Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə39/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Kosmopolit areallar. Kosmopolit areal deb quruqlikni katta qismini yoki dunyo okeaning katta qismini o’z ichiga oladigan arealga aytiladi. Kosmopolit arealga quruqlikni yoki okeanlarini uchdan bir yoki yarmini o’z ichiga oladigan turlar arealini kirgizish mumkin.
Kosmopolitik formalar orasida eng avvalo odamlar bilan birga tarqaladigan xayvonlar va o’simliklar ko’plikni tashkil qiladi. Bulardan tashqari odamlar bilan birga tarqaladigan xayvonlar uy sichqonni, kulrang kalamush, uy chivini, gang hamda o’simliklardan pastushaya sumka va dala yarutkasi o’simliklari ham kosmopolit arealga kiradi.
Kosmopolit organizimlarga chuchuk suvda yashaydigan rachok qisqichbaqa va suvda o’suvchi ko’l qamish, shakarqamish hamda redeskni kirgizish mumkin.
Dengiz xayvonlaridan kosmopolit arealga yirtqich kasatka kiti, kiradi. Quruqlik xayvonlarini tarqalish sharoiti ancha qiyinroq bo’lganligi uchun ularda kosmopolit arel juda kam. Kosmopolitlarga faqatgina sapsan lochini, qarzog’, repenisa shapalagi, uzun qanotli ko’rshapalak va poporotniklarni kirgizish mumkin.
Endemik areal. Endemik areal deb maydoni katta bo’lmagan joyni o’z ichiga oladigan oblastga aytiladi. Bunday areal ba’zan bir necha o’n kv.km maydonni egallaydi xalos. Masalan Gavayi orollarida arim vodiylar uchun endemik bo’lgan to’qumshulluk, Irlandiyani chuchuk suvli qo’llarida yashaydigan endemik ko’l to’qumshulligi, Madrid atrofidagi o’rmonlarda (Ispaniyada) yashaydigan pilla shapalagi, Yangi Zellandiyadagi qanotsiz pastushok qushi, Katta Kavkaz tog’ida esa endemik prometyev sichqoni yashaydi.
Endemik o’simliklardan Avstraliyada o’sadigan evkalipt, Janubiy Afrikada o’sadigan narsiss, xrustalli o’t, va veresklar, Seyshel orollarida o’sadigan endemik palma, Kustanay oblastida o’sadigan endemik qozoq qayini va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Endemiklar yoshiga qarab paleoendemik va neoendemik gruppaga bo’linadi. Paleoendemiklar turi endemik shaklda juda qadimdan buyon mavjud bo’lib, o’tmishda juda keng tarqalgan bo’lgan. Xozirgi vaqtda esa, ular juda siyraklashib, turlari kamayib qolgan. Ko’pincha ularning oilalari yoki avlodlari faqatgina bir turdan iborat bo’lib monoton oilalar yoki avlodlari deb ataladi. Neoendemiklar yaqinda paydo bo’lgan va o’zining avlodiga mansub bo’lgan boshqa turlaridan morfologik jixatdan kam farq qiladi. Ko’pincha yosh endemiklar tur shaklida emas,balki turkum shaklida kuzatiladi. Chunki ular yaqindagina paydo bo’lganligidan o’ziga yaqin bo’lgan turlar bilan bir joyda ammo ancha boshqacharoq sharoitda yashaydi.
Endemiz ayniqsa sharoiti atrof territoriyalarni sharoitidan keskin farq qiladigan oblastlarda kuchli rivojlangan. Shu sababdan endemiklar orollarda va tog’li mamlakatlarga juda ko’p. Qadimgi tog’lar va qadimgi orollarda endemiklari qadimgi endemiklardan iborat. Yangi paydo bo’lgan orollar va tog’larni endememiklari esa,yosh endemiklardan iborat. Janubiy Qrim stankeyevich qorag’ayi va krыm kaltakesagi misol bo’laoladi. Qrim endemiklarini yoshligi uni yaqin vaqtda boshqa quruqliklardan ya’ni Kavkazdan ajralib qolganligidan darak beradi.
Yangi endemiklar radiaktiv aktifligi baland bo’lgan yotqiziqlar bor joyda ko’proq joylashgan degan ma’lumotlar bor (Voronov A.G.). Extimol bunday joylarda radiaktiv moddalarning ta’sirida tur xosil bo’lish prosessi ancha intinsivdir.
Endemiklar to’g’risida va xususan paleoendemiklar gurupasi to’g’risida keltirilgan ma’lumot "Villis qonuni" degan qonuniyatni inkor qiladi. Villis I.K. areal bu vaqt funksiyasi va areal qancha qadimiy bo’lsa u shuncha katta bo’ladi deb xisoblar endi. Bunday bo’lishi mumkin emas. Chunki noqulay. Sharoit ta’sirida doimo o’simlik va xayvonot dunyosining areali qisqarib boradi. Shunday qilib areallar kattaligi va konfigurasiyasi jixatdan xilma- xildir. Shuning uchun, biron-bir oblasni florisi va faunasini yanada qilishda faqatgina turlarini ro’yxatini tuzish va ularning miqdoriy nisbatining ifodalash bilan chetlatish mumkin emas. O’sha joyda yashaydigan turlar o’rtasida fauna va florani geografik elemetlarini ajratish lozim. Flora va faunaning bitta geografik elementiga areallari o’xshash bo’lgan turlar kiradi. Masalan arkto-alpik turlar bir elementni, boreal- yevraziyadagii (Yevrosiyoni shimoliy tayga qismida kuzatiladigan) turlar ikkinchi elementni, Markaziy Osiyodagi turlar uchinchi elementni, kosmopolitik turlar to’rtinchi elementni tashkil qiladi va xokazo. U yoki bu territoriyani fauna va filorasidan tarkib topgan elementlarni bilish, turli xil elementga kiradigan turlar o’rtasidagi nisbatni bilish u yoki bu elementlarni roliga to’g’riroq baxo berish va o’sha fauna yoki filorani kelib chiqishini yaxshiroq izoxlashga imkon beradi. Relikt organizimlar (fauna va floralar) areali. Xozirgi geografik sharoitga xos bo’lmagan turlar reliktlar deb ataladi. Tur o’z arealining hamma joyida relikt bo’lishi mumkin. Bu xolatdan bunday tur endemik ham bo’lishi mumkin. Ammo boshqa xolatda tur o’z arealining ko’p qismlarida relikt xisoblanmaydi, ammo asosiy arealdan uzilgan ba’zi bir uchaskalarda rechikt xisoblanadi.
Masalan sfagnali moxlar (sfagnoviye moxi ) o’rtacha poyasning o’rmonlari oblastida relikt xisoblanmaydi ammo sfagn moxlarini o’z arealidan uzilgan xolda.
Dasht zonasida joylashganlari relikt xisoblanadi. Chalasaxro va saxrolarda tushganchik - yemuranchikni (qo’yonlarni bir turi) yaxlit areali realikt xisoblanmaydi, ammo Dneprni qo’yi qismidagi Alesh qumlarida bu tushkanchiklarni joylanishi relekt xisoblanadi.
Reliktlar turli xil sabablar bilan xosil bo’ladi va kelib chiqish jixatdan uch xilga: goyemorfologik, formasion va iqlimiy reliklarga bo’linadi.
Geomoforologik rileklarga okean va quruqlikni xozirgisiga qaraganda boshqa xilda taqsimlanganligidan va relyefni boshqa xususiyatlariga ega ekanligidan dalolat beruvchi turlar kiradi. Bunday rilektlarga Baykal ko’lida yashaydigan o’simlik va xayvonlarni ko’p xili (ya’ni baykal tyuleni, baliqlari, gubkalar, rakshakllilar va suvo’tlar misol bo’ladi. Afrikadagi Tanganika ko’lida va Orol - Kaspiy o’lkasida ham geomorgolofiya rileklar bor.
Formasion rilektlar, qadimgi biosenozlarni qoldiqlari xisoblanadi. Bunday rilektga butun Tibetni sharqiy chekkasida, tog’li pixta o’rmonlari ostida, o’sadigan bambuklar misol bo’laoladi. Ular bu yerda o’tmishda subtropik va xatto tropik o’simliklar formasiyalari tarqalganligidan farq beradi.
Iqlimiy rilektlar, rilektlarini eng keng tarqalgan guruppasini tashkil qiladi. Ular boshqacha iqlim xususiyatlari sharoitida yashangan organizimlarni qoldiqlaridir. Iqlimiy rlektlarni yoshi xar xil bo’ladi. Masalan mezazoy yoshidagi reliktlarga latimeriya balig’i, Yangi Zelandiyada yashaydigan sudraluvchi gatteriya, ochiq urug’li ginko o’simligi misol bo’la oladi. Areal doirasida turlarni notekis tarqalganligi ba’zi bir xasharotlarni zarar yetkazish darajasini aniqlash uchun foydalaniladi.
Quruqlik faunasi va florasini kelib chiqish nazariyasi. Turlar ko’pligi markazi va xilma- xilligi markazi, turning xosil bo’lishi markazi.
Areal doirasining hamma joyida xayot uchun sharoit bir xil bo’lmaganligidan, arealni chekkalarida turlarni zichligi uning markazi nisbattan kichikroqdir. Shunday qilib areal doirasida turlar ko’pligi markazi ajratish mumkin. Ko’plik markazi deb, arealni xozirgi vaqtda turlar miqdori ko’p bo’lgan qismiga aytiladi.
Ko’plik markazidan tashqari, arealda turlar formasini xilma-xillik markazi ham kuzatiladi. Turlar formalari xilma-xilligi markazida ma’lum turning xilma-xil shakllari ko’p miqdorda uchraydi. Yer sharida turlar zich joylashgan oblastlarda yangi turlar xosil bo’lishi prosessi intinsiv bo’ladi. Turlar siyrak joylashgan oblastlarda ega yangi turlarni xosil bo’lish prosessi sekin bo’ladi. Fransiyada turlar zichligi 0,018, Avstraliyada 0,004, Tayvantda 0,28, Kap yarim orolida (Afrikada) 12,5 tashkil qilgan. Umuman Yer sharida yashaydigan turlarni ko’pchilik qismini kelib chiqqan markazlarini ajratish mumkin. o’tmishda iqlim sharoiti keskin o’zgargan rayonlar, tog’ xosil bo’lish rayonlari va materikdan ajralgan bo’lgan orollarda o’tmish davrida turlarni xosil bo’lishi prosessi intensiv bo’lgan oblastlar bo’lib xisoblanadi va xozirgi vaqtda ham shundaydir.
Yer sharining turli oblastlarini xozirgi florisi va faunasini kelib chiqishi to’g’risida ko’p nazariyalar mavjud.
1. Eng birinchi nazariyalardan bir "Ko’priklar nazariyasi" xisoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari Ch.Layl (1822), E.Zyus, M.Menzbir va N.Kuznesovni fikricha kontinentlarni faunistik va floristik o’xshashligi, ularni o’tmishida bir-biri bilan "quruqlik ko’priklari" orqali aloqada bo’lganligidadir. Masalan Afrika, Madagaskar va Janubiy Osiyo o’simliklari va xayvonlarining o’xshashligi bu quruqliklarni o’tmishda (nam tiropik o’rmonlar bilan qoplangan) yaxlit Lemuri materigidan iborat bo’lganligi bilan bog’laydilar. Afrika va Janubiy Amerika flora va faunasini o’xshashligini Janibiy Atlantida materigini bo’lganligi bilan tushuntiradi.
2. Materik va okeanlarni doimiyligi nazariyasi (permakentlik nazariyasi). Bu nazariya tarafdorli Charlz Darvin va A.Uolles xisoblanadi. Bu nazariyaga ko’ra, xozirgi vaqtda okean bilan band bo’lgan territoriyalar kembriyadan oldingi davrda ham okean bo’lgan. Quruqliklar ham doim quruqlik bo’lgan, chunki quruqlikda chuqur dengiz yotqiziqlari kuzatilmaydi. Bu nazariya organizimlarni gografik tarqalishini hamma xususiyatlarining tushuntirolmaydi.
3. Pendulasiya yoki tebranish nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlari o’simlik va xayvonlar turini tarqalishini Yer qutblarini tebranishi va shu tufayli iqlim zonalarini joylashishini o’zgarishi bilan bog’laydi. Bu nazariyaga ko’ra tebranuvchi qutblarni farazli xarakatsiz o’qi Sumatra va Ekvador rayonida yer betiga chiqadi. Ana shu o’q atrofida qutblar tebranadi. Va bu ikki nuqta yerning yagona xarakatsiz nuqtalar xisoblanadi. Eng katta tebratish chizig’i esa Grinvichidan 100 sharqroqdan o’tadi. Qutblarni tebranishi bilan, tebranish davrasida joylashgan o’simlik va xayvonlar turlari shu davradan sharqqa va g’arbga chekinadi. Shuning uchun ko’p turlar va guruppalar yana shu o’qga nisbattan simmetrik tarqalgan. Masalan kedr avlodi sharqda uch turdan: atlas, livan va gimalay tubridan va Shimoliy Amerikada atlantik turidan iborat va xokazo ammo tebranish nazariyasi tarafdorlari qutblarni tubranish sabablarini tushuntira olmaydilar. Bunday tashqari ayrim biologik xodisalar ham-Voronovni fikriga ko’ra bu nazariyaga qarama-qarshidir.
4.Gorizotal dref nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlari daniyalik olim A.Vegener (1412) va Amerikalik Taylor (1910) xisoblanadi. Bularning nazariyasiga ko’ra kremniy (qumtuproq) va alyuminiydan (sial) iborat bo’lgan materik parchalari, yerning kremniy (qumtuproq) va magniydan (sima) iborat bo’lgan chuqurroq qatlami ustida, xuddi muz suv ustida suzib yurgandek yuradi. Paleozoy davrida dunyo okeani bilan o’ralgan davri yagona Pangeya quruqligini tashkil qilgan bu materiklar yerning aylanishi ta’sirida parchalanib ketgan. Yoriqliklar bilan parchalangan pangeyani qismlari g’arb va janubga tomon siljigan. Pangeya to trias davrigacha mavjud bo’lgan. Yura davriga kelib yoriqlar xosil bo’lgan va materiklar bir -biridan ajrala boshlangan (Yevropa va shimoliy Amerika o’rtasidagi, Antraktida va Janubiy Amerika o’rtasidagi aloqa to to’rtlamchi davrgacha, Avstraliya va Aktarktida, Avstraliya va Janubiy Amerika o’rtasidagi aloqa to uchlamchi davrgacha, Afrika va Janubiy Amerika o’rtasidagi aloqa eosen davrigacha mavjud bo’lgan.
Gorizontal deyf nazariyasi birqator biogegrafik faktorlarlarni ajoyib tushuntirib beradi. Ya’ni u daryo ugralarini Yevropa va Amerika xavzalaridan Sargass dengiziga migrasiyasini, Amerika kaktuslari oilalari vakillarini G’arbiy Afrika o’rmonlarida yashashi faktorlarini va boshqalarni tushuntirib beradi. Ammo xozirgi vaqtda bu nazariya geologlar tomonidan bir qator qarama-qarshilarga uchradi. Masalan geologlarni fikricha dengiz osti tog’larini cho’qqilari materiklarni xarakatiga to’siqlik qiladi va materik xyech qanday suzaolmaydi. Yagona Pangeya materigida yoriqlar xosil bo’lishiga sabab bo’lgan "Yerning kengayishi" degan nazariya esa xozircha kam asoslanilgan.
5. Fauna va floralarni qutbli (polyarniy) kelib chiqish nazariyasi (siqiltirilgan rilektlar nazariyasi). Bu nazariya uchun O.Geyer tomonidan Arktika qazilma florasini tekshirilishi asos bo’lib xizmat qiladi. Arktikada bir vaqtlar xozirgi vaqtda janubiy o’rtacha poyas va xatto subtropik poyas uchun xarakterli bo’lgan o’simliklar o’sganligi aniqlandi. Ayniqsa miosen davri florasi boy bo’lgan. Miosen yotqiziqlarida 128 tur daraxtli o’simliklar, shu jumladan 78 tur daraxt borligi aniqlanilgan. Masalan Shpisberganda buk, lipa, botqoq kiparasi, Grenlandiyada sekvoya, Islandiyada lola daraxti (tyupalnoyaderevo) kuzatilgan Bu ma’lumotlar miosen davrida Arktikada iqlim ancha issiqroq bo’lganligidan darak beradi. Grenlandiyada xozirgi vaqtda o’rtacha yillik temperatura -70, miosen davrida esa +90 bo’lgan.
E.Forbe olg’a surgan va Ch. Darvin rivojlantirgan fikrga ko’ra uchlamchi davrda boshlab flora va faunalar shunday almashingankim shimolda vujudga kelgan xar bir keyingi biota (biosenoz - o’simlik jamoasi) undan oldinroq ancha iliqroq iqlim sharoitida vujudga kelgan biotalarni janub tomonga siqib yuborgan. Progressiv bo’lgan savuqlanish flora va faunalari ham janubga tomon uzoqroq quvgan. Shuning uchun ulardan eng qadimiylari xozirgi vaqtda tiropik mamlakatlarda joylashgan bo’lib, qutib mamlakatlarga tomon yosh fauna va filoralor bilan amashinib boradi. Ammo o’tmish geglogik epoxalarda iqlimiy zonalarni mavjud bo’lganligi to’g’risida faktlarni borligi va subtropik kengliklarida bir-qator tur xosil bo’lish markazlarini aniqlanganligi bu nazariyaga to’liq qo’shilishga imkon bermaydi (Voronov 1963). Lekin bu nazariyada ancha issiqsevar o’simlik va xayvonlarni uchlamchi va to’rtlamchi davrda birin-ketinig janub tomonga siqilib borganligiga ishotiradigan rasional negiz bor. Unda qutboldi kengliklarida iqlim sharoitini o’zgarishi jaroyonida formalarni xosil bo’lganligini tushuntira oladigan ishonarli dalillar keltirilgan. Shunday qilib Yer sharida fauna va floralarni xozirgi xususiyatlarini to’liq aks etadigan nazariya xozircha yo’qdir.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin