Volume – 2_ April_2022 174 ta’limiga tadbiq etish borasida AQSH mutaxassisi jalb qilindi. Undan tashqari
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yurtimizda tashkil etilgan
prezident maktablarida STEAM ta’lim tizimi orqali ta’lim beriladi. Zamonaviy
tadqiqotlar STEAM tizimi maktab ta’lim tizimiga oid bo‘lgani bilan, uni eng kichik
yoshdan, maktabgacha davrdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini
ta’kidlamoqda.
Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEAM tizimiga olib kirishning
ahamiyati, muvaffaqiyat ildizidir. Aslida STEAM fikrlash bolalikdan boshlanadi.
Bola yurishni bilmagan paytida ham jarayonlarning bog‘liqligi, ketma- ketligi va
ehtimollikni tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama rag‘batlantirilishi
lozim. Maktabgacha ta’lim tizimida STEAM tizimi bo‘yicha faoliyat kundalik ish
rejasi asosida olib borilishi lozim.
STEAM ta'lim tamoyillarga asoslanadigan faoliyatlarni ishlab chiqish va
amalga tadbiq etish muhim hisoblanadi. STEAM ta’lim tizimini kitoblar orqali
kichik yoshdagi bolaning hayotiga olib kirish samarali mexanizmlardan biri
hisoblanadi. Kitob bolani STEAM tizimiga olib kirishda kuchli tramplin bo‘la oladi.
Kitob bola uchun faoliyat va jarayon orasidagi bog‘lovchi vosita bo‘ladi. Misol
uchun kitobdagi baliqcha haqida bolalar bilan suhbat qurib, bog‘chadagi akvariumda
yashovchi baliqlarni o‘rgansa bo‘ladi. Kitob bolani yoshligidan ilm- fanga bo‘lgan
qiziqishini kuchaytiradi, kitob orqali bolada fanga oid so‘z boyligi ortadi. Bu yerda
muhim jihat STEAM tamoyillariga asoslangan kitobni ensiklopediya kitoblari bilan
adashtirmaslik. Kichik yoshdagi bolalar uchun tayyorlanadigan kitoblarni
STEAM ta’lim tizimi doirasida qanday strukturalashtirish mumkin:
S-Science kichik yoshdagi bolalarni fan olamiga olib kirishda hayvonot olami,
dengiz hayvonlari, o‘simlik va hashoratlar haqidagi kitoblardan foydalansa bo‘ladi.
T-Technology atrofimizda, bolalar xonasida, kundalik faoliyatimizda
uchraydigan texnologiya buyumlari aks etgan qiziqarli kitoblar bolani texnologiya
olamiga olib kiradi. Qaychi, g‘ildirak, mashina, oyisining kir yuvish mashinasi,
telefon va hokazolarni kitobda ichini ko‘rsatgan holda namoyon qilish, buyumlar
haqida hikoyalar o‘qish mumkin. Qiziqarli hikoya bilan namoyon bo‘lgan