Joyni vertikal planirovka qilish uchun yuza nivelirlash



Yüklə 230,18 Kb.
səhifə2/5
tarix14.04.2022
ölçüsü230,18 Kb.
#55418
1   2   3   4   5
vertikal polinirovka

K v a d r a t l a r (to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakliklar) u s u l i ochiq territoriyalarda qo‘llaniladi. Dastlab uchastkaning markaziy nuqtasi orqali o‘tkaziladigan ikkita o‘zaro perpendikulyar to‘g‘ri chiziq asosida asosiy kvadratlar yasaladi: buning uchun shu chiziqlarda markaziy nuqtadan boshlab to‘rt tomonga bir xil uzunlikda chiziqlar o‘lchab qo‘yiladi. Bunda to‘g‘ri burchaklar teodolit yordamida yasaladi, masofalar o‘lchash lentasi bilan o‘lchanadi.

Asosiy kvadratlar ichida ularning tomonlari asosida to‘ldiruvchi (kichik) kvadratlar yasaladi. Bunda har 10 yoki 20 m da belgi-birkasi bo‘lgan 100 m uzunlikdagi trosdan foydalaniladi. To‘ldiruvchi kvadratlar uchlarini nivelirlashda reyka tarang tortilgan tros belgisi yonida bevosita erga qo‘yiladi.

Asosiy kvadratlarning uchlari etarli darajada mustahkam belgilar bilan belgilanadi va kasr son bilan nomerlanadi. Kasrning surati shu uch absissaning yuz metrlar soni, maxraji esa ordinatasining yuz metrlar sonini ko‘rsatadi. Masalan, markaziy nuqta O=O deb belgilanadi, undan o‘ng tomondagi uchlar 0=+2; 0=+4; 0=+6 va shunga o‘xshash ifodalar bilan nomerlanadi (Rasm ).

1-Rasm. Kvadratlarning uchlarini nomerlash sxemasi

Xar qaysi asosiy kvadrat ichidagi to‘ldiruvchi kvadratlar to‘ri o‘z nomeratsiyasiga ega bo‘lib, gorizontaliga va vertikaliga ikkita arab raqami bilan nomerlanadi, ulardan birinchisi vertikalning, ikkinchisi esa gorizontalning tartib nomerini ko‘rsatadi (masalan 32, 52, 88). Bular rasmda krestlar bilan belgilangan.

Nivelirlash to‘rini to‘ldiruvchi kvadratlar tomonlarining kattaligi plan masshtabida 2 sm ga teng, asosiy kvadratlarniki esa o‘n marta yirik qilib olinadi. Masalan, masshtabi 1:500 li plan uchun kvadratlar kattaligi tegishlicha 100 va 10 m buladi.

Tomonlari 100 m li asosiy kvadratlarning uchlari aloxida nivelirlanadi. Bunda nivelir taxminan kvadrat markaziga o‘rnatiladi. Nivelirlashni uchastkaning tashqi chegarasi bo‘ylab joylashgan asosiy kvadratlarning tutashgan qatoridan boshlab, keyin o‘zaro parallel bo‘lgan ichki qatorlar qator oralatib nivelirlanadi (rasm1). To‘ldiruvchi kvadratlarning uchlari aloxida nivelirlanadi va reykadan olingan sanoqlar kvadratlarning dala sxemasiga, tegishli uchlar yoniga yozib boriladi.

2-rasm 3-rasm

Asosiy kvadratlarni nivelirlash Ko‘ndalang chiziqlarni nive

Ketma-ketli lirlash sxemasi


Nivelir ( 2- rasm) kvadrat I ning o‘rtasida joylashgan bo‘lsin. CHiziqlar to‘ri nomeratsiyasini xisobga olgan xolda 2a va 2b bog‘lovchi nuqtalarga qo‘yilgan ikkita reykadan tegishli a1 va b1 sanoqlar, stansiya II ga o‘tilgandan keyin esa o‘sha no‘qtalarning o‘ziga qarab a2 va b2 sanoqlar olinadi. Busanoqlardan hb1-a1, hb2-a2, bulardan b1-a1 b2-a2 a2 b1 bo‘ladi.

Oxirgiifodalarreykalardanolingansanoqlarnikontrolqilishuchunkerakbo‘ladi.

1a, 5a, 5b, 13 yopiqniveliryulivab, v, g, d, e, jchiziqlarbo‘ylabboruvchiyakkayo‘llaruchlariotmetkalariningfarqidabog‘lanmaslik fh yul qo‘yiladigan bog‘lanmaslik qiymatidan ortiq bo‘lmasa, nisbiy balandliklar bog‘lanadi va barcha bog‘lovchi va oraliq no‘qtalarning otmetkalari xisoblab chiqiladi.

Ko‘ndalang chiziqlar usuli uchastka chegarasi bo‘ylab va ko‘ndalang chiziqlarda teodolit-nivelir yullar o‘tkazishdan iborat (3-rasm). Bunda bir yula situatsiyani xam s’emka qilib boriladi. Avval teodolit yuli no‘qtalari nivelirlanadi, keyin ko‘ndalang chiziqlarda joylashgan no‘qtalarning otmetkalari aniqlanadi. Bu no‘qtalar otmetkalari ma’lum bo‘lgan punktlarga tiralgan yakka yullar no‘qtalarning otmetkalarini aniqlash singari topiladi.

Teodolit yulining uchlari planga koordinatalar buyicha tushiriladi, teodolit yuli tomonlarida stvor no‘qtalar o‘lchab qo‘yiladi, ular orasida ko‘ndalang chiziqlar belgilanadi, ko‘ndalang chiziqlarda o‘lchash yuli bilan ketma-ket no‘qtalar va oraliq no‘qtalar tushiriladi. Xosil qilingan no‘qtalar yoniga ularning otmetkalari yozib qo‘yiladi, so‘ngra gorizontallar o‘tkaziladi.

Binolar qurilgan territoriyaning tayyor plani bo‘yicha nivelirlashda situatsiyaning planda va joyda olinadigan xarakterli no‘qtalarining (binolarga kirish yullari, binolarning burchagiy no‘qtalari, kuzatish quduqlarining qopqoqlari, yullarning o‘qlari va boshqalarning) otmetkalari aniqlanadi. Bu usulda olingan sanoqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri planning yorug‘lik ta’sir ettirib olingan nusxasiga, nivelirlangan no‘qtalar yoniga yoziladi. Xar qaysi nivelirlash stansiyasi uchun asbob gorizonti aniqlanadi, uni plan nusxasiga yoziladi, xar qaysi stansiya uchun nivelirlash chegarasi chiziladi va xamma nivelirlangan nuqtalarning otmetkalari asbobgorizonti orqali xisoblab chiqiladi.


Vertikal planirovka qilish loyihasini ishlab chiqishda geodezik hisoblashlar katta o‘rin tutadi, loyihaning muhim elementlaridan biri esa gorizontal maydonchalarni oldindan belgilangan yuzaga va gorizontga nisbatan berilgan nishablikda maydonchalarga loyihalashdan iboratdir.


Yüklə 230,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin