1-VARIANT (Umumiy 6 ball) Test (3 ball (har bir testga 0,6 ball)) Savol (3 ball) TEST. 1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mamlakat miqyosida... A) yagona valyuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi
B) xilma-xil moliyaviy, byudjet, siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi
C) xilma-xil byudjet, soliq siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi
D) yagona moliyaviy, byudjet, soliq va valyuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi
2. Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlariga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi? A) e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish
B) moliyaviy bozorning resurslaridan foydalangan holda investitsiyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb etish
C) foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo‘naltirilganligi
D) bozor xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va sotsial samaradorligini birgalikda qo‘shib olib borish
3. Moliyani boshqarishning obyekti nima hisoblanadi? A) tashkiliy tuzulmalar
B) Moliyaviy munosabatlar
C) Davlat organlari
D) Moliya organlari
4. Moliyaviy siyosat nima? A) moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui
B) davlatning vazifalari va funksiyalarini o‘zgartirish
C) milliy xo‘jalik taraqqiyotida davlatning rolini oshirish
D) markazlashgan va markazlashmagan fondlarni tashkil etish, taqsimlash va sarflash
5. Moliyaviy holatni baholash, moliyaviy resurslarni oshirish imkoniyatlarini, ulardan eng samarali foydalanish yo‘nalishlarini aniqlash – bu........................... A) Nazorat
B) bashorat
C) Rejalashtirish
D) Ijro etish
SAVOL Mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti Davlat byudjeti orqali taqsimlanganda qanday bosqichlarni bosib o'tadi?