Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


me’yorlar  amal qiladigan mahsulot 708 ■



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə355/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

me’yorlar 
amal qiladigan mahsulot
708



va xizmatlar, mehnat va kapitallar yirik bozorini shakllantirishga 
imkon beradi.
0 ‘zbekiston Markaziy Osiyo hududidan o ‘tadigan hamda SHHT 
a’zo davlatlaming Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Yev- 
ropa Ittifoqi (YI), Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari 
bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga 
xizmat qiladigan yirik transport-kommunikatsiya loyihalari, yo iak
va marshrutlami amalga oshirishga qaratilgan g ‘oya va takliflami 
qo ‘ 1 lab-quvvatlay di.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-martdagi 
Qarorida tasdiqlangan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy sohadagi 
islohotlaming ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Konsepsi- 
yasiga binoan SHHT doirasida o‘zaro aloqalar faollashmoqda. Bu 
o‘rinda erishilgan natijalar qatorida faoliyati man qilingan terroris- 
tik, ayirmachilik va ekstremistik tashkilotlar ro‘yxati va shunday ji- 
noyatlari uchun qidirilayotgan shaxslar ro‘yxatini tuzish to‘g‘risidagi 
0 ‘zbekiston tashabbusining amalga oshirila boshlangani, terrorizm, 
ekstremizm va separatizmga qarshi SHHT a’zo davlatlaming ham- 
korlik Konsepsiyasining tasdiqlanganini ta’kidlash mumkin. Ushbu 
tashkilot bilan munosabatlarda kompleks yondashuvni ta’minlash 
maqsadida 0 ‘zbekistonda SHHT masalalari bo‘yicha idoralararo 
muvofiqlashtirish komissiyasini tashkil etish moTjallanmoqda.
Bundan tashqari, «Shanxay Hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat­
laming terrorizm* separatizm va ekstremizmga qarshi 2007-2009- 
yillarga moTjallangan hamkorlik Dasturi» qabul qilingan. A’zo 
davlatlaming «Sharq - antiterror - 2006» terrorizmga qarshi bir- 
galikdagi mashg‘ulotlari, terrorizmni moliyalashtirish bilan bogTiq 
boTgan giyohvand moddalaming noqonuniy savdosiga qarshi sim- 
poziumlar o‘tkazib kelinmoqda.
Hozirgi vaqtda SHHT xalqaro hamkorlikning qudratli instituti, 
xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, xalqaro terrorizm, separatizm 
va ekstremizm, giyohvand moddalami ishlab chiqarish va tarqatish 
kabi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashishning chi- 
nakam tayanchiga aylanib bormoqda.
Ayni paytda mintaqaning boy zaxiralaridan foydalanishga qara­
tilgan yirik savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va gumani- 
tar loyihalami amalga oshirish borasida mavjud barcha imkoniyatlar 
ishga solinmoqda.
Shanhay Hamkorlik Tashkiloti tartib-qodalariga binoan, har yili 
a’zo mamlakatlardan biri unga rais boTadi. 2009-yil Yekaterenburg 
sammitidan keyin SHHTga raislik 0 ‘zbekiston Respublikasiga o ‘tdi.
7 0 9


Taomilga binoan, raislik qiluvchi davlat o‘z hududida navbatdagi 
sammitni tashkil qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Ko‘ksaroy qarorgohida 2010-yil, 11-iyun kuni Shanhay Hamkor- 
lik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi, 
o‘ninchi majlisi bo Üb o ‘tdi.
SHHT tuzilganidan keyin ko‘plab davlatlar uning safidan joy 
olish istagini bildirdi. Ayni paytda Hindiston, Eron, Mo‘g ‘uliston va 
Pokistonga SHHTda kuzatuvchi maqomi berilgan.
SHHT davlatlari o ‘zaro munosabatlarda «Shanhay ruhi»ga amal 
qiladi. Bu ibora qarorlami konsensus asosida qabul qilish, o ‘zaro 
ishonch va manfaatdorlik, tenglik, maslahatlashuv, madaniy xilma- 
xillikka hurmat bilan yondashish, birgalikda taraqqiy etishga intilish 
tamoyillariga qat’iy amal qilish demakdir.
Davlat rahbarlari kengashining majlisida 0 ‘zbekiston Respubli- 
kasining SHHTga raislik davridagi faoliyatiga yuksak baho berildi. 
Bu vaqt mobaynida 0 ‘zbekiston SHHTning xalqaro aloqalarini ri- 
vojlantirish, me’yoriy-huquqiy asosini mustahkamlash, SHHT Xarti- 
yasidagi maqsadlar, vazifalar va tamoyillarga muvofiqlikni saqlagan 
holda, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bogTiq tashab- 
buslami ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish orqali tashkilot faoli- 
yati samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, 0 ‘zbekiston Prezidenti SHHT doirasida qarorlar qabul 
qilish mexanizmlarini, tashkilot va uning tuzilmalari faoliyatini ta- 
komillashtirishga qaratilgan qator takliflami ilgari surdi. Toshkentda 
SHHT va BMT Kotibiyatlari o ‘rtasida imzolangan Qo‘shma dekla- 
ratsiya Shanhay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzil- 
masi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kontr-terroristik qo'mitasi 
o‘rtasidagi amaliy aloqalami rivojlantirishga yoT ochadi.
Bugungi kunda dunyodagi hech bir muammoni alohida bir dav- 
latning sa’y-harakati bilan yechib bo‘lmaydi. Jumladan, xavfsizlik 
va ekologiya muammolari kamida mintaqa miqyosidagi hamkor- 
likni taqozo qiladi. Shu ma’noda, SHHT bilan BMT o‘rtasidagi 
hamkorlikning rasmiylashtirilishi ikki tomon uchun muhim ma- 
salalami yechishda bahamjihat harakat qilishga keng yoT ochadi. 
BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komis- 
siyasi (ESKATO), Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha qo'mitasi, 
Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy mar- 
kazi kabi tuzilmalari SHHT bilan anchadan buyon hamkorlik qilib 
kelmoqda. Qabul qilingan Qo‘shma deklaratsiya bu hamkorlikning 
imkoniyat va salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
7 1 0


Ayni paytda SHHTning hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik re- 
jasi tasdiqlangan. 0 ‘zaro anglashuv memorandumlariga asosan tu- 
zilgan bu reja SHHT bilan ESKATO, ASEAN, MDH, YevrAzEs 
ODKB kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada 
mustahkamlashni nazarda tutadi.
0 ‘zbekiston 
SHHTga 
a’zo 
davlatlaming 
2020-yilgacha 
mo‘ljallangan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini 
ijro etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishga alohida 
e’tibor qaratmoqda. Xususan, SHHT uchun transport kommunika- 
tsiyalarini rivojlantirish ustuvor masalalardan sanaladi. Y-40 xalqaro 
marshrutini rekonstruktsiya qilishni imkon qadar tez yakuniga yetka- 
zish barcha a’zo davlatlar uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ino- 
batga olib, O‘zbekiston bu yoining o‘z hududidagi qismi bo‘yicha 
majburiyatlarini toTa bajarib boidi. Ayni paytda mamlakatimiz 
Y-40 xalqaro marshrutining markazida «Navoiy» erkin industrial iq- 
tisodiy zonasini barpo etmoqda. Shubha yo‘qki, Markaziy Osiyo- 
da yangi qo‘shma loyihalar amalga oshirilgani sayin, ya’ni ishlab 
chiqarish korxonalari va yoTlar barpo etish ko’paygani sari SHHT 
mamlakatlari uchun «Navoiy» erkin industrial iqtisodiy zonasining 
ahamiyati oshib boraveradi. Tashkilot a’zolari uni rivojlantirishda 
faol qatnashishi mumkin.
Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi maj- 
lisida ko‘p tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada ri­
vojlantirish, sfiuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar 
ko‘rib chiqildi. Unda SHHTga a ’zo davlatlar rahbarlari bilan bir- 
ga, kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbar­
lari - Mo‘g ‘uliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom 
Respublikasi Prezidenti Osif Ali Zardoriy, Eron Islom Respublikasi 
Tashqi ishlar vaziri Manuchehr Muttaqiy, Hindiston Respublikasi 
Tashqi ishlar vaziri Somanaxalli Malayya Krishna hamda sammit 
mehmonlari — Afg’oniston Islom Respublikasi Prezidenti Hamid 
Karzay, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ish- 
tirok etdi. Shuningdek, majlisda SHHT Bosh kotibi Muratbek Iman- 
aliyev, SHHT MATT Ijrochi direktori Jenisbek Jumanbekov, BMT 
Bosh kotibining o’rinbosari Yan Kubish, MDH Ijroi qo’mitasi raisi 
Sergey Lebedev, ODKB Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, YevrAzES 
Bosh kotibining o’rinbosari Murat Musatayev, ASEAN Bosh kotibi­
ning o’rinbosari Sayakan Sisovong qatnashdi.
711



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin