Aqliy rivojlanish, piedmetli faoliyat ilk bolalik da>rida etakchi
faoliyat sifatida
llk bolalik davridan boshlab bola uni o‘rab turgan predmetlaming xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog‘liqliklami anglashga harakat qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi ko‘rinishlarini tashkil etadi. 1 yoshli bola predmetlami izchil, tizimli ravishda ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko‘zga tashlanib turadigan belgisiga o‘z e'tiborini qaratadi va predmetlami shu belgilariga ko‘ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z bilan chamalab, harakat qilishiga o‘tishda namoyon bo‘ladi, endi u predmetning bo‘laklarini ushlab ko‘rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 yoshli bola kattalarning ko‘rsatgan namunasi, rangi, shakli va keittaligiga ko‘ra, aynan shunday predmetlami chamalab. idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar awal shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bo‘lgan juda ko‘p predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlash davrida predmetlaming rangini e’tiborga olmaydi va o‘ziga yoqadigan ranglardfin foydalanadi. Tadqiqotlaming ko‘rsatishicha 2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil rangni (qizil, olov rang, sariq, yashil, ko k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllaming maqsadga muvofiq ishlatilishi j ihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon boTishi sababli, bu yoshdagi bolalar ulami
idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va o‘z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalaming bu yoshdagi bolalardan rang va shakllami eslab qolishlarini talab etishlari noto‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4-5 yoshlar hisoblanadi.
Bola 3 yoshigactia o‘zlashtirgan so‘zlar asosan predmet va harakatlaming nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki harakalning tashqi ko‘rinishi o‘zgarsa ham uning nomi o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlaming nomlarini ishlatilishini vazifalariga bog‘lagan holda tez o‘zlashtiradi. Idrok c»‘ssa, xotira takomillashadi. Xotira bolaning taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir.
Ilk yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan boisa hara, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalgiydi. Diqqatning ko‘p chrilgishi bu yoshdagi bolalar diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda tashqaridan boiadigan yangi o‘zgaruvchilarga muhtoj boiib turadi. /unmo ob’ektga boigan qiziqish qancha aniq va ravshan boisa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror boiadi. Ixtiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlaming boyib borishiga bogiiqdir. Bu yosbdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga kela boshlagan boiadi.
Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi pred- metlaming ta’sirida tug‘iladi va maium maqsadga bo‘ysunadi. Bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib boigandan keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni ko‘rib qolsa, diqqatini qoiidagi qo‘g‘irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajriba ortib borishi bilan xayol ham boyib boradi. Kichkina bolalarda xayol ancha rivojlangan boiadi. Lekin bola xayoldagi obraz bilan borliqdagi idrok qilayotgan narsa va predmetlami aralashtirib yuboradi. Shu sababli bola xayoliga ta’sir etuvchi vositalar ichida eitaklar muhim o‘rin egallaydi.
Ilk bolalik yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan qilinadigan harakatlarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. Bu yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur xususiyatlari o‘z hayotining biiinchi yilida sodda assotsiatsiya, ya’ni h;ir xil tasawurlami bir-biri bilan bog‘lash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Masalan, u sutli shishani ko‘rishi bilan xursand bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bolaning assotsiatsiyasi murakkablashib boraveradi. Bola bir yoshga to‘lay deganda, onasining ko‘chaga kiyadigan kiyimini olib
-68-
kelayotganini ko‘rib, xursand bo‘ladi. \rrachning tekshirishidan yomon ta’sirlangan bolalar xalatli odamlardan qo‘rqa boshlaydilar.
Bola o‘z hayotining ikkinchi yilida fazo munosabatlarini aniqlay boshlaydi, xonaning ichidagi predmetlar orasida o‘zini to‘g‘ri tutish malakasini egallab boradi.
Bolaning yoshi ulg'ayishi bilan unda tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish ortadi. Kichkintoydagi sinchkovlik va har narsaga qiziquvchanlik uning kelgusi hayotida juda muhim rol o‘ynaydi. Bola hamma narsani o‘zi ko‘rishni va eshitishni istaydi. Lekin bolaning hayoti va rivojlanishi uctiun ko‘rish va eshitish sezgilari asosida vujudga keladigan taassurotlargina emas, balki hid va muskul-harakat sezgilari orqali oladigan taassurotlar ham juda muhimdir.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Bimi bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan so‘ng, uni sinchiklab o‘rganishida ko‘rishimiz mumkin. Ulaming tafakkurlari, asosan, ko‘rgai:mali-harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli bog‘liqliklami o‘rganishga xizmat qiladi. 0‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron-bir uzuriroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko‘rgan bola, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o‘rin tutadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qo‘l soatini yoki devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bo‘lganligi bois, ularda umumiylikni topish bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash 2-3 yoshli bolalar ma’lum bir predmetlaming o‘miga ulaming o‘mini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o‘yin jarayonida bola cho‘pni qoshiq yoki termometr o‘mida, yog‘ochdan yasalgan krovat yoki mashina o‘mida foydalanishi mumkin.
Bola ikki yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, uchinchi yoshida esa ba’zi tanish harakatlardan konkret masalakumi hal qilishdi mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu yoshdagi bola vazadagi tugmachani qo‘li bilan solilj, ololmasa, u vazachani to‘ntarib olaveradi. Tafakkuming bu boshlang‘ich shaklini ba’zan «qo‘l tafakkuri» ham deyiladi. Tafakkuming bu shakli bola aqliy tarqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir.
Dostları ilə paylaş: |