JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com
Volume – 6_ Issue-1_May_2022
37
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI TARBIYACHISIGA
QO‘YILGAN TALABLAR VA UNING SHAXSINI SHAKLLANTIRISH
SHodiyeva Gullola Azamatovna
Buxoro viloyati G'ijduvon tuman MTB
tasarrufidagi 21-son DMTT tarbiyachisi
ANNOTATSIYA
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan
ulkan islohotlarning
muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga mas'uliyat bilan qarashlariga,
kundalik mehnat faoliyatida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan
savobli ishlarni qila olishlariga bog‘liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi)
birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash,
ikkinchidan mehnatkash
xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va mas'uliyatli vazifalarni
bajaradi.
KALIT SO'ZLAR :
pedagog, tarbiyachi, ilmiy -metodik markaz,
texnikaviy
vosita, axborot , pedagogik mahorat;
KIRISH
Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan,
aql-idrokli,
qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning
munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas'uliyatli
vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarning
tarbiyalash sifati
uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z ma'suliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini
hal etishga ijodiy yondashishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borishi va
kasblarning ishdagi o‘sishga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi
yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy
faol bo‘lishi kerak.
ASOSIY QISM