B idishlardagi gazning p
1
va p
2
bosimi
o‘zgarmas holda saqlab turiladi. Gaz naycha
ichidagi g‘ovakli to‘siq orqali bosimi katta
idishdan bosimi past idishga oqadi. g‘ovakli
to‘siqning ikkala tomonlariga sezgir
termometrlar qo‘yilgan. Bu vaqtda har ikkala
termometr ko‘rsatayotgan haroratlar orasida
ozgina farq borligi ko‘ringan. To‘siqning gaz
kengayayotgan tomondagi harorat, ko‘pchilik
gazlar uchun bir oz pastroq bo‘lgan.
Bu hodisa real gaz xossalarining ideal gaz xossalaridan farq qilishining
natijasidir.
Gazning kengayishi natijasida sovishidan iborat bo‘lgan effektga Joul-
Tomson musbat effekti, gazning kengayishi natijasidan isishidan iborat
bo‘lgan effektga Joul-Tomson manfiy effekti deb ataladi. Keyinchalik Joul-
Tomson effektining ishorasi Van der Vaals tenglamasidagi a va b
tuzatmalardan qaysi birining roli kattaroq bo‘lishiga bog‘liq ekanligi
aniqlandi. Joul-Tomson effekti bilan Van der Vaalsning
tenglamasidagi a va b tuzatmalar orasidagi bog‘lanishni aniqlash uchun
potensial egri chiziqlardan (grafiklardan) foydalanish mumkin.
Tushunarli bo‘lishi uchun ikkita ayrim-ayrim holni: 1) Van der Vaals
tenglamasidagi a tuzatmani nazarga olmaslik mumkin bo‘lgan gazni; va 2)
b tuzatmani nazarga olmaslik mumkin bo‘lgan gazni tekshirib ko‘raylik.
Biz yuqorida Van der Vaals tenglamasidagi a tuzatma molekulalar
orasidagi tortishish kuchlarining mavjud bo‘lishi bilan bog‘liq
ekanligini ko‘rgan edik. Shuning uchun birinchi holda molekulalar
orasidagi tortishish kuchlarini nihoyatda kichik deb olib, faqat
itarish kuchlarinigina hisobga olish kerak. U holda molekulalarning
o‘zaro ta'sir potensial energiyasi E
p
, molekulalar orasidagi r
masofaning funksiyasi sifatida rasmda ko‘rsatilgan egri chiziq
bilan tasvirlanadi.
Gazning p
Dostları ilə paylaş: |