Shuningdek, yangi qonunda partiya guruhlariga viloyat va Tosh-
kent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslaming qoniqarsiz
faoliyati to‘g‘risida 0 ‘zbekiston Prezidentiga asoslangan xulosalar
taqdim etish tashabbusi bilan chiqish huquqini berish nazarda tu-
tilgan. Agar mazkur tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomoni-
dan qo‘llab-quwatlansa, 0 ‘zbekiston Prezidenti uni xalq deputatlari
Kengashi muhokamasiga kiritadi va muhokama natijalariga muvofiq
ushbu masala yuzasidan qaror qabul qiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o ‘tilgan o ‘zgartirishlardan kelib chiqib,
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga
tuzatishlar kiritildi. Masalan, Konstitutsiyaning 89-moddasi yangi
tahririda berilmoqdaki, unda « 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezi
denti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishil-
gan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi», deb
belgilab qo‘yilgan.
Oliy Majlis tomonidan 2007-yil 28-martda ma’qullangan har ik-
kala qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayot-
gan keng ko‘lamli islohotlaming davomi, huquqiy va siyosiy tizim-
ni bosqichma-bosqich rivojlantirishning samarasi, kuchli davlatdan
kuchli fuqarolik jamiyati sari qo‘yilgan muhim qadamdir.
Mamlakatda
Dostları ilə paylaş: