ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Farmonda qariyalar va nogi-
ronlar uchun intemat-uylari, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari,
nogironlar reabilitatsiya markazlarining moddiy-texnika ta’minotini
yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Bu ehtiyojlar
uchun, aw al ko‘zda tutilgan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda, 9,5
milliard so‘m, shu jumladan budjetdan 5,2 milliard so‘mdan ortiq,
budjetdan tashqari manbalar hisobidan esa 4,3 milliard so‘m ajratil-
gan.
Bundan tashqari, «Mehribonlik» uylari va ixtisoslashgan
maktab-intematlami kapital ta’mirlash, jihozlash va ularga maxsus
transport sotib olish uchun avval ko‘zda tutilgan moliyalash hajm-
lariga qo‘shimcha ravishda budjetdan 8,2 milliard so‘m ajratish
mo‘ljallanmoqda.
Xullas, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining amal-
ga oshirilishi aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchay-
tirishni ta’minlaydi, qo‘shimcha ijtimoiy himoya choralariga muh-
toj kam ta’minlangan oilalar va fuqarolaming farovonligini oshirish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi hamda «Ijtimoiy himoya yili» Dav-
lat dasturi chora-tadbirlarini to iiq amalga oshirishda muhim omil
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: