6.Gelofitlar botqoqlik o’simliklari bo’lib, ularning kurtaklari suv ostida joylashgan, vegetativ organlari suvdan ko’tarilib turadi.
7.Gidrofitlar gulli o’simliklar bo’lib, kurtaklari suv ostida, vegetativ novdalari esa suvda joylashgan. K.Raunkier tasnifida hayot shakllarining iqlim bilan o’zaro bog’liqligini tushuntirishga harakat qiladi va Yer sharining turli zona va rayonlari uchun biologik spektr tuzib chiqadi. Biologik spektr ma’lum bir hududdagi o’rganilayotgan o’simliklar jamoalaridagi hayot shakllarining foiz nisbatlaridir.
2- jadval
Yer sharining turli zonalaridagi o’simliklar qoplamining
biologik spektrlari
|
Tekshirilgan turlarning umumiy soniga nisbatan
|
Mamlakatlar va
|
% hisobida
|
viloyatlar
|
fanerofitlar
|
xamefitlar
|
gemikrir tofitlar
|
kriptofitlar
|
terofitlar
|
|
|
|
|
|
|
Tropik zona:
|
|
|
|
|
|
Seyshel orollari
|
61
|
6
|
12
|
5
|
16
|
Liviya cho’llari
|
12
|
21
|
20
|
5
|
42
|
O’rtacha iqlimli
|
|
|
|
|
|
zona:
|
|
|
|
|
|
Daniya
|
7
|
3
|
50
|
22
|
18
|
Kostroma viloyati
|
7
|
4
|
51
|
20
|
18
|
Polsha
|
8
|
4
|
54
|
15
|
19
|
Arktik zona:
|
|
|
|
|
|
Shpitsbergen
|
1
|
22
|
60
|
15
|
2
|
O ’simliklarning hayot shakllarini tasniflashda Raunkier usulidan tashqari ekologo-morfologik tasniflash ham hozirgi kunda keng tarqalgan. Ekologo-morfologik tasniflash mezonlari quyidagilar hisoblanadi:
Daraxtsimon o’simliklar; ular daraxtlar, butalar va butachalarga bo’linadi.
O’tsimon o’simliklar; ko’p yillik, ikki yillik,
Bir yillik o’tlarga ajraladi.
Chala daraxtsimon o’simliklar, ya’ni oraliq guruhni tashkil etib, bunga chala buta va chala butachalar kiradi.
Yuqoridagi mezonlarning keyingi bo’linishi o’simliklarning har xil belgilariga asoslangan. Masalan, novdaning o’sish xarakteriga va yo’nalishiga ko’ra (tik o’suvchi, yoyilib o’suvchi, o’rmalab o’suvchi, daraxtlar, butalar va o’t o’simliklar: daraxtsimon va o’tsimon lianalar), oziqlanish usuliga ko’ra (avtotrof, simbiotrof va chala parazit, parazit, hasharotxo’r o’simliklar, yer ostki organlariga qarab ildizpoyali, tugunakli, piyoz6boshli, kaudeksli, ko’p yillik o’t o’simliklar, butachalar kabilar). Hayvonot dunyosida hayot shakllarini tasniflashda tashqi muhitning umumiy xususiyatlaridan tashqari ayni shu muhitdagi harakatlanish imkoniyatlari hamda ozuqaning xarakteri muhim ahamiyatga ega. Rus ekologlaridan D.N.Kashkarov tasniflashga ko’ra hayvonlarning quyidagi hayot shakllarini ajratadi:
I.Sovuqqonli (poykiloterm) hayvonlar — yil bo’yi faol, qisman faolligini to’xtatadigan, yozgi uyquga ketadigan va qishki uyquni o’tkazadigan hayvonlar.
II.Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar—1) o’troq hayot kechiruvchilar: yil bo’yi faol, qisman faolligi to’xtaydigan, yozgi uyquga ketadigan, qishki uyquga ketadigan; 2) mavsumiy hayot kechiruvchilar: uya quruvchilar, qishlovchilar, yozgilar, ko’chib yuruvchilar.
Turli muhitlarda harakatlanish xususiyatlariga ko’ra quyidagicha hayot shakllari ajratiladi:
I. Suzuvchi hayvonlar: 1. Suvda yashovchilar: nektonlar, planktonlar, bentoslar; 2. Suvda va quruqlikda yashovchilar: sho’ng’ib yuruvchilar, sho’ng’imaydiganlar, faqat suvdan ozuqa topadiganlar.
II. Kovlovchilar: butunlay yer kovlovchilar (hayoti tuproq ostida o’tadiganlar), nisbatan yer kovlovchilar, (hayotida tuproq yuzasiga chiqadiganlar).
III. Quruqlikda yashovchi hayvonlar: 1) uya qurmaydiganlar: yuguruvchilar, sakrovchilar, o’rmalovchilar (sudraluvchilar); 2) uya quradiganlar: yuguruvchilar, sakrovchilar; 3) o’rmalovchilar (sudraluvchilar); 4) qoyalarda hayot kechiruvchi hayvonlar.
IV. Daraxtlarga tirmashib chiquvchilar: daraxtlar bilan chiqishmaydiganlar, faqat daraxtga tirmashib chiquvchilar.
V.Havo muhitidagi shakllar: havoda ozuqa topuvchilar, havoda kuzatib turib ozuqa topadiganlar.
Tuproqda yashovchi mayda hayvonlarning hayot shakllarini ajratishda tuproq qatlamining tabiiy-kimyoviy xususiyatlari katta rolь o’ynaydi. Chigirtkasimonlar orasida daraxt va butalarda yashovchi tamnobiontlar, o’t o’simliklar yarusida yashovchi xortobiontlar, tuproqdagi organik qoldiqlarda yashovchi gerpetobiontlar, tosh-shag’alli joylarda yashovchi petrobiontlar, ochiq joylarda yashovchi eremobiontlar, qumlarda yashovchi psammobiontlar kabi hayot shakllari ajratiladi:
Flora va fauna deganda - o’z areali va kelib chiqishi tarixiga ko’ra ma’lum hududda yashovchi o’zaro yaqin turlar turmlar va ommalarning yig’indisi tushuniladi.
Flora yoki fauna deganda shu ayni joyning yoki maydonning barcha kategoriyaga mansub o’simliklari yoki hayvonlarini o’z ichiga oladi. Flora yoki faunaning xarakterli xususiyaglari shu organizmlar yashayotgan aniq maydonning florasi yoki faunasi bo’lshpi mumkin. SHunday maydonlarni bir nechasi birlashib rayonni tashkil kilishi mumkin.
Rayonlarning bir nechasi birlashib okrug, flora okrugidan esa provintsiya vujudga keladi. Provintsiyalar birlashib oblastlarni, oblastlar o’z navbatida o’simlik va hayvonlarning xukmronligi hududlarini tashkil qiladi va ularning florasi xamda faunasi tushunchasi birmuncha umumiyrokdir. Ma’lum maydonning flora yoki faunasini o’rganishda, bu yerdagi organizmlarning barcha turlari va ularning o’zaro bir-biriga yakinilik darajasi, genetik bog’lanish va kelib chiqish tarixi ma’lumotlarini aniklash kerak bo’ladi, ya’ni anikroq qilib aytganda, shu maydonni inventarizatsiya kilinadi, yaьni ro’yxatga olinadi. Masalan, shu joydagi mikroorganizmlardan tortib toki sut emizuvchilargacha hisobga olinadi yoki o’simliklardan yashil evgelenadan tortib yopiq urug’li o’simliklargacha xisobga olinadi. Yer sharining qaysi bir nuqtasidagi flora va fauna aniqlanmasa shu joydagi muhit flora va faunaga juda kuchli ta’sir kursatadi va muxitning ta’sirida uzoq yillar mobaynida ekologik muxitning ta’sirida flora va faunaning o’ziga xos marfologik va anatomik shakliga ega bulgan tuzumlari yuzaga keladi.
Flora va fauna ma’lum bir hududda joylashgan o’simlik yoki hayvonlarning turlarini sistemasini, sonini, yoshini aniklashga o’aratilgan. Faqat bir narsani aniqlash kerakki , ma’lum hududning o’simliklar yoki hayvonlar guruxi bilan ularning florasi va faunasini fark kila bilish kerak.
Biz tundra florasi desa yoki cho’l hayvonlari deganda ko’zga yaqqol tashlanadigan o’simlik yoki hayvonlarni tushunib kolinadi. O’rmon florasida asosan shu o’rmonni xosil qiluvchi igna barglilar yoki keng bargli bir necha o’simliklar tushuniladi.
Flora va faunada eng kichik mikroskopik ko’rinishga ega bo’lgan resurslardan tortib, yukori sut emizuvchi hayvonlargacha, o’simliklarda esa yashil evgelenadan tortib, urug’li o’simliklar hammasi birgalikda tushuniladi. SHunga ko’ra xar bir joyning o’ziga xos florasi va faunasi bo’ladi. Masalan, katta hududga ega bo’lgan Afrika qit’asida o’simliklarning 500 turi mavjud bo’lsa, maydon jihatidan bunga bir necha yuz barobar kichik bo’lgan Filippin orollarida 200 oila va 8000 dan ortik o’simlik turi mavjud. Flora va faunaga boy degan tushuncha shu maydondagi o’simlik va hayvonlarning soni bilan emas, balki turlarning oz yoki ko’pligi bilan o’lchanadi. Masalan, juda katta maydonlarni egallagan o’rmonzorlarda asosan 1-2 tur o’simlik dominantlik kiladi, xolos. Boshka maydonlarda bunchalik o’simliklar bo’lmasa xam turlar soni juda ko’p bo’lishi mumikn. Masalan, o’tloqzorlar floraga o’rmonlarga nisbatan boyroq bo’ladi.
Flora va fauna shu (o’rganilayotgan) maydonda uchrashi va yashash xolatiga ko’ra bir necha gruppalarga bo’linadi:
Dostları ilə paylaş: |