Kristofer FORT (AQSH, Michigan universiteti) _____________________________________________________________________________
Madaminova Dilnura Bahodir qizi Urganch davlat universiteti 1-kurs talabasi Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani Annotatsiya: Ma’lumki, inson qalbining tirikligi, uyg’oqligi bilan boshqa mavjudotlardan afzaldir. Qalbni uyg’otadigan, jonlantirib turadigan eng yaxshi vositalardan biri badiiy adabiyot ekanligi ko’pchilikka ma’lum, albatta. Ushbu maqola o‘zbek adabiyotida yangi paydo bo‘lgan asar - iste’dodli yozuvchi Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani haqidadir. Kalit so’zlar : Navoiy siymosi, “Xazoyin ul-maoniy”, tarixiylik va reallik, ramziy ma’no. Alisher Navoiy - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi, butun hayoti davomida adabiy asarlarini siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan; tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan. Isteʼdodli yozuvchi Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” nomli yangi romani ulug‘ bobomiz haqida yangicha uslubda hikoya qiladi. Oʻzbek adabiyoti tarixida hazrat Alisher Navoiy obrazi yaratilgan, adib Alisher Navoiy siymosiga qayta murojaat qildi. Isajon Sultonning romani oʻquvchi qalbiga qandaydir o’zgacha ruh bagʻishlaydi, Navoiy haqidagi tasavvurlarini yangidan uygʻotadi, fikrlashga, o’ylashga majbur qiladi. Xususan, romanning dastlabki voqealaridanoq ulug’ bobomizning yoshligidan o’zgacha ekanligi, bolalarcha fikrlashi kitobxonda qandaydir zavq va hayrat tuyg’usini uyg’otadi: “Alisher yapaloq toshlardan birini olib, otib ko‘rgan edi, suv betida jilvalar hosil qilib ancha joygacha sakrab bordi. Bir-ikki kez shunday qilgach, qo’lini suvga tiqib ko’rib: - Muzdan ham sovuq ekan, - dedi seskanib. So‘ng so’radi: - Tag‘oyi, bu suvda baliqlar to‘ng‘ib qolmaydimi?..” Biz bu roman orqali hazrat Navoiy olami bilan tanishamiz. Asardagi voqealar syujetini, Navoiy obrazini ko’z oldimizga keltirar ekanmiz bundan quvonamiz, taʼsirlanamiz. Darhaqiqat, biz Isajon Sulton sababli Alisher Navoiy obrazini qaytadan tasavvur etdik. Hazrat Navoiy bilan yoʻldoshlik, quvonish, iztiroblarga berilish, gʻazal oʻqish, soʻzdan zavqlanish, Hirot-u Iroq koʻchalaridan kezish,Sulton Husayn bilan doʻstlashish, Badiuzzamonga nasihatlar soʻylash, Abulmuhin Mirzoni sulhga chorlash, odamlar dardini tinglash, ulugʻ bir safar orzusi bilan yashash - bularning har biri romanning badiiy qiymatini oshirgan. Yozuvchi Alisher Navoiyning obrazida odamiylik, doʻstga sadoqat, vaʼdaga vafo, ezgulik, yaxshilik kabi qator goʻzal fazilatlarni mujassamlashtirgan.. Romandagi boshqa 501 obrazlar esa bosh qahramonning ezgu fazilatlarini teranroq anglashga xizmat qiladi. Bilamizki, tarixiy-biografik nasriy asarlar tabiati ham shunday, yaʼni bosh obrazning ruhiy-psixologik olamini har tomonlama toʻkis koʻrsatishga yoʻnaltiriladi. Roman kompozitsiyasi Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devoni ichki strukturasiga mos: “Gʻaroyib us-sigʻar”, “Navodir ush-shabob”, “Badoeʼ ul-vasat”, “Favoid ul-kibor” deb atalgan toʻrt qismdan iborat. Alisherning bolaligi, yoshlik yillari, oʻrta yoshda koʻrgan-kechirganlari va keksalik pallasidagi foydalar romanda batafsil bayon qilinadi. Toʻrtinchi qism nisbatan katta oʻrinni egallaydi. “Xamsa”ni tugallanishi, “Muhokamat ul-lugʻatayn” muhokamalari, “Lison ut-tayr” — bularning barchasi ushbu romanda o’z ifodasini topadi. Alisher Navoiy ijod saltanatining mutlaq sultoni edi. Romanda “Lison ut-tayr”ning yaratilishi va uning nihoyasi yozuvchi mahorati bilan o’quvchi qalbida allaqanday ezguliklarni uyg’otadi: “Nihoyat, xoma bitdi, siyoh quridi, sham yonib tugadi. Yo Rab, ushbu turfa sho ‘xi dilfirib, Kim oning vaslin manga qilding nasib. El ko‘ziga dog‘i mahbub aylagil, Barcha xotirlarg‘a marg‘ub aylagil, - deb bitdi Navoiy doston nihoyasida. Oʻspirin shoir bir davrada ajoyib gʻazal oʻqiydi. Shayx Kamol Turbatiy majlis ahliga yuzlanib, Alisher Navoiy zakosiga: “Shohid boʻlingizkim, nazm janggohiga kirgan bu yosh yigit barcha lashkarboshilarni dogʻda qoldirib, bir oʻq bilan Zuhroni urdi, bahodir boʻldi!”, deya baho beradi.Yoki “Hiriy safari”da bir rabot egasi Navoiyning o’zini tanimay, hazratning “G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish…” bayt-u g‘azalini haq o‘rniga berganini aytib maqtanadi. Yozuvchi Navoiyning bu holatini shunday tasvirlaydi: “Alisher Navoiy uzr aytib, hujrasiga qaytdi. Do‘lvor bu kishining she’riyatga oshnoligi va o‘zi ko‘rmagan shoirni himoya qilishi zavqini keltirgan edi…” Romanning syujet chizigʻida ramziy maʼno tashuvchi samoviy dumli yulduz tasviri bor. Iroq ahli dumli yulduzning ko’rinishini kishi o’g’liga saodat, yo falokat olib kelishini bashorat qilishlari tasvirida ramziylik o’z ifodasini topgan. Yozuvchi romanning “Go‘zal bir oqshom” qismida kelajakda Navoiyning taqdiri va ijodini ramziy tarzda shunday tasvirlaydi: “Qazo farroshi oʻzining siymin supurgisi ila shimoldan adashib kelib qolgan bulutlarni osmon chetiga olib borib uydi, ular xuddi saroy tovusining yoyilgan parlariga oʻxshab qoldi”. Roman davomida “qazo farroshi” tasviri Navoiyning tong otish mahali yozilgan g ‘azalining mazmuni ham kelib chiqadi. Romandagi oʻquvchi qalbini larzaga soladigan epizodlardan biri — bu “quyuq sochlari bir oz jingalak, qoshlari toʻgʻri va tekis, yuzi oq, yonogʻi qirmizi, koʻzlarida jasurlik oʻti chaqnagan, xush xulqli, zakovatli oʻsmir” Moʻmin Mirzo oʻlimi bilan bogʻliq sahifalardir. 502 Adibning “Alisher Navoiy” romanida tarixiy hodisalarning real badiiy ifodasida aynan Alisher Navoiyning oʻz asarlaridan olingan parchalar koʻpchilikni tashkil etadi.Bahodir Karim so’zi bilan aytganda: “ Zamonaviy realistik romanlar oʻz toʻqimasiga koʻra, yangidan-yangi usullar, tasvir yoʻsinlari bilan boyib borayotgani uchun oʻzbek adabiyotida muhim bir adabiy hodisa boʻlgan Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romaniga yangilanayotgan realizmning yaxshi namunasi sifatida qarash oʻrinli boʻladi” Hazrat Alisher Navoiy asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo‘lib kelgan. Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani esa Navoiy shaxsini yanada chuqur anglashimizda turtki bo’la oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Isajon Sulton “Alisher Navoiy” romani. - Toshkent: “Adabiyot” nashriyoti,2021. 2.Bahodir Karim “Hazrat Alisher Navoiyga ehtirom yohud insoniyat quyoshi ta’rifida bitilgan roman to ‘g ‘risida bir-ikki og ‘iz so ‘z” https://yuz.uz/uz/news/insoniyatquyoshi-tarifida-bitilgan-roman
_________________________________________________________________________
Mustaqillik davri oʻzbek romanchiligi haqida soʻz borganda, qariyb oʻttiz yilga teng vaqt oraligʻidagi badiiy tafakkur namunalari nazarda tutiladi. Oʻtgan davr mobaynida turli mavzu va yoʻnalishdagi yuzlab romanlar dunyo yuzini koʻrdi. Ayniqsa, istiqlolning dastlabki oʻn yilligida tarixiy, ijtimoiy mavzusidagi romanlar koʻp yozildi.