Joytun madaniyati mil avv. Vii–V ming yilliklar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə5/7
tarix10.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#142465
1   2   3   4   5   6   7
NEOLIT DAVRI

Sazag‘on madaniyati (mil. avv. VIIIV ming yilliklar) Zarafshon tog‘ tizmasining g‘arbiy qismida, Qoratepa tog‘ining shimoliy yonbag‘irida mezo-neolit davrlarida faoliyat yuritgan madaniyat. Bu madaniyatga oid yodgorliklar arxeolog olim M. Jo‘raqulov, N.Xolmatov tomonidan o‘rganilgan.

Sazag‘onsoy va Egrikulchasoyning tog‘ oldi qismidan so‘nggi mezolit va neolit davrlariga oid 30 dan ortiq makonlar aniqlangan. Sazag‘on I, II, Tepaqul III, V, Lolab, Qorakamar, Jangal I va Ochilg‘or makonlari Sazag‘on madaniyatining asosiy yodgorliklari hisoblanadi. Ulardan Sazag‘on I, II, Tepaqul III, IV, V va Jangal I makonlari madaniy qatlamga ega. Boshqa yodgorliklarning yuza qismidan neolit davriga oid moddiy ashyolar terib olingan.
Sazag‘on II makoni hududida keyingi davrlarda ekin ekilib, uning madaniy qatlamiga ziyon yetgan. Neolit davri madaniy qatlami qisman saqlangan. Makonining quyi madaniy qatlamidan yirik tosh bo‘laklari va gulxan qoldig‘i aniqlangan. Bu joylar qadimgi yarim yerto‘la kulbaning o‘rni bo‘lishi mumkin.
Sazag‘on 2 makonidan echki va qo‘y, qisman yirik tuyoqli- qora mol, ot, eshak va tuya, it kabi hayvonlarning suyaklari topib o‘rganilgan. Hayvonlardan echki, qo‘y va itlar xonakilashtirilgan.
Sazag‘on madaniyati xo‘jaligida ovchilik ahamiyati saqlanib qoladi. Jayron, qisman qulon va Buxoro bug‘usi asosiy ov o‘ljasini tashkil etgan. Shuningdek, makonlardan bo‘ri va tulki kabi hayvonlarning suyagi ham topilib, ular muynasi uchun ov qilingan. Tog‘oldi hududida o‘sadigan oziqabop o‘simlik va daraxt mevalari terib yeyilgan. M.Jo‘raqulov Sazag‘on madaniyati egalari dehqonchilik xo‘jaliga asos solgan edi, deb hisoblaydi.
Sazag‘on madaniyatiga oid tosh qurollari asosan mikrolitlardan iborat. Plastinkasimon tosh parchasidan yasalgan qurollar ham mavjud. Sopol buyumlari mato qolipda tagi dumaloq shaklda yasalgan, sirtiga sodda naqsh chizilgan. Jundan ip egirib, mato to‘qish, teriga ishlov berish, suyakdan turli anjomlar yasash kundalik bajariladigan mashg‘ulotlar sanalgan.
Qoratepa tog‘ining shimoli-sharqiy etaklarida Ohalik, Zamicha- tosh va boshqa makonlar joylashgan. Ulardan tosh va suyakdan yasalgan qurollar hamda yovvoyi hayvon suyaklari topilgan. Mazkur makonlar ehtimol sazag‘onlik aholining mavsumiy makoni bo‘lgan.
Neolit davrining oxirida Sazag‘on madaniyati inqirozga uchraydi. Mahalliy hududning iqlimi quruqlashib, tabiiy oziqa zaxirasining kamayib ketishi natijasida aholi yashash hududini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin