Korreksiya (yun. “correctiio ” - tuzatish; pedagogikada - pedagogik tuzatish) — pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik, jismoniy rivojlanish kamchiliklarining qisman yoki to ‘liq tuzatilishi121. Korreksiyalash (pedagogik tuzatish) — o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan og‘ishlarni tashxislash asosida ularni bartaraf qilishga qaratilgan maxsus hamda umumiy pedagogik chora tadbirlar tizimi; sabablarini tashxislash asosida o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan og‘ishlarni bartaraf etishga qaratilgan harakat; maxsus hamda umumiy pedagogik chora-tadbirlarning ko ‘rilishi. Korreksion faoliyat — pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini qisman yoki to‘liq tuzatishga qaratilgan pedagogik faoliyat122. O‘z mohiyatiga ko‘ra korreksiyalash mustaqil pedagogik hodisa hamda maxsus harakatlar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, korreksiyalash muayyan pedagogik hodisaga yondashuv nuqtai nazardan to‘liq yoki qisman amalga oshirilishi ham mumkin. Aksariyat holatlarda korreksiyalash yaxlit pedagogik hodisaga
nisbatan amalga oshiriladi va bunda ko‘p omillilik inobatga olinadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik tuzatishlar korreksion- rivojlantiruvchi ta’lim negizida amalga oshiriladi. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: tashxislash natijalarini tahlil qilish va baholash asosida ularda kuzatilayotgan o‘quv va xulqiy nuqsonlarni bartaraf qilish orqali o‘quvchi shaxsini rivojlantirish maqsadi, vazifalarini aniq belgilash; rivojlanish (o‘qish, murakkab bo‘lmagan matematik amallarni bajarish, nutq, fikrlash qobiliyati, fikrlarni mantiqiy bog‘lay olish, fikrni og‘zaki va yozma tarzda bayon qilish)da muammolari bo‘lgan o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhi uchun “Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqish; o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhini korreksion rivojlantirish metodikasini puxta asoslash, samarali shakl, metod, vosita, texnologiyalarini tanlash; ta’lim mazmunini, o‘quv materiallarini o‘quvchining mavjud rivojlanish darajasini to‘ldiradigan, u tomonidan qabul qilinadigan bir muncha murakkab o‘quv axborotlari bilan to‘ldirish; shartli tabaqalashtirgan o‘quvchilar guruhlarining bilim darajasiga mos holda o‘quv materiallarini taqdim qilish; o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhining “yaqin rivojlanish hududi”ni belgilagan holda imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish choralarini belgilash. Korreksiyalashning ustuvor tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi 27-rasm):