Volume–28_Issue-1_May_2023 218 bilan ta’imnlanishi zarur. Buning uchun esa pul mablag‘lari hisobining oldida quyidagi
asosiy vazifalar turadi:
-
korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar
bilan ta’minlash;
-
to‘lov va hisob-kitoblarni pul muomalalarini tartibga soluvchi me’yoriy
hujjatlarda ko‘rsatilgan tartiblarga rioya qilgan holda o‘z vaqtida amalga oshirish;
-
hisob registrlarida pul mablag‘larini naqdligi va harakatlarini o‘z vaqtida aks
ettirish, chunki pul mablag‘larining harakati korxonaning faollik darajasining asosiy
ko‘rsatkichlaridan biridir.
-
pul mablag‘larining belgilangan maqsadlarga sarflanishi, smeta va limitlarga
amal qilishini nazorat kilish;
-
pul mablag‘larining inventarizatsiyasini belgilangan muddatlarda o‘tkazishini
ta’minlash va o‘zaro hisob-kitoblar, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini
to‘lanishini nazorat qilish;
-
kassadagi, hisoblashish, valyuta va bankdagi boshqa schotlarda saqlanayotgan
pul mablag‘larining saqlanishining nazoratini ta’minlash;
-
pul resurslarining harakat oqimini prognozlash va optimizatsiya qilish bo‘yicha
tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Ushbu masalalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning pul mablag‘laridan
samarali foydalanishni ta’minlovchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini
yaratadi. Albatta, yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun pul mablag‘larining
buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish zarur bo‘ladi. Buning uchun esa
korxonalarda mavjud mablag‘larni turkumlash alohida ahamiyatga egadir.
Korxonalarga pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini yuritish ko‘p jihatdan
ularning
turkumlanishi ga bog‘lik. Chunki pul mablag‘larini manbalardan kelib
tushishi va qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishini tahlil qilish asosida ulardan
samarali va maqsadga muvofiq foydalanish mumkin.
Hozir amaliyotda pul mablag‘lari quyidagicha turkumlanadi va ular buxgalteriya
hisobini yuritishda foydalaniladi.
1.
Valyutalarni turlari bo‘yicha guruhlash.
2.
Qaysi joyda saqlanish bo‘yicha guruhlash.
3.
Qaysi maqsadlarga sarflanishi bo‘yicha guruhlash.
4.
Qaysi manbalardan kelib tushishi bo‘yicha guruhlash.
5.
Pul mablag‘larining turlari bo‘yicha guruhlash.
Respublikamizda xo‘jalik subyektlariga nafaqat O‘zbekiston milliy valyutasi
so‘mda balki boshqa chet el valyutalarida ham banklarda hisob raqamlarini ochish
imkoniyatlari berilgan. Sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarining mazmuni quyidagicha:
Bankdagi hisob-kitob schotidan korxona kassasiga turli maqsadlar uchun naqd pul olib
kelishdi. Hisobdor shaxslar avans hisobotiga asosan ortiqcha oshgan pullarni korxona