Volume – 2_ April_2022 172 Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan
biri ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvdir. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni intellektual, axloqiy, estetik tomonlama rivojlantirish uchun maktabgacha
ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini
yangilash hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy
usullarini joriy etishni amalga oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya jarayonini
takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy
boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy,
nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim,
bunda bolalarda vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy,
madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni
shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shuningdek, maktabgacha ta’lim
muassasalari faoliyatini, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich
ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish,
maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va
badiiy adabiyotlarni bolalarning yoshiga mos qilib tanlab olish bilan birga ulardan
foydalanish, bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, shaxsiy
gigienaga e’tiborini qaratish, o‘z vaqtida kerakli vositalardan: sovun, salfetka, spirtli
suyuqliklardan muntazam foydalanishga, faol o‘yinlar o‘tkazish, musobaqalar
uyushtirish, gimnastikalar bajarish bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarni axloqiy,
estetik, jismonan sog‘lom o‘sishiga zamin yaratish. STEAM an’anaviy o‘qitishga
muqobil yondashuv hisoblanadi. Bunda bolalar Science (tabiiy fanlar), Technology
(texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics
(matematika)ni fanlararo bog‘lanishlar va amaliy yondashuvga asoslangan holda
o‘rganadilar Ushbu maqsadlarni bajarish uchun 2016-yildan boshlab milliy ta’lim tizimida
STEAM O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish borasida
islohotlar amalga oshirilmoqda. “Zamonaviy maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, “2017-2021-yillarda maktabgacha
ta’lim tizi mini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident