Endi ana shunday o‘pirilish va bo‘hronlardan chiqib olish muam-
mosi hukumat oldida ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Vaziyatning naqadar
og'irligi va murakkabligini o ‘z vaqtida anglagan mamlakat rahbari
1993-yilning 23-aprelida bir guruh adiblar bilan uchrashdi. Oradan
ko‘p o ‘tmay u 1993-yil 6-mayda mamlakat Oliy Kengashining XII
sessiyasida mafkurasiz, aniq yo‘nalishga ega boigan g‘oyalarsiz ta-
raqqiyot bo‘lmasligini, oldimizda turgan eng muhim masalalardan
biri milliy istiqlol mafkurasini yaratish ekanligini ko‘rsatib berdi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining bir yilligiga bag‘ishlangan
tantanali yig‘ilish (1993-yil 7-dekabr) davlat mustaqilligi va inson
haq-huquqlarining kafolatini yana bir bor ko‘rsatish bilan birga uni
m a’naviy jihatdan mustahkamlashning asosini belgilab berdi. Unda
mamlakat Prezidenti I. Karimov katta nutq so‘zlab, milliy mafkurani
milliy ehtiyoj darajasiga ko‘tardi. Barchaning diqqat-e’tiborini ana
shu muhim masalaning hal etilishiga qaratdi va
Dostları ilə paylaş: