdillikka erishilgan edi. Aynan 
shular yangi tashkilotning «hamkorlik orqali xavfsizlik» shiorida 
ifodalangan faoliyatining asosiy tamoyillariga aylandi. Terroristik 
xatti-harakat va shunga o’xshash tahdidlar vujudga kelganda o ‘zaro 
yordam va maslahatlashuvga huquqiy asos mavjudligi ham ushbu 
tamoyil mazmun-mohiyatiga mos keladi. Umuman olganda, qaysi 
sohalarda hamkorlikning rivojlanishidan qat’i nazar, u milliy, minta- 
qaviy, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy xavfsizlik- 
ning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Tashkilotning 2002-yil iyun oyida Sankt-Peterburgda bo Tib 
o ‘tgan sammitida uning ustav hujjati - SHHT Xartiyasi qabul qilin­
di. Unda tashkilotning maqsadlari, vazifalari va tamoyillari hamda 
hamkorlik yo‘nalishlari aks ettirilgan, Mintaqaviy antiterroristik tu- 
zilma (MATT) haqidagi Bitim imzolandi. SHHT doimiy ravishda 
ishlaydigan organi boTgan ushbu tuzilma huquq-tartibot idoralari va 
maxsus xizmatlaming terrorizmga qarshi kurashdagi faoliyatini mu- 
vofiqlashtirishni nazarda tutadi.
2003-yilning mayida SHHT Mokvadagi sammitida davlat bosh- 
liqlar Kengashi, hukumat boshliqlari Kengashi, tashqi ishlar vazirlari 
Kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar Kengashi, ministrlik va ido- 
ralar rahbarlari YigTni, Kotibiyat, shuningdek, MATT hamda SHHT
7 0 4


kotibiyati qoshidagi a’zo davlatlaming doimiy vakillari haqidagi 
Nizomlar tasdiqlandi.
Davlat boshliqlari tomonidan Mintaqaviy antiterroristik tuzil- 
ma Ijroiya qo’mitasi qarorgohini Bishkekdan (Qirg‘iziston) Tosh- 
kent shahriga ko’chirish, shuningdek, 2004-yil 1-yanvaridan tashki- 
lotning doimiy faoliyat yurituvchi organlari - SHHT Kotibiyatining 
Pekin shahrida, MATT Ijroiya qo‘mitasining Toshkent shahrida ish 
boshlashi haqida qaror qabul qilindi.
SHHT tashqi ishlar vazirlari Kegashining 2003-yil sentabrida 
Toshkent shahrida boTib o‘tgan yig‘ilishida terrorizm, separatizm 
va ekstremizmga qarshi kurashish Shanxay Konvensiyasi, SHHT 
Xartiyasi, a’zo davlatlar o’rtasidagi MATT to‘g‘risida Bitimga 
o‘zgartirish kiritish protokoli imzolanib, tegishli kommyunike qabul 
qilindi.
SHHT asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- a ’zo davlatlar o ’rtasida o ‘zaro ishonch, do‘stlik va yaqin 
qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash;
- mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlash hamda 
mustahkamlash, yangi demokratik, adolatli va oqilona siyosiy hamda 
iqtisodiy xalqaro tartibni shakllantirishga ko’maklashish maqsadida 
turli yo’nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish;
- terrorizm, separatizm va ekstremizmning barcha ko’rinish- 
lariga qarshi birgalikda kurash olib borish, giyohvand moddalar va 
qurol-yarog‘ningoioqonuniy savdosi hamda transmilliy jinoiy fao- 
liyatning boshqa turlari, jumladan, noqonuniy migratsiyaga qarshi 
kurashish;
- siyosiy, savdo-iqtisodiy, mudofaa, huquq-tartibotni saqlash, ta- 
biatni muhofaza etish, madaniy, ilmiy-texnikaviy ta’lim, energetik, 
transport, moliya-kredit va boshqa sohalarda samarali mintaqaviy 
hamkorlikni qoTlab-quwatlash;
- a’zo davlatlar xalqlari turmush darajasi va sharoitlarini uzluk- 
siz yaxshilash maqsadida teng sherikchilik asosida mintaqada har 
tomonlama va barqaror iqtisodiy o ‘sish, ijtimoiy hamda madaniy 
taraqqiyotga ko‘maklashish;
- jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvda yondashuvlami mu- 
vofiqlashtirish;
- a ’zo davlatlaming xalqaro majburiyatlari hamda milliy qo- 
mmchiligiga mos ravishda insonning huquq va erkinliklarini 
ta’minlashga ko‘maklashish;
- boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlami 
yoTga qo‘yish va rivojlantirish;
23 - 0 ‘zb ek isto n tarixi, 3.
705


- xalqaro nizolami oldini olish hamda ulami tinch y o i bilan hal 
etilishida o‘zaro aloqalami mustahkamlash;
- XXI asrda vujudga keladigan muammolaming yechimini bir- 
galikda izlab topish.
SHHTga a’zo davlat quyidagi tamoyillarga tayanadi:
- davlatlar suvereniteti, mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, davlat 
chegaralarining daxlsizligini hurmat qilish, tajovuz qilmaslik, ichki 
ishlarga aralashmaslik, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish va 
kuch bilan tajovuz qilish, chegara hududlarda bir tomonlama ustun- 
likdan voz kechish;
- barcha a ’zo davlatlaming teng huquqliligi, har birining nuqta- 
yi nazarini e’tirof etish va hurmat qilish asosida yagona yondashuv- 
lami izlash;
- umumiy manfaatlar doirasida birgalikdagi xatti-harakatlami 
bosqichma-bosqich amalga oshirish;
- a’zo davlatlar o'rtasidagi kelishmovchiliklami tinch yoTlar 
bilan hal etish;
- SHHT boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotga qarshi qaratil- 
magani;
- Xartiya hamda SHHT doirasida qabul qilingan boshqa hujjat- 
lardan kelib chiqadigan majburiyatlami toTiq hamda vijdonan baja- 
rilishi.
SHHT doirasidagi hamkorlikning asosiy yo'nalishlari quyidagi- 
lardan iborat:
- mintaqada tinchlikni saqlash, xavfsizlik va o'zaro ishonchni 
mustahkamlash;
- barcha a’zo davlatlar umumiy manfaatlari mos boTgan tashqi 
siyosiy masalalar yuzasidan xalqaro tashkilot va xalqaro forumlarda 
yaxlit nuqtayi nazami izlab topish;
- terrorizm, separatizm va ekstremizm, giyohvand moddalar va 
qurol-yarog‘ning noqonuniy savdosi hamda transmilliy jinoiy faoli- 
yatning boshqa turlari, jumladan, noqonuniy migratsiyaga qarshi bir- 
galikda kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshi­
rish;
- qurolsizlanish va qurol-yarog‘ ustidan nazorat qilish masalala- 
rida sa’y-harakatlami muvofiqlashtirish;
- mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning turli shakllarini qoTlab- 
quvvatlash va rag'batlantirish, mahsulot, kapital, xizmatlar va 
texnologiyalaming erkin harakat qilishini ta’minlaydigan sav- 
do hamda investitsiyalar uchun qulay shart-sharoit yaratilishiga 
ko’maklashish;
7 0 6


- transport va kommunikatsiya sohusulugi mlrulw/ilmudun su 
marali foydalanish, a’zo davlatlar tranzit imkoniyullunni lukoinll 
lashtirish, energetika tizimini rivojlantirish;
- tabiatdan, xususan, mintaqa suv zaxiralaridan oqilonu loytlulit 
nishni ta’minlash, tabiatni muhofaza etish borasida maxsus dastui va 
loyihalami birgalikda amalga oshirish;
- tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni oldi- 
ni olish hamda ulaming oqibatlarini bartaraf etishda o ‘zaro yordam 
ko‘rsatish;
- SHHT doirasida hamkorlikni rvojlantirishga xizmat qiladigan 
huquqiy ma’lumotlar bilan almashish;
- fan, texnika, ta’lim, sogiiqni saqlash, sport va turizm sohala- 
rida o‘zaro munosabatlami kengaytirish.
SHHT a’zo davlatlar o'zaro kelishuv asosida hamkorlik sohala- 
rini kengaytirishi mumkin. 0 ‘z maqsad hamda vazifalarini bajarish 
uchun SHHT doirasida davlat rahbarlari Kengashi, hukumat rah- 
barlari (Bosh vazirlar) Kengashi, Tashqi ishlar vazirlari Kengashi, 
vazirlik va (yoki) idoralar rahbarlari Yig‘ilishi, Milliy muvofiqlashti- 
ruvchilar Kengashi, mintaqaviy antiterroristik tuzilma (MATT), Ko- 
tibiyat faoliyat yuritadi.
SHHT mustahkamlash, uning doirasidagi iqtisodiy hamkorlikni 
mustahkamlashda 2003-yilning sentabrida Pekinda davlat rahbarla­
ri Kengashi tomonidan tasdiqlangan SHHT a’zo davlatlar o'rtasida 
ko‘p tomonlama%savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli Dasturi 
g ‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatda oltita davlatning 
2020-yilgacha amaliy faoliyatining yo'nalishlari, maqsad hamda va- 
zifalari qayd etilishi bilan birgalikda, ulami amalga oshirish yoTlari 
va usullari ham aks ettirilgan.
0 ‘zbekiston SHHT doirasida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, 
xalqaro terrorizm hamda mintaqaviy barqarorlikka tahdid solayotgan 
boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashishga qaratilgan hamkorlikni 
rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda. Ayniqsa, iqtiso­
diy sohada, shu jumladan, mintaqada transport kommunikatsiyalari- 
ni rivojlantirish sohasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni istiqbollari 
porloq.
0 ‘zbekiston SHHT ochiqlik, boshqa davlatlar va uyushmalarga 
qarshi boTmaslik, xalqaro hamkorlikni keng rivojlantirishga tayyor 
boTish kabi tamoyillarini izchil amalga oshirish tarafdori boTib kel­
moqda.
SHHT 2004-yilning 17-iyunidagi Toshkent sammitk ushbu 
tashkilot shakllanishining yakuniy bosqichi boTgani ham yangi
7 0 7


tashkiliy tuzilmalar va institutlar faoliyati muayyan ma’no-mazmun 
kasb etayotgani qayd etildi. Chunonchi, Pekinda Kotibiyat faoli- 
yat yurita boshladi, Toshkentda mintaqaviy antiterroristik markaz 
shakllantirildi. Tashqi ishlar vazirlari Kengashi qo'yilgan vazifa- 
lami izchillik bilan amalga oshirmoqda. Milliy muvofiqlashtiruv- 
chilar Kengashi muhim amaliy ishlami bajarmoqda. Mintaqaviy 
hamkorlikni rivojlantirish fondi hamda SHHT ishbilarmonlar fon- 
dini shakllantirish bo‘yicha amaliy sa’y-harakatlar boshlab yubo- 
rildi.
Ushbu anjumanda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Kari­
mov mamlakatimiz tashqi siyosati konstitutsion konsepsiyasining 
asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda 0 ‘zbekistonning mu­
him tashabbuslarini bayon etdi. Awalo, davlatimiz rahbari mintaqa 
mamlakatlari barqarorligiga tahdid solayotgan xalqaro terrorizm, 
ekstremizm va separatizm kuchlarining faollashib borayotgani katta 
xavotir uyg‘otayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, kommunika- 
tsiya va transport sohasidagi loyihalami amalga oshirish borasidagi 
xatti-harakatlami muvofiqlashtirish, suv-energetika, xomashyo za- 
xiralari hamda inson salohiyatidan har bir davlat hamda mintaqa 
manfaatlari yo‘lida oqilona foydalanish; mintaqaga tashqi inves- 
titsiya va sarmoyalami jalb etish bilan bogTiq bo‘lgan dolzarb 
masalalar kun tartibiga qo‘yildi. Forumda xavfsizlik va iqtisodiyot 
SHHT asosini tashkil etishi lozim ekani uqtirildi. Prezidentimiz 
fikricha, aynan ana shu ikki asosga tayanib, SHHT faoliyatining sa- 
maradorligi va xalqaro obro‘-e’tibori, shuningdek, uning dunyodagi 
o ‘zgaruvchan vaziyatga moslashuvchanligi ta’minlanishi zarur.
0 ‘zbekiston xalqaro terrorizm, ekstremizm, separatizm va nar- 
kotrofikka qarshi kurash SHHT faoliyatini ustuvor yo‘nalishi etib 
belgilanganini shak-shubhasiz qoTlab-quvvatlaydi. Mintaqaviy anti­
terroristik markaz faoliyati aynan xuddi shu masalalaming hal etili- 
shiga qaratilgan. Birinchi galda, nafrat va terrorizm g‘oyalarini 
targ‘ib etayotgan turli radikal va ekstremistik markazlarga qarshi 
kurashish zarur ekani ta’kidlandi.
SHHT doirasida iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish haqida 
to‘xtalib, Prezident Islom Karimov ushbu masalani hal etishning 
asosiy yo‘li sifatida Markaziy Osiyo umumiy bozorini shakllantirish 
zarurligiga e’tibor qaratadi. Zero, bu masalaning hal etilishi mintaqa 
mamlaktlari va xalqlar tub manfaatlariga mos keladi. Rossiya, Xitoy 
va boshqa davlatlaming faol sheriklik ishtirokida umumiy bozor- 
ning tashkil etilishi tpr milliy doiradan tashqarida yagona yondashuv 
va muvofiqlashtirilgan qonuniy 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin