K arim a q osim ova



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/286
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#207815
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   286
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)

kim?, kimlar?, nima?, nimalar?
so'roqlariga javob bo'lishi, gapda ega vazifasida kelishi haqida 
o'quvchilarda ko'nikma hosil qilinadi; lug'atlarda otlar bosh kelishik 
shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi, ba’zan egalik qo'shimchasi 
olib qo'llanishi bilan tanishtiriladi.
O'quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda qiyna- 
ladilar, bir qo'shimcha o'rniga ikkinchisini ishlatadilar. Bu keli­
shiklaming xususiyatlarini o'rganishda bunday qiyinchilikning oldini 
olish va o'quvchilarda kelishiklardan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini 
hosil qilish maqsadi ko'zda tutiladi. Bu maqsadga erishish uchun bu 
ikki kelishikning ma’nosi, so'roqlari, qo'shimchasi va gapdagi vazifasi 
taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi.
Qaratqich kelishigida turlangan ot: 1) qarashlilik ma’nosini bildirib, 
gapda boshqa otga bog'lanadi, u bog'langan ot egalik qo'shimchasi 
bilan qo'llanadi 
(o'quvchining daftari, gulning bargi
kabi); 2) 
kim(lar)
ning?, nima(lar)ning?,
ba’zan 
qayerning?
so'roqlariga javob bo'ladi; 3) 
-ning
qo'shimchasi bilan qo'llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo'lak 
vazifasida keladi.
Tushum kelishigida turlangan ot: 1) harakatni o'ziga olgan shaxs, 
narsa ma’nosini bildiradi, gapda doim fe’lga bog'lanadi 
(vazifani ba-
jardim, kitobni o'qidi
kabi); 2) 
kim(lar)ni?, nima(lar)ni?
ba’zan 
qayemi?
so'roqlariga javob bo'ladi; 3) 
-ni qo
fchimchasi bilan qo'llanadi; 4) gapda 
ikkinchi darajali bo'lak vazifasini bajaradi.
O'quvchilaming bu ikki kelishik qo'shimchasidan nutqda to'g'ri 
foydalanish va ulami to'g'ri yozish haqidagi bilimini takomillash­
tirish uchun gapda otning qaysi so'z bilan bog'langanini aniqlash, 
so'roqlar o'rniga gapning mazmuniga mos so'zni kelishik bilan turlab 
qo'yish, tushirib qoldirilgan kelishik qo'shimchalaridan mosini qo'yib 
ko'chirish, tanlab ko'chirish mashqlaridan, saylanma va eslatish dik- 
tantlaridan ko'proq foydalaniladi.
Boshlangich sinflar dasturiga ko'ra, o'quvchilarni qaratqich va 
tushum kelishigida otning belgisiz qo'llanishi bilan tanishtirish tavsiya 
etilmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘quvchilar jo'nalish kelishigining xususiyatlari bilan tanish- 
tirilgach, jo'nalish kelishigi qo'shimchasining yozilishi tushuntiriladi:
a) oxiri jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so'zlarga jo'nalish ke­
lishigi qo'shimchasi 
-ga
qo'shilganda talaffuzda 
-ka
eshitilishi, ammo 
aslicha yozilishi 
sinfga, ishga, Shavkatga
kabi so'zlarni tovush-harf 
tomonidan tahlil qilish bilan tushuntiriladi; b) o'quvchilar 
„Mehnat
yetkazar har tilakka“
kabi gapni o'qib, 
tilak
so'zining o'zgarishini 
kuzatadilar; gapdagi 
tilakka
bog'langan so'zni topadilar va shu so'zdan 
otga so'roq beradilar 
(yetkazar
(nimaga?) 
tilakka);
bu jo'nalish ke­
lishigining so'rog'i ekanini aytadilar; 
tilakka
so'zi so'z tarkibiga ko'ra 
tahlil qilinadi va 
tilak
— o'zak, 
-ka
qo'shimcha ekani aniqlanadi; so'ng 
u tovush-harf jihatidan tahlil qilinib, o'zakning oxiri 
-k
undoshi bilan 
tugagani, qo'shimcha ham 
к
undoshi bilan boshlanishi aniqlanadi. 
Suhbat usuli bilan xulosa chiqariladi: jo'nalish kelishigi qo'shimchasi 
oxiri 
к
undoshi bilan tugagan otlarga 
-ka
shaklida qshiladi. 
„Baliq

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin