Nutq va uni o ‘stirish
tushunchasi
Nutq — kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi,
gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar, o'z
fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish
vazifasini
bajaradi.
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vosi
talaridan biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda
muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.
Nutq o'stirish nima? Agar o'quvchi va uning tildan bajargan
ishlari ko'zda tutilsa, nutq o'stirish
deganda tilni har tomonlama
(talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishini, bog'lanishli nutqni) faol amaliy
o'zlashtirish tushuniladi. Agar o'qituvchi ko'zda tutilsa, nutq o'stirish
deganda, o'quvchilaming
tilning talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishi
va bog'lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va
usullami qo'llash tushuniladi22. Shuning
uchun ham grammatika va
imlo dasturi tovushlar va harflar, so'z, gap, bog'lanishli nutq kabi
qismlarni o'z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo'limlari
Dostları ilə paylaş: