Kurs ishi mavzu Fotosintez jarayonining ahamiyati va uni tarixi-fayllar.org
FOTOSINTEZNING KUNLIK VA MAVSUMIY JADALLIGI. YUqorida ko‘rib o‘tilgan tashqi sharoit omillari fotosintezga birgalikda kompleks holatda ta’sir etadi. Ayniqsa, yorug‘lik, harorat va suv miqdori kuchli ta’sir etib, ularning kun davomida o‘zgarishi natijasida fotosintezning kunlik jadalligi tavsiflanadi . Yertalab quyoshning chiqa boshlashidan fotosintez ham boshlanadi. Kunning o‘rta qismigacha fotosintez jadalligi ortib boradi. CHunki yorug‘likning va xharoratning ortib borishi bunga sabab bo‘ladi. Eng yuqori fotosintez kunning o‘rta qismida (soat 12-I4 larda) sodir bo‘ladi. Kechga tomon yana fotosintez jadalligi pasayib boradi, bu ham yorug‘likning va haroratning o‘zgarishi asosida sodir bo‘ladi. Fotosintezning bu turi bir cho‘qqili (yoki bir maksimumli) deyiladi. Bir cho‘qqili fotosintez ko‘p o‘simliklarda va ayniqsa, o‘rta iqlim sharoitlarida sodir bo‘ladi.
Fotosintezning ikkinchi turi ikki cho‘qqili (maksimumli) deyiladi. Fotosintezniig bu turi juda issiq sharoitda yashaydigan o‘simliklarda sodir bo‘ladi. Masalan, buni O‘zbekiston sharoitida yoz kunlarida kuzatish mumkin . Yertalab yorug‘likning boshlanishi bilan fotosintez jarayoni ham boshlanib, soat 10-11 larda eng yuqori jadallikka erishadi. CHunki bu vaqtlarda o‘simliklar eng qulay yorug‘lik, harorat va suv bilan ta’minlangan bo‘lib, og‘izchalar ochiq va CO2 ning yutilishi ham jadallashgan bo‘ladi. Kunning o‘rta qismlarida (ayniqsa, soat 13-14 larda) fotosintez sekinlashgan yoki to‘xtagan bo‘lishi mumkin. CHunki kunning o‘rta qismiga yaqinlashganda harorat maksimalga yaqinlashgan yoki undan oshgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari suvning kam bo‘lishi sababli (kamchilligining ko‘tarilishi) og‘izchalarning yopilishi va CO2 ning yutilishi kamayadi. Bunday kunning o‘rta qismida fotosintezning sekinlashishi yoki to‘xtab qolishiga fotosintez depresiyasi deyiladi. Kunniig ikkinchi yarmida fotosintez yana jadallashib, yuqori nuqtaga ko‘tarila boshlaydi va kechga tomon yana pasaya boradi. O‘simliklarning ontogenezida ham fotosintez jadalligi o‘zgaradi. Ko‘pchilik o‘simliklarda fotosintez jadalligi o‘sishning boshlanishidan to shonalash-gullash fazasigicha ortib boradi va maksimal darajaga erishadi. Keyinchalik esa asta-sekin pasaya boradi. Bu asosan o‘simliklarning modda almashinuvi jarayonining faolligi natijasidir.
Vegetatsiya davri qisqa bo‘lgan efemer o‘simliklari fotosintez jadalliginiig maksimal darajasi mart oyining oxiri — aprel oyining boshlariga, yani meva tugishning boshlanish davriga to‘g‘ri keladi. Butasimon va daraxtsimon ko‘p yillik o‘simliklarning boshlanishidan oldin sodir bo‘ladi. Kuzga tomon fotosintez jadalligi pasaya boradi.