JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 11 (February) ISSN: 2181-3000
Page 30
oshirish hamda mulkdorlar sinfini shakllantirishda eng asosiy omil va manba bo‘lib
xizmat qiladi. Umuman kichik biznesning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati:
mamlakat yalpi milliy mahsulotining tarkib va miqdor jihatdan ko‘payishini
ta’minlaydi;
mehnat resurslaridan samarali foydalanish uchun zamin yaratib beradi;
aholining joriy daromadlari va jamg‘armalarining oshishiga hamda farovonlik
darajasini ko‘tarilishiga zamin yaratadi;
sohaviy va mintaqaviy yakka hokimlikni bartaraf etishi;
davlat byudjet mablag‘larining bir me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi;
tashqi iqtisodiy faoliyatda faol eshtirok etadi;
resurslardan oqilona foydalanish;
yangi texnika-texnologiya, asbob-uskunalarni ishlab chiqarishga joriy etish va
mehnat unumdorligini oshiradi.
Shuning uchun ham jahonning barcha mamlakatlarida kichik biznes milliy
iqtisodiyotining poydevori hisoblanadi. Bugungi kunda rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda ham kichik korxonalarning soni ularda mavjud bo‘lgan jami
korxonalarning 70-80 foizini tashkil etmoqda. Masalan, Yaponiya aholisining esa
71,7 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.
Kichik biznes rivojlanishining iqtisodiy ahamiyatlaridan biri bu mamlakat yalpi
ichki mahsulotini tarkib va miqdor jihatdan ko‘payishini ta’minlashdan iboratdir.
Keyingi yillarda kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida
kichik biznesning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o‘sib, 2021 yilda
54,9 foizni tashkil etdi. Kichik biznesning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotdagi
ulushining 2010-2021 yillardagi holati (1-rasm)da keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: