Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Organizmlarning hayot shakllari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə34/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Organizmlarning hayot shakllari. O’simlik va hayvonlarning tashqi muhitning asosiy omillariga nisbatan morfologik moslanishlari va hayot kechirish tarzi organizmlarning hayot shakllari deyiladi. Organizmlarning uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida ular yashab turgan tashqi muhitga mos ravishda har xil morfologik va biologik moslanish xususiyatlari kelib chiqqan. Bu o’z navbatida organizmlarda ma’lum tashqi qiyofani vujudga keltirgan. O’simliklarning hayot shakli deyilganda (I.G.Serebryakov, 1962) ma’lum tashqi muhit sharoitida o’simliklar guruhlarining o’sish va rivojlanish natijasida kelib chiqadigan umumiy ko’rinishi (qiyofasi, gabitusi) tushuniladi. O’simliklarning hayot shakliga doir turli tasniflar va tarxlar mavjud bo’lib, bunday tasniflash Teofrast davridan boshlanadi. Daniyalik botanik K.Raunkier tomonidan taklif qilingan tasniflash o’simliklarning yangilanib turadigan organlarining, ayniqsa, kurtakning joylashishiga va ularning qishning noqulay sharoitida qishlashiga yoki qurg’oqchilikdan himoyalanishiga asoslanadi. Ana shu belgiga asosan Yer yuzidagi barcha gulli o’simliklarning hayot shakllari yetti turga bo’lib o’rganiladi:
1.Fanerofitlar (faneros— yaqqol ko’rinib turuvchi) daraxt va butalar hisoblanib, ularning qishlab yangilanuvchi kurtaklari Yer yuzidan ancha balandda joylashgan va qishda novdalari saqlanib qoladigan o’simliklar.
2.Xamefitlar (xame — past, yer bag’irlovchi) mayda butachalar, chala butachalar hisoblanib, ularning yangilanish kurtaklari Yer yuzasidan uncha baland emas, ammo tangachalar bilan qoplangan, qishda qor bilan qoplanadi, novdalari saqlanib qoladi.
3.Gemikriptofitlar (gemi — yarim, kriptos — yashirin) ko’p yillik o’tsimon o’simliklar hisoblanib, ularning yer ustki massasi qishda qurib ketadi, yangilanuvchi kurtaklari Yer sathi bilan barobar joylashgan hamda qurigan novdalar bilan himoyalangan bo’ladi.
4.Kriptofitlar ko’p yillik o’t o’simliklar hisoblanib, ularning yer ustki organlari qishda butunlay quriydi, yangilanuvchi kurtaklari esa yer osti organlari tugunaklar, ildizpoyalar va piyozboshlarda saqlanib qoladi.
5.Terofitlar bir yillik o’simliklar bo’lib, ularning yer ustki va yer ostki organlari qishda qurib qoladi, faqatgina urug’larigina qishlab chiqadi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin