sen o ‘qiyapsan“
deyish mumkin, lekin
„Salima chiqyapman, Salima
o'qiyapsan, qiz tikyapman“
tarzida qo'llanmaydi.
Lekin III shaxs
kishilik olmoshi ot bilan almashinib qo'llanadi:
„Qiz tikyapti
—
и tik-
yapti“.
0 ‘qituvchi kishilik olmoshlari bilan tanishtirayotganda shunga
diqqatni qaratish lozim. Kishilik olmoshi haqidagi dastlabki ma’lumot
badiiy asardan keltirilgan og‘zaki nutqqa doir misollarni kuzatish va
tahlil qilish orqali beriladi.
Kishilik olmoshlarini o'rgatish jarayonida o'quvchilarda
quyidagi
bilim va ko'nikmalar hosil qilinadi:
—
men, sen, u, biz, siz,
«/ar kishilik olmoshlari, ular
kim?
so'rog'iga
javob bo'ladi;
— kishilik olmoshlari so'z turkumi;
— kishilik olmoshlari 3 ta shaxsni birlik va ko'plikda ifodalaydi;
— ular kelishiklar bilan turlanadi;
-ni, -ning
qo'shim chalari
men,
sen
olmoshlariga qo'shilganda o'zakdagi л tushib qoladi;
и
olmoshiga
-ga, -da, -dan
qo'shimchalari qo'shilsa, bir
n tovushi orttiriladi kabi
bilimlar beriladi;
— olmoshlami nutqda to'g'ri va o'rinli qo'llash, ularni kelishikli ho
latda to'g'ri yozish, so'roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko'nikmalari
hosil qilinadi.
Olmosh so'z turkumi
suhbat, yarim izlanishli muammoli metod,
induktiv
metodlarda tushuntiriladi. Bu metodlarning qaysi birida tu-
shuntirilsa, shunga mos usul va ish turlari tanlanadi.
O'quvchilar olmoshlaming kelishik bilan qo'llanishini o'rganmagani
uchun dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan
gap tanlanadi.
Kishilik olmoshi quyidagi matn
asosida tushuntirilishi ham
mumkin:
— Men „Jimjiloq" hikoyasini o'qim.
— Sen qaysi hikoyani o'qiding.
— U „Nihollaming nolasi“ hikoyasini o'qidi.
Suhbat o'tkaziladi:
— Birinchi gapdagi otni toping.
— „Jimjiloq" nimaning nomi?
— Hikoya oti-chi?
— Shu gapda
kim?
so'rog'iga javob bo'lgan so'zni toping.
Keyingi gapiar ham shu tarzda tahlil qilinadi.
Kim? so'rog'iga javob bo'lgan
men, sen, и
so'zlarini bir ustun qilib
yozib qo'yiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Biz, siz, ular
so‘zlariustida ham shunday tahlil o'tkaziladi.
Suhbat
davom ettiriladi:
— Birinchi gapni kim gapiryapti? (so'zlovchi I shaxs)
— Ikkinchi gapni kim gapiryapti? (tinglovchi II shaxs)
— Uchinchi gapni kim gapiryapti? (o'zga III shaxs)...
Demak,
men, sen, и
shaxsni bildiradi va bu so'zlar
kim?
so'rog'iga
javob bo'ladi.
Biz, siz, ular
so'zlari ustida ishlanadi.
O'quvchilar javobiga aniqlik kiritiladi:
— Men, sen, u - so'z turkumi. Bu so'z turkumining nomi olmosh
deb yuritiladi. Men, sen, u — kishilik olmoshlari.
Dostları ilə paylaş: