K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə27/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
УМК 2023 (2)

4. Ko‘p xivchinlilar (Polymastigina) turkumi. Ko'p xivchinlilarga ancha murakkab tuzilgan parazit xivchinlilar kiradi. Xivchinlar soni to'rtta yoki undan ko'proq bo'ladi. Odam va umurtqali hayvonlarning ichagida juda ko ‘p xivchinlilar parazitlik qiladi. Ichakda yashaydigan trixomonas (Trishomonas) ning butun tana bo'ylab o'tuvchi ichki tayanch o'q skeleti-aksostili va to'lqinlanuvchi pardasi bo'ladi. Xuddi shunday o'q skelet lambliya (Lamblia) urug'iga mansub bo'lgan xivchinlilarda ham uchraydi.
Yo'g'on va ingichka ichakda parazitlik qiladigan trixomonas (Trichomonas hominis) ning uzunligi 7-10 mkm bo'lib, tanasining oldingi tomonida to'rtta xivchini joylashgan. Beshinchi xivchini orqa tomonga egilib, tana pellikulasi bilan birga yupqa to'lqinlanuvchi pardani hosil qiladi. Odamning tanosil-siydik yo'llarida T.vaginalis parazitlik qiladi.
О 'n ikki barmoqli va ingichka ichakda, o't yo'llarda uchraydigan lambliya (Lamblia intestinalis) tanasi ikki tomonlarna simmetriyali bo'lib, ikkitadan yadrosi va aksostilga o'xshash tayanch fibrillar apparati, 8 ta xivchinlari bor. Qorin tomonida ichakka yopishish uchun so‘rg'ichi rivojlangan. Ular sista orqali tarqaladi. To‘g‘ri ichakka tushgan lambliyalar xivchinini yo‘qotadi va qalin po'stga o‘ralib, sista hosil qiladi. Lambliya ichakda juda ko‘plab ko‘payganida ichakning normal faoliyati buzilishiga, ba’zan 4 pufagining yallig ‘lanishi (xoletsistit) ga sabab bo‘lishi mumkin.
Gipermastiginalar (Hypermastigina) turkumi vakillari termitlar va suvaraklarning ichagida simbioz yashaydi. Ular ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, xivchinlari va ko'pincha yadrolari ham ko‘p bo‘ladi. Tanasida aksostil, murakkab parabazal apparatlari hamda yadro bilan bog‘liq maxsus tayanch apparati rivojlanadi. Gipermastiginalar qiyin hazm bo'ladigan kletchatkani termitlarning hazm qilishiga yordam beradi.
Opalinalar (Opalina) turkumiga yirik ko‘p yadroli ko‘p xivchinli parazit hayvonlar kiradi. Ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar ichagining keyingi qismida yashaydi. Opalinalarning og'izchasi bo‘lmaydi, shuning uchun oziqni tana yuzasi orqali shimib, saprofit oziqlanadi. Opalinalar tanasi infuzoriyalarning kipriklariga o'xshab bir tekis joylashgan juda ko'p xivchinlar bilan qoplangan. Shu sababli ular uzoq vaqt mobaynida infuzoriyalar tarkibida o'rganib kelingan. Lekin opalinalarda ixtisoslashgan yadro bo‘lmasligi, jinsiy ko'payishi esa gametalarning kopulyatsiyasi -juftlashish orqali sodir bo‘lishi sababli xivchinlilarga yaqin turadi. Opalinalarning hayot sikli xo'jayini hayoti bilan bevosita bog’langan. Ular yil davomida faqat bir marta jinsiy ko'payadi. Bahorda baqalar tuxum qo'yishi davrida opalinalarning sistalari baqa ichagidan suvga tushadi. Sistalarni itbaliqlar yutganida ularning ichagida sistalardan chiqqan opalinalar bir necha marta bo ‘linishdan keyin bir yadroli jinsiy hujayralar - gametalarga aylanadi. Gametalar qo‘shilishidan keyin hosil bo'lgan zigotadan ichakda ko‘p yadroli opalina yetishib chiqadi. Shundan keyin ular bo’linish yo’li bilan jinssiz ko‘payishga kirishadi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin