Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Organizmdagi moslanishlarning nisbiyligi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə31/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Organizmdagi moslanishlarning nisbiyligi. Organizmlarning muhit sharoitiga moslanishi uzoq muddatli tarixiy jarayonda tabiiy tanlanish ta'siri tufayli paydo bo'lgan. Sliimga qaramay u mutlaq emas, nisbiydir. Chunki muhit, sharoiti, uning o'zgarishi tez, moslanishning paydo bo'lishi esa sekinlik bilan kechadi. Moslanishning nisbiy xarakterda ekanligini juda ko'p dalillar yordamida isbotlash mumkin. Avvalo, organizmda bir им thin saqlanish uchun paydo bo'lgan moslanishlar boshqa turdan himoyalanishda samara bermasligini qayd qilib o'tish кегак. Masalan, cho'l toshbaqalarining ustki, ostki kosalari ko'pchilik viriqich hayvonlardan himoya qilsa ham, burgut, boltayutar, sarisor kabi yirtqich qushlardan himoya qila olmaydi. Chunki ular toshbaqalarni osmondan qattiq yerga tashlab parchalab yeydilar. Slninga o'xshash tipratikanning «tikanli po'stini» ham uni hamma yirtqich hayvonlardan, xususan, tulkilardan himoya qila olmaydi. Ko'pchilik hayvonlar, odamlar uchun xavfli hisoblangan zaharli ilonlarni mangustlar, tipratikanlar, cho'chqalar yeyishi ma'lum. Ayniqsa,qovoqarini aksariyat ko'pchilik hasharotxo'r qushlar yemagan holda, ular Sirdaryo atrofida uchrovchi qarchig'aysimonlar oilasiga kuuvchi arixo'r qushning asosiy ozig'i hisoblanadi.
Bnndan tashqari bir xil sharoitda paydo bo'lgan organizmdagi moslanishlar ikkinchi xil sharoitda foydasiz, hatto ziyon bo'lishi iiuiinkin. Chunonchi, baliqlarning tuzilishi, funksiyasi suv muhiti foydali, quruqlikda bu moslanishlar ularni halok boiishiga olib keladi. Qaldirg'ochning uzun qanotlari, nimjon oyoqlari havo iqlimida nihoyatda foydali bo'lsada, yerdagi harakatlanishiga ko'pincha to'siq bo'ladi. Xuddi shuningdek tog' g'ozlari barmoqlanning orasidagi parda quruqlikda ular uchun ziyon hisoblanadi. Hayvonlardagi yashash uchun kurash tabiiy tanlanish ta'sirida shhakllangan instinktlar ba'zan maqsadga nomuvofiq bo'ladi. chunonchi, tungi kapalaklar oq gullardan nektar yig'ish instinktiga ega. Shu bilan tungi kapalaklar yorug' beruvchi lampaga yaqinlashib o'zlarini nobud qilishlarini har bir o'quvchi ko'rgan. Bularning hammasi organizmlardagi barcha moslanishlar mutlaq emas, nisbiy ekanligidan dalolat beradi

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin