va farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash usulidan foydalanish
hamda so‘z va so‘z shakllarini ma’lum grammatik yoki grafik gu
ruhlarga ajratish, muayyan tizimga solish, tushuntirish va isbotlash
mashqlaridan foydalanish muhim o'rin tutadi.
Shunday qilib, orfografiyani o'rgatishda, grammatikani o'rgatish
kabi,
0
‘quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira
borish talab etiladi.
Imlo qoidasi ustida ishlash metodikasi. O'quvchilarda to ‘g‘ri
yozuv malakasini shakllantirish grammatik nazariyani va imlo qoi-
dasini o'zlashtirishga asoslanadi. Imlo qoidalari bir so‘znigina emas,
balki umumiylik mavjud bo'lgan butun so'zlar guruhining yozilishini
tartibga soladi. Bu xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini har bir
so'zni yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va qoidaga amal qilib,
belgilangan m e’yorga muvofiq butun so'zlar guruhini yozish imkonini
yaratadi.
Imlo qoidasi grammatik umumiylik asosida birlashgan so'zlaming
yozilishini bir xillashtiradi. Bu yozma ravishdagi aloqani yengillashtiradi
va imlo qoidalarining ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlaydi.
Imlo qoidalarini grammatik, fonetik, so'z yasalishiga oid material-
larni m a’lum darajada biimasdan turib o'zlashtirish mumkin emas.
Grammatik nazariya imlo qoidalari uchun poydevor hisoblanadi.
Shuning uchun boshlang'ich sinflarda imlo qoidasi shu qoidaga asos
bo'ladigan grammatik nazariyaga bog'liq holda o'rganiladi. Masalan,
shakl yasovchi qo'shimchalarning yozilishi haqidagi qoidalar ,,Ot“ ,
„Sifat", ,,Son“ , „Kishilik olmoshlari", ,,FeT ‘ mavzulari ichiga kiritil
gan. Materialning bunday joylashtirilishi grammatika bilan orfografi
yani bir-biriga bog'liq holda o‘rganishni ta’minlaydi.
Imlo qoidasi bevosita grammatik nazariya elementlaridan so'ng
o'rganiladi. Masalan, otlaming kelishiklar bilan turlanishi o'rganilgach,
kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqidagi ko'nikma shakllantiri
ladi. „Sifat" mavzusini o'rganish
Dostları ilə paylaş: