1) Arktika muz saxrolari zonasi – Arktika yunoncha «shimol» degani. Arktika zonasining maydoni 27 mln km2. Arktika sovuk saxrosida o’simlik xayoti uchun o’ta noqulay kish 8-9 oy buladi. Qiska muddatli sovuk yozning urtacha temperaturasi 0 oS dan oshmaydi. Lekin shu sharoitda xam kiska vakt ichida bir necha tur o’simliklar vegitatsiyasini tugatib ulguradi. Birgina Grelandiyada 450 tur o’simlik yashaydi. Bular suv utlari, zamburuglar, lishayniklar, moxlar bulib gulli o’simliklarni pakana vakillari pakana kayn, pakana tol, babuklniklar o’sadi.
2) Tundra zonasi – Tundra so’zi Kareliya tilida o’rmonsiz degani. Bu hudud arktika saxrosining janubi xisoblanadi. Qish 1-8 oy, yoz 4-5 oy kuchli shamollarning esishi va tuprokning 15-20 m chukurda, abadiy muz koplamlari mavjudligi bilan xarakterlanadi. U yerda asosan butasimon kup yillik o’simliklar o’sadi.
3) Mu’tadil iqlimli (o’rtacha iqlimli), shimoliy kengliklar o’rmon zonasi. Bu zona juda katta hududni egallaganligi sababli 3 qismga bo’linadi.
1. Ninabargli yoki bargli doimiy yashil o’rmonlar va butazorlar zonasi.
2. Aralash o’rmonlar zonasi.
3. Keng bargli o’rmonlar zonasi.
Ninabargli o’rmonlar zonasi-bu zona yozi issik kishi sovuq va qalin qor qoplami uzoq saqlanadi. Bug’lanishning yillik miqdori 700-600 mm atrofida, yillik o’rtacha yog’inlar miqdori 800-1000 mm ni tashkil kiladi. Shuning uchun bu hududlar maydoni namlik yukori, botkok xolatda buladi. Ninabargli o’rmonlar tayga o’rmonlari xam debataladi. Ular geografik jixatdan keng tarkalgan. Dunyo ninabargli o’rmonlarining 70% MDXda joylashgan. Shimoldan-janubga tomon borgan sari iqlim uzgarganligi tufayli ninabargli o’rmonlar 4 ga bulinadi.
1. Siyrak ninabargli o’rmonlar.
2. Shimoliy ninabargli o’rmonlar
3. Janubiy ninabargli o’rmonlar.
4. Urta ninabargli o’rmonlar.
Aralash o’rmonlar – aralash o’rmonlar Sharqiy Yevropa tekisligida joylashgan. U Skandinaviyadan boshlanadi. Garbiy Yevropa va Sharqiy Tayga o’rmonlari o’zining chegaralari bilan aralashib ketgan. Bunday maydonlar Boltik dengizi buyida, Ural tog’larida mavjud. Bunday zonada asosan zarang arg’uvon, shumtol, buk, eman, tog’ terak, oq kayin, pixta, veymut kayrag’ochi kabi o’simliklar uchraydi.