JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000
Page 3/4
TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI VA UNI SAMARALI
BOSHQARISH
Malikova D.M.
SamISI, “Investitsiya va innovatsiyalar”
kafedrasi katta o‘qituvchisi
Xamroyev Y.
SamISI talabasi
Annotatsiya.
Tijorat bankining kredit portfelini va kredit risklarini boshqarish
masalalari banklarning kredit faoliyatini o‘rganishda ustuvor yo‘nalishlardan
hisoblanadi. Tijorat bankining kredit portfelining sifati uning kredit siyosatining
muhim xususiyati hisoblanadi. Mazkur maqolada tijorat banklarining kredit portfeli
tushunchasining mazmun-mohiyati, kredit portfelining sifati tahlili va bank kredit
portfelini samarali boshqarishga qaratilgan takliflar keltirilgan.
Kalit so‘zlar.
Tijorat banklari, kredit portfeli, muammoli kredit, kredit portfeli
sifati, samaradorlik.
Abstract.
Issues of credit portfolio and credit risk management of a
commercial bank are among the priority directions in the study of banks’ credit
activities. The quality of a commercial bank’s loan portfolio is an important feature
of its credit policy. This paper presents the essence of the concept of credit portfolio
of commercial banks, analysis of the quality of the credit portfolio, and proposals
aimed at effective management of the bank’s credit portfolio.
Key words.
Commercial banks, loan portfolio, problem loan, loan portfolio
quality, efficiency.
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi banklar va bank xizmatidan
foydalanuvchilar o‘rtasidagi masofani sezilarli darajada kamaytirishi, banklararo
raqobatni kuchaytirishi va shu sababli bank xizmatlarining miqdoriy va sifat jihatidan
rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining samaradorligini oshirish
iqtisodiyotning real sektorini kreditlashda banklarning faol ishtirok etishi bilan
bog‘liqdir. Biroq, mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda
bir qancha qiyinchilik va muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda
tijorat banklarining daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil etuvchi
kreditlar orasida muammoli aktivlarning mavjudligi sezilarli bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek,
«muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini yanada kengaytirishini,
ularni undirish bo‘yicha banklar, qarzdor korxonalar, kompaniya va uyushmalar,
hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi zarurligi lozim».
Kredit portfeli sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash,
kreditlash hajmlari o‘sishining mo‘’tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan
makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000
Page 3/5
miqyosda amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy
tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank
tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining bank
tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berilgan.
Turli ilmiy manbalarda “tijorat banklari kredit portfeli” tushunchasi bank tizimi
faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni anglatadigan asosiy tushunchalardan biriga
aylanib qoldi. Uning tez orada ommalashib ketishiga sabab shundaki, “kredit
portfeli” tijorat banklarining kredit bilan bog‘liq butun faoliyatida hal qiluvchi o‘rin
tutadi. “Kredit portfeli” tijorat banklarining kredit berish imkoniyatlarini
ko‘rsatadigan omillardandir.
Shu bois, tijorat banklarida kredit portfelini samarali boshqarish muhim
vazifalardan biridir. Bank kredit portfelini boshqarish tizimi faoliyatining zamirida
to‘rt asosiy tamoyil turadi:
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat banklarida
aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun
zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida» gi talablari
doirasida bank kreditlari asosiy mezonlar bo‘yicha muntazam ravishda baholanadi;
Ikkinchidan, bank tomonidan ajratilayotgan kreditlarning ta’minlanishi ustidan
nazoratni amalga oshirish. Bunda shuni hisobga olish zarurki, ta’minot kredit
berilayotganda uni so‘ndirishning bosh manbai hisoblanmaydi. Bank ta’minotdan
kredit so‘ndirilmasligi risklarini kamaytirish maqsadida foydalanadi, xolos.
Uchinchidan, kredit monitoringini amalga oshirish. Kredit portfeli monitoringi
quyidagilarni nazarda tutadi:
a) kreditni monitoring qilish;
b) kredit portfelini monitoring qilish.
Hozirgi paytda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan bank kreditlar
hajmi oshishi, bank kreditlaridan foydalanayotgan turli mulkchilik va xo‘jalik
yuritish shaklidagi mijozlar miqdori ko‘payishi va banklar tomonidan berilayotgan
kreditlarni oqilona joylashtirish va ular samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar
hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida undirib olishni ta’minlash
banklar kredit portfeli ustidan doimiy monitoring olib borishni talab etmoqda.
To‘rtinchidan, kredit portfelini auditdan o‘tkazish va kredit risklarini
boshqarish. Kredit portfeli ichki va tashqi auditorlar tomonidan audit tekshiruvidan
o‘tkaziladi.
Muammoli kreditlarning tijorat banklarining kredit portfelidagi ulushi 2021 yil
1 yanvar holatiga 2,09 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil 1 yanvar holatiga bu
ko‘rsatkich 3,11 bandga oshib, 5,2% ni tashkil etdi, 2023 yil boshiga esa NPL
darajasi 3,6% ga teng bo‘ldi. Mahalliy tijorat banklarimizning kredit portfeli 2021
yilda 117,84% ga 2020 yilga nisbatan oshgan. 2021 yil 1 yanvar holatiga tijorat
banklarining kredit portfelida muammoli kreditlar (NPL) miqdori 5 784,83 mlrd.
so‘mdan iborat bo‘lib, 2022 yil 1 yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 16 974,03 mlrd.
so‘mga yetgan bo‘lsa, 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra NPL ning miqdori 13 992,0
mlrd. so‘mni tashkil etmoqda.
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000
Page 3/6
Ma’lumki, bank kreditlarining sifati bank tizimi va butun iqtisodiyotning
holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro
ekspertlarning fikricha, yalpi kredit portfelida muammoli aktivlar ulushining 10-15%
dan ortishi bank sektorida tizimli inqirozdan darak beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa sifatida shuni aytish joizki, tijorat
banklari kredit portfelini boshqarishning asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat
bo‘lishi, bank faoliyatida yuzaga keluvchi xatarlarni boshqarishda muhim ahamiyat
kasb etishi mumkin. Bular:
kredit xatari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni
baholash;
ssudalarni xatar guruhlari bo‘yicha tasniflash;
kredit portfelini kredit xatari, mijozlar tarkibi va ssudalar tarkibi bo‘yicha
ma’qullashtirish;
kredit xatarini prognoz qilish maqsadida qarz oluvchining kreditga layoqatlilik
darajasini va uning moliyaviy ahvoli o‘zgarishi ehtimolini aniqlash;
muammoli ssudalarni oldindan aniqlash;
yaratilayotgan zaxiralarni yetarliligini baholash va uni o‘z vaqtida ta’minlab
borish;
kredit qo‘yilmalarini diversifikatsiya qilish, ularning likvidliligini va
daromadliligini ta’minlash;
bankning kredit siyosatini ishlab chiqish va uni kredit portfelining sifatli
tahliliga asoslangan holda yuritishdan iborat.
Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishda yuqoridagilarga amal qilish,
bankning kredit faoliyati samaradorligini oshiradi, o‘z navbatida, bankning
ko‘radigan foydasi ham oshadi.
Dostları ilə paylaş: |