Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Ekosistemalarning biologik mahsuldorligi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə27/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Ekosistemalarning biologik mahsuldorligi Jamoaning hayot faoliyati natijasida organik moddalar to’planadi va sarf bo’lib turadi. Demak, har bir ekosistema ma’lum darajada mahsuldorlikka ega. Biomassaning hosil bo’lish tezligi biologik mahsuldorlik deb ataladi, u ayrim turlar, butun ekologik sistema hayot faoliyati energiyasining eng muhim ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
Ekosistemaning asosiy yoki birlamchi mahsuldorligi yashil o’simliklar tomonidan fotosintez jarayoni natijasida vaqt birligida to’plangan mahsulot hisoblanadi. Masalan, fotosintez natijasida o’rmondagi o’simliklar 1 ga maydonda 5 t organik modda hosil qilsa, bu umumiy yoki yalpi birlamchi mahsuldorli deb qaraladi. Ammo o’simlikning hayoti uchun ham hosil bo’lgan moddalar sarf bo’ladi. Shuning uchun vaqt va maydon birligiga to’g’ri keluvchi biomassa bir oz kam bo’ladi. Ekosistemada to’plangan barcha mahsulot (nafas olishga sarf bo’lgandan tashqari) jamoaning haqiqiy birlamchi mahsuldorligini tashkil etadi Haqiqiy birlamchi mahsuldorlikni hosil qiluvchi organik moddalar geterotrof organizmlar uchun o’zlashtirilishi mumkin. Biomassa deyilganda jamoadagi barcha tirik organizmlar umumiy og’irlirinnng yig’indisi tushuniladi. Konsumentlar ham haqiqiy birlamchi mahsulot hisobiga organik modda to’playdi. Ular hosil qilgan mahsuldorlik ikkilamchi hisoblanadi. Hisoblashlarning ko’rsatishicha, 1 ga o’rmon jamoasi yiliga o’rtacha Quyosh nurining 2,1-109 kJ energiyasini o’zlashtiradi. Agarda shu yerdagi o’simliklar yoqib yuborilsa atigi 1D-106 kJ yoki to’plangan energiyaning 0,5% ni tashkil etadi. Demak, produtsentlar tomonidan to’planadigan birlamchi mahsuldorlik juda kam ekan. Ikkilamchi esa bundan ham kam miqdorda bo’ladi. Ozuqa zanjirining bir bo’g’inidan ikkinchisiga o’tishi vaqtida 80—99% energiya sarf bo’ladi. 1 m2 maydondagi o’simliklar bir sutkada hosil qilgan moddalar ekvivalenti taxminan 84 kJ ni tashkil etsa, birlamchi konsumentlar hosil qilgani 8,4 kJ, ikkilamchi konsumentlarniki 0, 8 kJ dan oshmaydi. 1 kg mol go’shti hosil bo’lishi uchun 90 kg ko’k o’t massasi zarur bo’ladi.
Emanzor (dubzor) o’rmonlarda yillik to’plangan organik moddalarda 9 milliard kkal potentsial energiya yig’iladi. To’plangan organik moddalarning deyarlk yarmi o’simliklarning nafas olishi uchun ketadi. O’simliklarning yer ustki qismlaridagi organik modda yiliga gektariga 5—6 t (quruq vaznda), yer ostki qismlarida esa 3—4 t ko’payadi, jami to’plangan yillik birlamchi biomassa 10 tonnani tashkil etadi. Bu massaning 4 tonnasi barglar, gul, meva va shunga o’xshashlarga to’g’ri keladi. O’rmonda o’simliklarni iste’mol qiladigan hayvon turlari ularga ozuqa bo’ladigan o’simlik turlariga niobatan ancha ko’p bo’ladi, hayvonlarning biomassasining yig’indisi nihoyatda kam. Masalan, tuyoqlilar (bug’u, kiyik, yovvoyi cho’chqa) biomassasi gektariga 2 kg, kemiruvchilar va sutemizuvchilar hamda mayda hayvonlarniki 5 kg, qushlar biomassasi esa 1—3 kg.
Yuqorida energiyaning avtotrof organizmlar organik moddalari kimyoviy bog’larida to’planishi, keyinchalik geterotrof organizmlarga yem bo’lishi, hayvon tomonidan o’zlashtirilgan energiyaning ko’p qismi uning hayot faoliyati uchun sarflanishi, ozuqadagi energiyaning faqat 5—20%igina hayvonning o’sishi uchun sarflanishi to’g’risida fikr yuritildi. O’txo’r hayvonning yirtqich tomonidan iste’mol qilinishida ozuqadagi energiyaning yana kattaroq bir qismi yo’qoladi. Foydali energiyaning shunday ko’p sarf bo’ltani uchun ham ozuqa zanjirlari uzun bo’lmaydi.
Ozuqa zanjirlarining keyingi halqalarida massa tobora kamayib boradi. Masalan, 1 t o’simlikdan o’rta hisobda 10 kg o’txo’r hayvon gavdasi massasi hosil bo’lishi mumkin. Ozuqa zanjirining asosi hisoblangan o’simlik massasi o’txo’r hayvonlarning umumiy massasidan hamisha bir necha barobar ko’p bo’ladi. Shunday qilib, tabiatda ekologik piramida hosil bo’ladi. Dastlab ekologik piramida Ch. Elton tomonidan tuzilib, u sonlar piramidasi deb atalgan. Piramidalar har bir ozuqa zanjiridagi biomassa va uning ekvivadenti hisoblangan energiya nisbatlarini yaxshi ifodalaydi va amaliy maqsadlarda undan foydalaniladi. Quruqlikdagi ekosistemalarda biomaosa piramidalar qoidasi qo’llaniladi. Barcha ekosistemalar uchun esa birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlikning nisbatlari, ya’ni mahsulotlar piramidasi qoidasi xarakterlidir. Sonlar, biomassalar va mahsulotlar piramidalari grafik tarzida yaxshi ifodalanishi mumkin. Unda har bir trofik darajadagi vaqt birligida to’plangan biomassa keyingisidan ko’p bo’ladi. Turli ekosistemalarning mahsuldorligi bir xil emas. Mahsuldorlik bir necha omillarga bog’liq bo’lib, birinchi navbatda iqlim omillariga bog’liqdir. Eng mahsuldor ekosistemalar qirg’oqlar bo’yi, sayoz limanlar, suv bosib turuvchi o’tloqzorlar hisoblanadi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin