Mavzu: Fiksirlangan bo‘yalgan preparat tayyorlash



Yüklə 37 Kb.
səhifə1/2
tarix17.06.2023
ölçüsü37 Kb.
#131902
  1   2
Mavzu Fiksirlangan bo‘yalgan preparat tayyorlash


Mavzu:Fiksirlangan bo‘yalgan preparat tayyorlash.

REJA:
1. Preparat tayyorlash


2. Surtma tayyorlash..
3. Fiksatsiya.
4.Tadqiqot natijalari.
5. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar

Preparat suyuq yoki agarli ozuqa muhitida o‘stirilgan ma’-lum yoshdagi bakteriya kulturasidan tayyorlanadi. Ozuqa muhit-lari tayyorlashning ko‘pdan-ko‘p retseptlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan ishlashga eng qulay va tayyorlashga osoni pepton ozuqa muhiti deb shartli nomlangan ozuqa muhitidir: grlitr vodoprovod suvida, pepton – 10, saxaroza yoki glyukoza – 2, K2HRO4 – 0,5, MgS04 – 0,5, NaCl – 0,5 qattiq ozuqa muhiti olish uchun 15-20 g agar-agar solinadi. Qizitib eritilgan holda bu ozuqa probirkalarga quyiladi va sterillanadi, qiyshaytiriladi va na-tijada “qiyshiq agar” hosil bo‘ladi. Qiyshiq agar yuzasiga bakteriya kulturasi ekiladi va u o‘ziga xos sharoitda o‘stiriladi va ko‘zga ko‘-ringan o‘sgan bakteriyadan preparat tayyorlashda ishlatiladi.


Mikroorganizmlar bilan ishlaganda ish joyi toza, begona narsalardan xoli, har bir talabaning doimiy ish joyi bo‘lishi lo-zim. Har bir talaba dars boshlanishidan ilgari ish joyida quyida-gilarni tayyorlashi kerak: mikroskop, spirtovka, narvoncha bilan vannacha (obzan), buyum va qoplagich oynalar, bakterial il-moq, probirkalar uchun mo‘ljallangan shtativ, bo‘yoqlar, imer-sion moyi va mikroskop ostida ko‘rishda ishlatiladigan reaktivlar hamda suv solingan kolba.
Surtma tayyorlash. Buyum oynasiga tomizilgan tomchi suvga o‘rganilayotgan kulturaning biomassasidan ozgina solinadi va bakterial ilmoq bilan aralashtiriladi. Biomassaning ortiqcha qismi kuydirib tashlanadi. Hosil bo‘lgan kuchsiz loyqa buyum oynasi ustiga diametri 2 sm doira shaklida tarqatiladi, havoda (vaqti-vaqti bilan alangaga yaqinlashtirib-uzoqlashtirib) quritila-di va surtma tayyorlanadi. To‘g‘ri tayyorlangan surtmada bakte-riyalar ayrim-ayrim bo‘lib, yupqa qatlam hosil qiladilar (13 A va B-rasmlar).

A B
Probirkadagi toza kulturadan surtma tayyorlash.

A – bakterial kulturani chap qo‘l barmoqlari bilan ushlab, o‘ng qo‘lning


jinchalog‘i bilan probirka tiqinini alanga oldida ochish;
B – surtmani quritish.

Fiksatsiya issiq yordamida (flambirlash) yoki kimyoviy usulda olib boriladi. Birinchi usulda preparat uch marta surt-masini alangaga qaratgan holda spirtovka yoki gaz gorelkasi alangasidan o‘tkazilib, fiksatsiya qilinadi. Fiksatsiya qilinganda hujayralar o‘ladi va oynaga yaxshi yopishadi, tirik hujayraga qaraganda bo‘yalishi yengillashadi.
Preparat nordon yoki ishqoriy anilin bo‘yoqlari bilan bo‘yaladi. Nordon bo‘yoqlarda xromofor (rang beruvchi ion) – anion, ish-qoriylarda esa kation bo‘ladi. Ishqoriy bo‘yoqlarga quyidagilar kiradi: moviy rang metilen, ishqoriy fuksin, siyoh rang gensian va boshqalar. Agar bo‘yoq filtr qog‘ozga avvaldan shimdirilgan va quritilgan bo‘lsa, bo‘yash osonlashadi. Bir-ikki minut davo-mida bo‘yalgandan so‘ng, bo‘yoq vodoprod suvi bilan yuviladi, filtr qog‘ozi bilan qoldiq suvlar shimdiriladi, so‘ngra mikros-kopda ko‘riladi.

Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin