tuzish topshiriladi. Ular tuzgan gap o'qituvchi rahbarligida tahlil
qilinadi
'(Men kitobni o ‘qiciim).
O'quvchilar
men
I shaxs birlikdagi
kishilik olmoshi ekanini aytadilar;
o ‘qidim
fe’lini so'z tarkibiga ko‘ra
tahlil qilib,
o ‘qi —
o‘zak,
-di —
o'tgan zamon qo'shimchasi,
-m
ham
qo'shimcha ekanini aniqlaydilar. O'qituvchi quyidagi mazmunda
tushuntiradi: ish-harakat so'zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs),
o'zga (III shaxs) tomonidan bajarilishi mumkin; ikkinchidan, ish-
harakat yakka (bir) yoki bir necha shaxs tomonidan bajarilishi ham
mumkin. Fe’llarga qo'shilib, ish-harakatni bajargan shaxsni va sonni
(ko'plik va birlikni) ham bildiradigan qo'shimchalar bor. Masalan,
o'qidim
fe’lidagi
-m
qo'shimchasi shunday ma’noni bildiradi, u shaxs-
son qo'shimchasidir. Chunki
-m
o'qish harakatini bajargan shaxsni
(I shaxsni) va sonini (bir kishi bajarganini) bildiryapti, ya’ni ham
shaxsni, ham sonni ifodalayapti. O'qituvchi (xattaxtaga yozilgan gap
larni ko'rsatib) „Nuqtalar o'rniga gapning mazmuniga mos bo'lgan
fe’llaming shaxs-son qo'shimchasini topib qo'yib, gaplarni o'qish"
vazifasini beradi. Mashq o'qituvchi rahbarligida birgalikda bajariladi.
Suhbat asosida xulosa chiqariladi: Fe’llar shaxs-son qo'shimchalari
bilan o'zgaradi. Shaxs-son qo'shimchalari zamon qo'shimchalaridan
keyin qo'shiladi.
Fe’llarda shaxs-son haqidagi ko'ntkmani shakllantirish uchun
mazmunga mos shaxs-son qo'shimchalarini qo'yish, berilgan fe’llarni
hozirgi, o'tgan, kelasi zamonda shaxs-son qo'shimchasi bilan tuslash,
fe’llarni so'z turkumi jihatdan tahlil qilish mashqlaridan foydalaniladi.
Bu sinfda fe’llaming yozilishi haqida ham ko'nikma hosil qilinadi.
Mavzuni tushuntirish uchun fe’llar ko'proq bo'lgan matn tanlanib,
matnni o'qish, so'roq berib fe’llarni topish va qanday yozilganini aytish
topshiriladi. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida vazifani bajaradilar.
Dostları ilə paylaş: