Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə41/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Tayanch iboralar:Taksonomik birliklar, hukmronlik, oblast, okrug, tsenopopulyatsion maydon, golarktik, paleotropik, neotropik, Kap, Avstraliya, Golantarktik o’simliklar hukmronliklari, o’simliklarni geografik tarqalishi, Populyatsiya, etologiya, hayvonlarning hulqiy hatti-harakati, populyatsiya ko’rsatkichlari, populyatsiya dinamikasi, populyatsiya gemostazi, populyatsiya tuzilmasi, populyatsiya yosh va jinsiy tarkibi, populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi

Yer sharining barcha ekologik sharoitlarida o’simlik va hayvonlarning ma’lum turlari shu sharoitga moslashib qoladi. Natijada bir-biri bilan kelib chiqishi va genetik jihatlari yaqin bo’lgan bir qancha ekologik sharoitlar yonma-yon joylashgan bo’lishi mumkin. O’simlik va hayvonlar ekvatordan shimolga va janubga tomon bir-biridan keskin farq qiladi. Sababi quyoshning tik burchak asosida tushishi natijasida zonallik kelib chiqadi. G’arbdan-sharqqa tomon esa kuchli farq qilmaydi. Shunga ko’ra o’simlik va hayvonlarning tarqalishini o’rganishda taksonomik birliklardan foydalaniladi:


1. Hukmronlik. Hukmronlik eng katta taksonamik birlik bo’lib, o’simlik va hayvonlarning tarixan kelib chiqishi va genetik jihatdan bir-biriga bog’liq bo’lgan oila, sinf, tiplarning bir qancha gruppirovkasini o’z ichiga oladi. Lekin hukmronlik faqat hudud jihatidan katta maydonlargagina emas, u floristik va faunistik jihatdan juda boy va ularning boshqa joylarda takrorlanmasligi, ya’ni yaqqol ajralib turadigan kichik hududlarga ham bu kategoriyalar beriladi. Masalan: Kap hukmronligi juda kichik oblast bo’lsa ham flora va faunasi boshqa joyda uchramaydi. Shuning uchun alohida ajratilgan.
2. Flora va fauna oblasti - maydon jihatdan hukmronlikka nisbatan bir necha barobar kichik. Shu hukmronlikning ma’lum bir qismining, ya’ni o’ziga xosligi o’simlik va hayvonlarning shu hukmronlik ichida boshqa oblastlarga o’xshamasligi bilan ajralib turadi.
3. Provintsiyalar - Oblast maydonining bir necha provintsiyalarga bo’linishi. Bu provintsiyalar oblast ichidagi boshqa provintsiyalardan flora va faunasining o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.
4. Provintsiyalar - o’z navbatida bir necha okruglarga bo’linadi. Okruglar esa rayonlarga bo’linadi. Rayonlar esa tsenopopulyatsion maydonlarga bo’linadi, ya’ni aniq maydonlarga bo’linadi.
Hozirgi vaqtda yashab turgan o’simlik areallarini o’rganish va ularning bir-biriga solishtirish asosida hamda tarixiy kelib chiqishi paleantalogik metodlar bilan aniqlanib va genetik jihatdan bir-biriga bog’liqligini o’rgangan holda yer sharining barcha quruqlik qismi 6 ta o’simlik hukmronligiga va 34 ta floristik oblastlarga bo’lib o’rganiladi.
Floristik oblastlarga bo’lib o’rganish uchun juda ko’p olimlarning ishlari mavjud. Bo’lar ichida dunyo bo’yicha tan olingani A.L.Taxtadjanning ishi tan olingan. Yer yuzi quyidagi floristik hukmronliklarga bo’linadi:
1. Gollartik o’simliklar hukmronligi - bu hukmronlik o’z navbatida 9 ta floristik oblastlarga bo’linadi.
2. Paleotropik o’simliklar hukmronligi - 12 ta oblastga bo’linadi.
3. Neotropik o’simliklar hukmronligi - 5 ta oblastga bo’linadi.
4. Kap o’simliklar hukmronligi oblastlarga bo’linmaydi.
5. Avstraliya o’simliklar hukmronligi - 3 ta oblastga bo’linadi.
6. Golantarktik o’simliklar hukmronligi - 4 ta oblastga bo’linadi.
1. Golarktik o’simliklar hukmronligi - barcha floristik oblastlar bir-biridan yoshiga va tarixiy taraqqiyotiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Bir floristik oblastdagi o’simlik turlari 3-lamchi davrlardan boshlab ko’p o’zgarishga uchramagan, relekt turlarga boy bo’lsa, 2 oblast esa muzlik ta’sirida o’zgargan. Rel’ekt turlar kamaygan. Golarktik o’simlik hukmronligi qolgan hukmronliklarni ichida eng katta maydonni o’z ichiga oladi, ya’ni yer shari quruqligining deyarli yarmi shu hukmronlikka to’g’ri keladi. Buning hududida bir necha yuzlab endem tur va avlodlar bo’lib, jumladan 30 dan ortiq oila endem hisoblanadi. U quyidagi oblastlarga bo’linadi:
1. Sirkumborial oblasti - eng katta floristik oblast bo’lib, MDH hududining asosiy qismi, Yevropa, Shimoliy Amerika shy oblast hududiga kiradi. Bu oblast katta bo’lishiga qaramay unda endemik oilalar yo’q. Lekin Alp va Kavkaz, Karpat tog’lari, Kanada hududlarida ko’p endemik tur va avlodlarga ega. Bu oblastning maydonlari turli qit’ada joylashgan bo’lsa ham, ularda tarqalgan o’simliklar kelib chikish jihatlaridan bir-biriga yaqin va landshaft ko’rinishi ham monotom. o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri yer yuzida o’simliklar qomlamining yuqori darajadaligi bilan birinchi o’rinda turadi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin