1-rasm. Boshqaruvning funksional tuzilmasi
Bozor munosabatlarini shakllantirish bo’yicha iqtisodiy islohotlar ko’p
qirrali
iqtisodiyot asoslarini barpo etishga qaratilgan bo’lib, bu jarayonning muvafaqqiyatli
amalga oshirilishi sanoat korxonalarini zamon talablari darajasida rivojlantirib
borishni bevosita o’z ichiga oladi. Chunki dunyo tajribasida va O’zbekistonda
orttirilgan tajribadan ko’rinib turibdiki, hozirgi zamon
iqtisodiy rivojlanishining
muhim xususiyatlaridan biri ham mulkning ommaviy tus olib borayotganligidir.
Ma‘lumki, respublikamizda mulkdorlar tarkibi va soni tubdan o’zgarib, mulkka
xo’jayinlik hissining amaliy mustahkamlanishiga erishmoqda. Korxonalar aksiyalari
ochiq savdoga chiqarilib, mulkdorlar sinfini ko’payishiga, kishilarning
aksiyaga ega
bo’lish ishtiyoqining o’sishiga erishilmoqda.
Samarali mehnat qilish, ijobiy natijalariga erishishdan ommaviy jonbozlikning
ortishi va shu kabi boshqa muhim masalalarni hamda bu boradagi yechimi qiyin
bo’lgan masalalar bosqichmabosqich hal etilmoqda. Bu hol boshqaruvning bozor
iqtisodiyoti mohiyatiga monand ekanligini to’la-to’kis tasdiqlamoqda. Iqtisodiyotda
mulkning bevosita o’z
egasini topishi, kishilarning ham mulkdor, ham mehnatkash
sifatidagi manfaatlarning uyg’unlashuvini ta‘minlashda rahbar mehnati va boshqaruv
funksiyalarining tashkil etilishi muhim rol o’ynaydi.
Yuqoridagilarni e‘tiborga olgan holda ta‘kidlash lozimki, sanoat korxonalarida
xo’jalik faoliyatining ijobiy natijalari boshqaruv darajasi va sifati bilan uzviy bog’liq
ekanligini hayotning o’zi isbotlab turibdi. Shuning uchun sanoat korxonalarida
boshqaruvning strategik yo’nalishlarini aniq belgilab olish, uning tarkibiy tuzilishini
muvofiqlashtirish va boshqaruvning samarali mexanizimi har bir korxona faoliyatiga
xos bo’lgan jiharlar asosida tashkil etish istiqboli rivojlanishning asosiy garovi bo’lib
qolmoqda.
Fikrimizcha boshqaruvni yaxshilash uchun quyidagi takliflarni amalga oshirish
kerak:
1.O’zbekiston Respublikasida sanoat korxonalarini
boshqarishni milliy
modelini yaratish borasida ilmiy izlanishlar zarur. Rahbar funksiyalari mavzusini
tadqiq etishni rivojlantirish borasida uni davlat granti mavzulariga kiritish lozim.
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000
Page 2/8
2.O’zbekiston va uni regionlari sharoitdan kelib chiqib boshqaruv
samaradorligiga ta‘sir etuvchi tashqi va ichki omillar turkumlanishini ishlab chiqish
kerak.
3.Boshqaruv faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun avvalambor
korxona ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarning har bir birligidan tejamkorlilik bilan
foydalanish yo’lga qo’yish lozim. Har bir birlik iqtisodiy
resursdan chiqadigan
mahsulot miqdorini oshirishga harakat qilish kerak. Masalan, xom ashyodan
chiqadigan mahsulot miqdorini oshirishga erishish kerak. Natijada, resurslarni tejash
orqali korxonaning foydasi ortadi va samaradorligi darajasi yuksaladi.
4. Boshqaruv maqsadlarini to’g’ri shakllantirish va strategik maqsadlarga
erishish yo’lidagi operativ maqsadlarni to’g’ri tuzish va har bir davrda bu operativ
rejalarni bajarilishini ta‘minlash.
5. Korxonalardagi ishlab chiqarishning texnik
darajasini oshirishga tomon
harakatni amalga oshirish. Ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyani qo’llash
hamda ularning har biridan iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’lida foydalanish.
Korxonaga o’rnatiladigan har bir texnik va texnologik jixozning iqtisodiy samara
berishiga erishish.
6. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish. Ishlab
chiqarishni tashkil etish tamoyillaridan oqilona foydalanish. Ishlab chiqarishni tashkil
etishda uzluksizlik, tejamkorlilik, to’g’ri oqimlilik,
mutanosiblik, unumdorlilik kabi
tamoyillarni qo’llash.
7. Korxonalarda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish. Boshqaruv faoliyatida
boshqaruvning zamonaviy tamoyillari va usullaridan foydalanish, rahbarning
mas‘uliyatini va imtiyozlarini oshirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati
erkinligi kafolatlari
to’g’risida” gi Qonuni. Qonunlar to‘plami. T.: “Adolat”, 2001.
2.
Akbarxodjayev Z.Z. “Innovatsion menejment”. O‘quv – uslubiy majmua. T.:
“TDIU”, 2012.
3.
Taraxtiyeva G.K. “Innovatsion menejment”. O‘quv qo‘llanma. T.: “Fan va
texnologiya”, 2013.
4.
Qosimova D.S. “Menejment nazariyasi”. O‘quv – uslubiy majmua. T.:
“TDIU”, 2011.