SAVOL Davlat byudjeti funksiyalarining amal qilishini misollar asosida ta‘riflab bering.
9-VARIANT (Umumiy 6 ball) Test (3 ball (har bir testga 0,6 ball)) Savol (3 ball) TEST (Umumiy 6 ball) Test (3 ball (har bir testga 0,6 ball)) Savol (3 ball) TEST. 1. O‘zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
B) Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari
C) Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari,Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
D) Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar
2. Quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun ajratiladigan pul mablag‘lar- bu…. A) Byudjet subvensiyasi
B) Byudjet subsidiyasi
C) Byudjet ssudasi
D) Dotatsiya
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari taqchilligiga ….. A) O‘rnatilgan me’yorlar darajasida yo‘l quyiladi
B) Noinflatsion mablag‘lar hisobidan
C) Yo‘l qo’yilishi mumkin
D) Mahalliy byudjetlari taqchilligiga yo‘l qo‘yilmaydi
4. Byudjet subvensiyasi deganda tushuniladi? A) Muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari
B) Quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun ajratiladigan pul mablag‘lari
C) Respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘
D) Byudjet tizimi byudjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablag‘lari