3.2-jadval O’zgaruvchilar orasidagi bog’lanish zichligi darajalari
0,1-0,3
0,3-0,5
0,5-0,7
0,7-0,9
0,9 va undan yuqori
Bog’lanish zichligi darajasi
bo’sh
o’rta miyona
sezilarli
yuqori
juda ham yuqori
ning absolyut qiymati 1 ga yaqinlashgan sari o’zgaruvchi belgi bilan natijaviy belgi orsidagi bog’lanish shunchalik zichlashib boradi.
3.1-jadvaldagi ma’lumotlar asosida hisoblangan chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti 1ga juda yaqin, ya’ni 0,991ga teng. Bu ishlab chiqarishga bo’lgan harajat bilan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi orasidagi bog’lanish juda ham yuqori ekanligini bildiradi. Shuni e’tiborga olish kerakki, chiziqli korrelyatsiya koeffitsientining qiymati qaralayotgan belgilar orasidagi bog’lanishlar zichligini ularning bog’lanishlari chiziqli bo’lgan holatlarda baholaydi. Shuning uchun korrelyatsiya koeffitsientining absolyut qiymati nolga yaqin bo’lishi belgilar orasidagi bog’lanishlar mavjud emas degan ma’noni bildirmaydi. Belgilar orasidagi bog’lanish modeli boshqacha ko’rinishda bo’lganda bog’lanish etarlicha zich bo’lishi mumkin.