Korreksion faoliyat va uni samarali tashkil etish


Pedagogik tuzatishni izchil amalga oshirish tamoyili



Yüklə 82,97 Kb.
səhifə4/12
tarix20.10.2023
ölçüsü82,97 Kb.
#158249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KORREKSION FAOLIYAT VA UNI SAMARALI TASHKIL ETISH

Pedagogik tuzatishni izchil amalga oshirish tamoyili. O‘quvchining faolligi uni rivojlantirishda asosiy harakatlantiruvchi kuchdir. Shu sababli o‘qituvchi, psixolog hamda ota-onalar o‘zaro hamkorlikda o‘quvchini ma’lum faoliyat turlariga jalb qilish, unda faollik ko‘rsatishini ta’minlash orqali psixologik-pedagogik tuzatishni tashkil etishi zarur. Ushbu tamoyil maqsadga erishishning samarali yo‘l, metod, vositalarini tanlash muhimligini ko‘rsatadi.

  • O‘quvchining individual xususiyatini inobatga olish tamoyili. Bu tamoyil har bir o‘quvchining ichki imkoniyatlarini aniqlash asosida pedagogik tuzatish ishlarini rejalashtirish, amalga oshirish lozimligini belgilab beradi. Tamoyilning mohiyatiga ko‘ra o‘quvchilar bilan psixologik-pedagogik tuzatish olib boriladigan o‘quvchilarga “ikkinchi toifali o‘quvchilar” singari munosabatda bo‘lmaslik kerak. Shundagina ularda kuzatilayotgan “ta’limiy og‘ish”ni bartaraf qilish mumkin.

  • Yuqoridan pastgacha” tuzatish tamoyili (L.S.Vugotskiy). O‘qituvchi va psixologning diqqati o‘quvchining “ertangi rivojlanishi”ga qaratilishi lozim. Shunga ko‘ra, bordi-yu, pedagogk tuzatishning maqsadi “pastdan” boshlangan, ya’ni, quyi ko‘rsatkichlarga tayanilgan bo‘lsa, u holda uning mazmunini o‘quvchilarning “keyingi rivojlanish hududi”ni shakllantirish tashkil qiladi. O‘quvchi tomonidan erishilgan natijalarni o‘rganish va baholash uning keyingi rivojlanish hududini “yuqoridan pastgacha” tamoyili bo‘yicha tuzatish maqsadga muvofiqligini ifodalaydi123.

    Korreksion faoliyat quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
    o‘quvchini ijtimoiy muhitga moslashtirish (ayniqsa, bolalar bog‘chalariga qatnamay, uy sharoitida tarbiyalanganlarni, chunki ularning aksariyati odamovi bo ‘lib, ijtimoiy muloqotga kirishga qiynaladi);

    Yüklə 82,97 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin