K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə28/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
УМК 2023 (2)

Nazorat uchun savollar
1.Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellata) tuzilishi qanday?
2. Ildiz xivchinlilar (Rhizomastigina) tuzilishi qanday?
3. Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) tuzilishi qanday?


9-ma’ruza. Sporalilar tipining umumiy tavsifi: Gregarinalar (Gregarinina) sinfi


Reja:

  1. Sporalilar tipining umumiy tavsifi.

  2. Gregarinalar (Gregarinina) sinfi.

Sporalilar - turli hayvonlar va odam organizmida parazitlik qiluvchi bir hujayrali organizmlar. Parazit hayot kechirish ta’sirida ularning tana tuzilishi ham birmuncha soddalashadi. Ularning harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat hazm qilish vakuollari rivojlanmagan. Lekin hayot sikli ancha murakkab bo’lib, jinssiz, jinsiy va sporogoniya jarayonlari almashinib turadi. Jinssiz ko‘payishi hujayraning ko‘p marta boiinishi (shizogoniya) dan iborat. Jinsiy ko'payish ko'pchilik sporalilarda ikki xil tipdagi gametalar (anizogametalar) ning kopulyatsiyasidan iborat. Faqat gregarinalar bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) hosil qiladi. Zigotasi odatda qalin po'st bilan o'ralgan bo'lib, oosista deyiladi. Oosista ichida sporogoniya natijasida sporozoitlar hosil bo'ladi. Birqancha sporalilarda sporozoitlar ham qattiq qobiq hosil qiladi. Sporozoidar hosil bo'lishi bilan parazitning rivojlanish sikli tugallanadi. Sporalilar zigotasining dastlabki bo’linishi meyoz yo'li bilan boradi. Bu jihatdan ular foraminiferalar va barcha xivchinlilar singari zigota davrida reduksiyaga uchragan gaploid xromosomali organizmlar hisoblanadi.


Bu tipga 4000 dan ortiq parazit turlar kiradi. Tip gregarinalar va koksidiyalar
sinflariga ajratiladi.
GREGARINALAR (GREGARININA) SINFI: Gregarinalar 500-1000 tumi o'z ichiga oladi. Hamma gregarinalar umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Asosiy ko'pchilik turlari bo'g'imoyoqlilar, asosan hasharotlarning ichagida yashaydi. Ayrim vakillari halqali chuvalchanglar, ignaterililar va qobiqlilarda ham uchraydi. Gregarinalarni hayvonlarning tana bo'shlig'i, jinsiy organlari va boshqa organlarida
uchratish mumkin. Gregarinalarning jinsiy ko'payishi o'ziga xos bo'lib, boshqa sporalilardan keskin farq qiladi. Ular orasida bo'g'imoyoqlilarning ichagida yashovchi haqiqiy gregarinalar (Eugregarinida) turkumi vakillari eng murakkab tuzilgan.
Tuzilishi. Gregarinalar xilma-xil shaklda, kattaligi 10 mkm dan 16 mm gacha bo'ladi. Tana shakli va kattaligi ularning qaysi organda parazitlik qilishiga ko'p jihatdan bog'liq. Ichakda yashovchi gregarinalar ancha yirik (16 mm gacha) duksimon; tana bo‘shlig'idan olingan vakillari esa yumaloq shaklda bo‘ladi. Ancha murakkab tuzilgan gregarinalarning tanasida yadrosi joylashgan eng yirik oxirgi bo'limi deytomeritdan va undan oldingi bo'limi protomerit deyiladi. Protomeritda yopishuv organi epimerit joylashgan. Epimerit og'izcha vazifasini ham bajaradi. Deytomerit va protomerit bo'limlari bir-biridan tiniq sitoplazma qatlarni bilan ajralib turadi. Bu qatlam ektoplazmadan hosil bo'ladi. Gregarinalarning epimeriti ichak devoriga yopishib turish uchun xizmat qilgani sababli turli shaklga ega bo'ladi.
Gregarinalarning tanasi tashqi tomondan mustahkam pellikula qobiq bilan qoplangan. Sitoplazmasi juda aniq chegara bilan tiniq ektoplazma va biroz qoramtir-qo'ng 'ir endoplazmaga ajralib turadi. Endoplazmada granula shaklidagi juda ko'p zapas glikogen zarrachalari bo'ladi. Glikogen moddalar almashinuvi jarayonida ko'p sarf bo 'ladi. Ektoplazmada ko 'pincha tana bo'ylab va halqa shaklda muskul tolalari joylashgan. Bu muskullarning qisqarishi natijasida gregarinalar tanasini qisqartirishi yoki cho'zishi mumkin. Gregarinalarning harakatlanish organoidlari bo'lmaydi. Pellikulasida tana bo'ylab joylashgan maxsus bo'rtmalarning to'lqinsimon harakadanishi natijasida acta-sekin sirpanadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin