Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)
bir qism ida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratliligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o'ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o'quvchilar topgan sarlavhani jam o- aviy m uhokam a qilish, reja tuzish jarayonining o'zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o 'z m ulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim . Asarni o'qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja xattaxtaga yozilsa, hikoya m azm unini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi m azm unni berilgan izchillikda o'zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o'qituvchi savoliga www.ziyouz.com kutubxonasi
javob berishga nisbatan asar m azm unini aytib berishning xiyla mustaqil shaklidir. 0 ‘qilgan asar m azm u nin i o'zlashtirish ustida ishlashdagi k eyin gi bosqich qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2—3 qism ga bo'linadigan, bu bo'lim lar yaqqol ajralib turadigan, m azm uni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o'rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o'qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo'ygan qism ini o'qiyd i va o'quvchilar bilan birgalikda en g m uhim , asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o'quvchilar b a ’zan asardagi so'zlardan foydalanadilar. Bu o'quvchilarga qiyinlik qilsa, bo'lim dagi asosiy fikrni o'z so'zlari bilan aytib berishlari m um kin. Keyin o'quvchilar o'qituvchi bilan bu qism ni qisqartirib hikoyalashda nim alar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam aham iyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o'quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya