KORREKSION FAOLIYAT VA UNI SAMARALI TASHKIL ETISH
mavzu. Korreksion faoliyat. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik va uni korreksiyalash (pedagogik tuzatish)
Reja:
Korreksion faoliyat (korreksiyalash) mazmuni.
Korreksiyalash va korreksiyalashning ustuvor tamoyillari.
Fanlarni o‘zlashtira olmaslik va uni pedagogik tuzatish bosqichlari.
Tayanch tushunchalar: korreksiya,
korreksiyalash, faoliyat,
korreksion faoliyat, tamoyil, korreksiyalash tamoyillari, bosqich,
korreksiyalash bosqichlari, korreksiyalash shartlari.
Korreksion faoliyat mazmuni. To‘liq holda korreksion faoliyatning mohiyati “Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”) fani negizida ochib berilgan. “Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”) pedagogik turkum fanlar orasida alohida o‘rin tutadi.
“Korreksion pedagogika" (“Maxsus pedagogika") - rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, imkoniyatlari cheklangan bolalarni rivojlantirish jarayonini boshqarishni o ‘rganuvchi fan119.
Педагогика: 1000 та саволга 1000 та жавоб / Метдулл. У.И.Иноятов, Н.А.Муслимов, М.Усмонбоева, Д.Иногомова. - Т.: ТДПУ, 2012. - 179-б.
Уша манба. - 179-б.
Ushbu fan jismoniy va aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalarni parvarishlash, ularga individual ta’lim berish,
tarbiyalash orqali ularni