Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 393,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix16.12.2023
ölçüsü393,74 Kb.
#183894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
217-227

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–28_Issue-1_May_2023 
226 
guruhlashtirilgan. Bundan tashqari, pul mablag‘lari oqimini chizma ko‘rinishida 
tasvirlash mumkin. 
Pul mablag‘larining kelib tushishi (kirimi). Haridorlardan olingan pullar (kirim), 
hisobot davrida korxonaning bank schotlariga, yoki veksel ko‘rinishida yuklab 
jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan 
mablag‘lar summasini ko‘rsatadi. Ushbu summani 4-shakl "Pul mablag‘lari 
to‘g‘risidagi hisobot" moliyaviy hisobotidan (quyida 4-Sh) va 1-sh shakli statistika 
hisobotidan olish mumkin. Boshqa pul tushumlari va royaltidan, turli ko‘rinishdagi 
mukofotlar, komission yig‘imlardan olingan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari 
summasini ko‘rsatadi. Korxonaning boshqaruv rahbariyati uchun bu hisobot 
korxonaning qisqa muddatli kreditorlik qarzlarini uzishga mavjud mablag‘ni yetarli 
yoki yetishmasliligi, hissadorlarga to‘lanadigan dividendlar miqdorini ko‘paytirish 
yoki kamaytirish hamda korxonani investitsiya va moliya masalalari bo‘yicha siyosat 
kabi masalalarni hal etish zarurdir. 
Xulosa 
Operatsion faoliyatdan pul mablag‘lari kirimi va chiqimida: hisobot davrida 
sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lar uchun korxonaning bank hisobvaraqlari va 
kassasiga kelib tushgan pul mablag‘lari summasi; mahsulot yetkazib beruvchilarga 
materiallar, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘langan pul mablag‘lari summasi; 
xodimlarga mehnatga haq to‘lash ko‘rinishida to‘langan pul mablag‘lari summasi, 
shuningdek‚ davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘langan mablag‘lar summalari
budjetga jismoniy shaxslar daromad solig‘ini to‘lash, kasaba uyushmasiga ajratmalar, 
alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari bo‘yicha to‘lash, 
xodimlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun korxonaning haq to‘lashi, kassadan va 
bank hisobvaraqlaridan xodimlar bilan va ular nomidan operatsiyalarga doir boshqa 
sarflar; operatsion faoliyatga doir boshqa pul tushumlari va chiqimlari (royalti, turli xil 
taqdirlashlar, komission yig‘imlar va boshqa operatsion faoliyatdan to‘langan pul 
mablag‘lari kirimi va chiqimi); operatsion faoliyatning sof pul kirimi yoki chiqimi aks 
yetadi. Investitsion faoliyatdan pul mablag‘lari kirimi va chiqimida: asosiy vositalarni 
xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari 
summalari, asosiy vositalarni sotishdan kelib tushgan mablag‘lar summalari; 
nomoddiy aktivlarni xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchiga to‘langan pul 
mablag‘lari, nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib tushgan mablag‘lar summalari; 
qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini xarid qilish uchun to‘langan 
pul mablag‘lari summasi, shu jumladan vositachilarga komission taqdirlashlar va 
birjada to‘langan foizlar, qimmatli qog‘ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini 
sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi; boshqa investitsion 
faoliyatga oid to‘langan pul mablag‘lari kirim va chiqimi; investitsion faoliyatning sof 
pul kirimi yoki chiqimi aks etadi. Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larining kirimi va 



Yüklə 393,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin