3-sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar chuqur-
lashtiriladi. Shu vaqtdan boshlab o'quvchilar gap oxiriga tinish belgilari
sintaktik asosda qo'yilishini anglay boshlaydilar.
„Darak gap" mavzusini o'rganish bilan bog'liq holda nuqta
qo'yilishi, „So'roq gap" mavzusi bilan bog'liq holda so'roq belgisi va
„Undov gap" mavzusini o'rganish bilan bog'liq holda undov belgisi-
ning qo'yilishi o'rgatiladi.
4-sinfda o'quvchilar „Gapning uyushiq bo'laklari" mavzusi
o'rganilganda sanash ohangi bilan bog'langan bo'laklarda vergulning
vazifasi bilan tanishadilar.O'qituvchi ikki gapni o'qib taqqoslash bilan
nuqta va vergulda ohangning qanday berilishini ko'rsatadi. Masalan,
Biz ona tilimizni sevib о 'rganamiz
(Gap oxirida ovoz pasayadi, pauza
qilinadi).
Men, Ra’no, Alisher boshqa tillarni ham sevib о 'rganyapmiz
(Men, Ra’no, Alisher so'zlaridan so'ng ovoz bir oz pasayadi, xabar
ning davom etishi seziladi).
O'quvchilar uyushiq bo'lakli gap tarkibidagi uyushiq bo'laklarning
ammo, lekin, biroq
so'zlari bilan bog'langanda vergulning ishlatilishini
ham amaliy o'rganadilar.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar har xil mashqlarni ishlash
orqali tire va ikki nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar.
Savod o'rgatish davridayoq o'qituvchi o'quvchilar e’tiborini vergul,
tire, ikki nuqtaning ishlatilishiga qaratadi, matnni o'qiganda bu tinish
belgilariga rioya qilishni o'rgatadi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: