tariya-epidemiologiya xizmati faoliyatiga bog‘liq. 0 ‘zbekistonda
sanitariya-epidemiologiya stansiyalari va aholi o‘rtasida sog‘lom
turmush tarzini shakllantirishning tashkiliy-metodik va muvofiqlash-
tiruvchi ishlami olib boradigan «Salomatlik» markazlari bu vazi-
fani amalga oshira boshladi. 1991-yili Toshkentda diagnoz qo‘yish
bo‘yicha respublika aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi «Diagnostika»
markazi ishga tushirildi.
Aholi sogiig'ini tekshirib turish va yuqumli hamda yu-
qumsiz kasalliklar bilan og‘rish hollarini nazorat qilish, noqu-
lay ijtimoiy muhit omillarini bartaraf etish, ayniqsa, atrof-muhitni
sog‘lomlashtirish tadbirlari izchil bajarib turildi. Chunonchi, 1995-
yil oxiriga kelganda katta yoshlilar, o‘smirlar, bolalar dispanser na-
zoratida bo‘ldi. Ishchilarga davolash-profilaktika xizmati ko‘rsatish,
xususan, sanatoriy-profilaktoriylar tarmog‘i kengaytirildi. Respubli
ka «Salomatlik» markazi, uning viloyatlar va shaharlardagi shoxob-
chalari radio va televideniye hamda matbuotdan foydalangan holda
aholi o ‘rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlami keng targ‘ib qilib
bordi. Toshkentda oliy va o‘rta tibbiy o ‘quv yurtlari uchun darslik
va o‘quv qoTlanmalari, tibbiyotga oid ilmiy asarlar, vrachlar uchun
amaliy qoTlanmalar, sanitariya maorifi bo‘yicha ommabop tibbiy
adabiyotlar, lug‘at va maTumotnomalar nashr etadigan «Ibn Sino»
nomidagi nashriyot ishlab turibdi. 1991-yildan ommabop «Sihat-
salomatlik» jumali nashr etildi.
Dostları ilə paylaş: