Korreksion faoliyat va uni samarali tashkil etish


o ‘quvchini ta ’lim jarayoniga moslashtirish



Yüklə 82,97 Kb.
səhifə5/12
tarix20.10.2023
ölçüsü82,97 Kb.
#158249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KORREKSION FAOLIYAT VA UNI SAMARALI TASHKIL ETISH

o ‘quvchini ta ’lim jarayoniga moslashtirish;
o ‘quvchida ijtimoiy faollikni rivojlantirish;
o ‘zlashtira olmaslik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish;
o ‘quvchida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
o ‘quvchining nutqidagi nuqsonlarni bartaraf qilish, nutq boyligini oshirish;
o‘quvchining xulqidagi kamchiliklar (tajovuzkorlik, yuqori darajadagi ta’sirchanlik, tushkunlikka beriluvchanlik, hissiyotni sust namoyish qilish, salbiy odatlar - tamaki mahsulotlarini chekish, giyohvand moddalaryoki spirtli ichimliklarni iste ’mol qilish, jinoyatga moyillik kabilar)ni tuzatish;
o ‘quvchi mansub bo ‘lgan oiladgi nosog‘lom muhitni bartaraf qilish va oilaga ijtimoiy yordam ko ‘rsatish choralarini belgilash.

  1. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik va uni korreksiyalash (pedagogik tuzatish). Pedagogik tuzatish o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan ma’lum xususiyat (xossa, jarayon, holat)larni sinfda yoki darsdan tashqari sharoilarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish orqali to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga qaratilgan pedagogik faoliyat tizimi sifatida e’tirof qilinadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “o‘zlashtira olmaslik” tushunchasi negizida ikki holat:
o‘quv fanlarini o‘zlashtira olmaslik;
ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik tushuniladi.
Har ikki holat ham bevosita korreksiyalash (pedagogik tuzatish)ga qaratilgan maqsadli pedagogik faoliyatning tashkil etilishini taqozo qiladi.

Yüklə 82,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin