Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə362/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

X U L O S A
Dunyoda ikki hokimi mutlaq bor - qilich va aql-idrok; oxir- 
oqibatda har doim aql-idrok qilich ustidan g'alaba qozonadi, degan 
edi mashhur donishmandlardan biri. Darhaqiqat, har qanday yovuz 
kuch aql-zakovat, tafakkur va ilm oldida ojizdir. Zakovatning qudra- 
ti uning bunyodkorligida, eng og‘ir paytda harn yaxshilik va ezgulik 
yo’lini - g‘alaba yo‘lini topa bilishida. Zakovat va tafakkur tayanchi 
esa ma’rifat va ma’naviyat hisoblanadi. Tarixni bilish, ajdodlar taj- 
ribasini o‘zlashtirish, o‘tmishdan saboq olish ana shu buyuk qadri- 
yatning sarchashmasidir. 0 ‘zligini anglagan, uzoq o'tmishini bilgan 
kishi olis istiqbolni ham ravshanroq ko‘radi, aniqroq idrok etadi. 
Demakki, hayotda o‘z o ’mini topa biladi. Hech qachon qadr-u qim- 
matini yo‘qotmaydi. Demak, tarix tafakkur va fikrga da’vat etuvchi 
qudrat! Demak, bu ma’rifatli inson va ma’rifiy jamiyatning 
birinchi
fazilati. 0 ‘tmishi buyuk xalq kelajagi ham buyuk bo‘lishiga isho- 
nadi.
Ikkinchi 
fazilati shundan iboratki, m a’rifatli xalq izlanuvchan 
va bunyodkor bo’ladi. Har qanday qiyinchiliklardan cho‘chimaydi, 
kuch-quvvat, katta iroda sohibi bo‘ladi. To‘siqlami yengib yashaydi. 
Eng og‘ir va ziddiyatli paytlarda ham istiqbolini aniq ko‘ra oladi. 
Unga yetishmoq yo‘llarini topa biladi.
Uchinchidan, 
ma’rifatli, yuksak ma’naviyatli xalq mil- 
liy birlik, milliy yaxlitlik namunasini ko'rsatadi. Jamiyat qarama- 
qarshiliklarini, turli ziddiyatli kuchlami yenga oladi. Millat yaxlit- 
ligi orqali manfaatlar yaxlitligiga erishadi. Bunday xalqni yengib 
o‘tadigan kuch bo’lmaydi.
Mustaqillikning o ‘tgan davri - tarix bilan qiyoslaganda bir lah- 
za. Biroq istiqlolning murakkab, dolg‘ali, ziddiyatli bir paytida xal- 
qimiz boy ma’naviyatini, bunyodkorlik iqtidorini, beqiyos irodasi- 
ni yaqqol namoyon qildi. Ayni ana shu muddatda mamlakatimizda 
amalga oshirilgan ishlar salmog‘i va ko’lami bilan bir necha o‘n 
yilliklarga teng keladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda tinchlik va 
osoyishtalikni ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish, sobiq it- 
tifoq bir-biriga ulab tashlagan moddiy zanjirlar uzilgach, ulaming
730


o‘mini qoplaydigan yangi imkoniyatlami izlab topish lozim edi. Eng 
mushkul paytlarda aholini ijtimoiy muhofazalash bilan birga jahon 
hamjamiyatiga yo‘l qidirish, dunyoni o‘rganish, o‘z imkoniyatlarini 
olam ahliga ko‘rsatish singari tajribamizda ko’rilmagan, mashaqqatli 
vazifalami ham uddalash kerak edi. Ma’lumki, mustaqil taraqqiyot 
o‘z qobig‘iga o ’ralib yashash emas, aksincha, jahon taraqqiyoti bi­
lan barobar qadam tashlash, dunyodagi rivojlangan, taraqqiy topgan 
mamlakatlar bilan tengma-teng turib gaplashish, o‘z mavqeyi va nu- 
fuzini topa bilish kabi og'ir masalalar yechimini ham taqozo etar edi.
Hukumatimiz ana shunday bir vaziyatda xalqaro hamjamiyat 
bilan hamkorlik yoiin i tanladi va bu borada sobitqadamlik bilan 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Natijada qisqa fursatda xorijda 0 ‘zbekiston 
haqida, o ‘zbek xalqi to‘g‘risida to ia tasaw ur shakllandi. Yurtboshi- 
mizning beqiyos siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va aqliy imkoniyatlari 
tan olina boshlandi. Chet eldagi hamkorlar O'zbekiston bilan o‘zaro 
manfaatli munosabatlarini yo‘lga qo‘yish mumkin va zarurligini 
tushunib yetdilar.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlarni sobiq ittifoq tarki- 
bidan ajralib chiqqan yosh mustaqil mamlakatlarda amalga oshiri- 
layotgan ishlar bilan qiyoslaganda uning miqyosi va ko'lami yana 
ham yorqinroq ko‘zga tashlanadi. Boshqacha qilib aytganda xalqi- 
miz bosh islohotchi - davlatimiz rahbarligida eng to‘g‘ri y o in i tan- 
lay olganiga va unda sobitqadamlik hamda kelajakka qat’iy ishonch 
bilan borayotganini ko’rsatadi.
0 ‘zbekiston ahli bu yoidagi g'ovlami, turli-tuman qiyinchilik- 
lami, tabiiy va sun’iy to‘siqlar, qarama-qarshiliklami katta sabot va 
iroda kuchi bilan yengmoqda. Bu xalqimizning ma’naviy qudratidan 
dalolat beradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar 
xususida gapirar ekanmiz, jahonning hozirgi eng rivojlangan mam- 
lakatlari boshidan kechirgan o ‘tish davriga nazar tashlasak, qo‘lga 
kiritgan yutuqlarimiz naqadar ulug'vor ekaniga yana bir bor guvoh 
bo'lamiz.
Qolaversa, mustaqilligining 40, 50 yillik sanalarini nishonlayot- 
gan Osiyo va Afrikadagi ayrim davlatlar hamon rivojlanish yo’llarini 
aniq-ravshan tanlab olganlaricha yo‘q. Ularda jamiyat taraqqiyoti- 
ning aniq konsepsiyalari va tamoyillari mavjud emas. Hamon ishlab 
chiqarishda beqarorlik, iqtisodiy hayotda parokandalik yuz Bermoq- 
da. Umuman olganda, 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor 
munosabatlariga o’tish, jamiyatni tubdan isloh qilish, mustaqil ta-
731


raqqiyotni bir maromda ta’minlashning evolutsion jarayoni hozirgi 
zamon davlatchiligi va boshqaruvi tajribasiga 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin