K arim a q osim ova


V.  Tushunchani ko'rgazmali o'rganish



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/283
tarix29.08.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#140936
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

V. 
Tushunchani ko'rgazmali o'rganish. 
T ushunchani shakllan- 
tirishning turli bosqichida k rgazm alilikdan foydalanish katta a h a ­
miyatga ega. T ush un cha belgilari bilan tanishtirishning boshlang'ich
bosqichida ko'rgazm alilikdan o'rganiladigan hodisaning belgilarini 
nutqda aniq ko'rsatish m aqsadida foydalaniladi. Til tushunchalarini 
shakllantirishda foydalaniladigan ko'rgazm ali vositalam ing o 'zig a xos 
xususiyati o'rganiladigan obyekt hisoblangan so'z, so 'z birikm asi, gap, 
gap bo'lagi va boshqalarga m os b o'lad i. Shunday ekan, ko'rgazm ali 
vositalarga jadval, chizm a, biror p red m et, uning rasmi bilan b ir q a ­
torda til m aterialning o 'zi ham kiradi. T anlangan m atnlar, alohida 
so 'z va gaplarda o'rganilayotgan hodisa aniq va lo 'n d a berilgan, nutqiy 
vazifasi va gram m atik xususiyati ravshan ko'rsatilgan bo'lishi kerak. 
Bu ichki ko'rgazm alilik o'quvchilarga tu sh u n cha belgilarini m av h u m ­
lashtirish, o'rganilayotgan hodisani b iro r tom o ndan o'xshashi bo'lgan 
boshqa hodisalar orasidan topish im konini beradi. M asalan, o 'zakd osh 
so'zlarni o'rg anish da tarkibida bir n ech a o'zakdosh so 'z b o 'lg a n m a t­
ndan foydalanish m aqsadga muvofiq: 1. M aktabim iz hovlisida katta 
gulzor 
bor. Unga h a r xil 
gul 
ekilgan. 
Gullarni gulchi 
o 'q u v ch ilar par- 
varish qiladilar. 2. R ahim ning otasi zavodda 
ishlaydi. 
U ilg 'o r 
ishchi.


R ahim ning o 'zi -
ishchan 
bola. Bu ikki m atn da uchtadan o'zakdosh 
so 'z bo'lib, ularning ikki m uhim belgisi (bir xil um um iy qismga 
egaligi va m a ’nolaridagi o'xshashlik)ni hisobga olgan holda, o'zakdosh 
so 'zlar yuzasidan um um lashtirish imkoni tug'iladi. Bundan tashqari, 
o'quvchilar o'qituvchi rahbarligida o'zakdosh so'zni shu so'zlam ing 
bir shakli bo'lgan so'z 
(gullarni)
bilan taqqoslab, o 'zakdosh so'zlar 
bilan so 'z shakli o'rtasidagi farq haqida elem entar tushunchaga ega 
bo'ladilar.
Tushunchaning m ohiyatini ochishga qaratilgan vazifalaming o'zi 
o'quvchilarni ularni bajarishga undashi, m ajbur etishi lozim. Bu bilan 
tushuncha ko'rgazmaliligi ta ’m inlanadi. M asalan, gapning uyushiq 
bo'laklari tushunchasining m ohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta 
gap tuzish vazifasini berish maqsadga muvofiq. M asalan, 
Bahorda biz
qaldirg'ochlarni quvonib kutib olamiz■
Bahorda biz maynalarni quvonib
kutib olamiz■
Bahorda biz chug'urchuqlami quvonib kutib olamiz. ~ Ba­
horda biz qaldirg'ochlami, maynalarni, chug'urchuqlami quvonib kutib
olamiz-
G apiar gap bo'laklari jihatidan tahlil qilinadi; o'quvchilar uchala 
gapda takrorlangan so'zlarni aytadilar; bunday hollarda kishilar uch 
gap o'rniga bitta gapdan foydalanishlarini tushunadilar. Shunday qilib, 
ular uch gapdan bitta gap tuzadilar, uni gap bo'laklariga ko'ra tahlil 
qiladilar, chizm asini tuzadilar. Bu vazifalarni bajarish bilan o'quvchilar 
ko'rgazm ali xulosa chiqaradilar: bir kesimga bir necha ikkinchi darajali 
bo'lak bog'lanishi va ular bir xil so'roqqa (nim alarni?) javob bo'lishi 
m um kin; bir bo'lakka qarashli va bir xil so 'ro q q a javob bo'lgan bunday 
so 'zlar 
gapning uyushiq bo'laklari
deyiladi. Y uqorida keltirilgan misol­
larda foydalanilgan ko'rgazm alilik o'rganilayotgan til hodisalarining 
belgilarini ajratishga qaratilgan, ya’ni ko'rgazm alilikdan tushunchani 
t a ’riflashdan oldin foydalanilgan.
Darsda foydalanish uchu n ko'rgazm a m aterial tanlashda o'qituvchi 
qo'yilgan m aqsadga k o 'ra o 'quvchilar nim ani bilib olishlarini aniq ko'z 
oldiga keltirishi kerak. Bir ko'rgazm a m aterialdan turli m aqsadlarda 
foydalanish m um kin. M asalan, predm et yoki uning rasm idan so'zning 
leksik m a’nosini tushuntirishda ham , gram m atik tu shu nch ani shakl­
lantirishda ham foydalanish m um kin. O 'quvchilarni sifatning nutqdagi 
aham iyati bilan tanishtirish uchun o'qituvchi berilgan predm etni tas­
virlash, uning belgilarini aytish vazifasini topshiradi. O 'quvchilar 
h a r qanday predm etni tasvirlash uchun o 'z nutqlarida sifatlardan 
foydalanadilar. Bu — tabiiy. O 'qituvchi 
„Predmetni tasvirlashda siz
qaysi so'zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?“
kabi savollar berib,


bolalar diqqatini o'rganiladigan gram m atik tush u n ch an in g (bu o 'rin d a 
sifatning) belgilariga qaratadi. O 'quvchilar predm etn i tasvirlash uch un
qaysi sifatlardan bir predm etni boshqasidan ajratish m aqsadida foy- 
dalanganliklarini aytadilar. Bu m isolda ko'rgazm ali m aterial nutqda 
g ram m atik tushu n cha (sifat)ning rolini kuzatish m aqsadida foydalani­
ladi va o 'q uv ch ilar aniq m aterialdan um um lashtirishga o'tadilar.
T ushunchani shakllantirish uchun jadval va chizm alardan keng 
foydalaniladi. 
Bu 
ko'rgazm alardan 
ko 'p ro q tushu nch a belgilari 
ajratilgandan so'ng mavhumJashgan belgilarni um um lashtirish, ular 
o'rtasidagi bog'lanishni aniqlash m aqsadida foydalaniladi.
Shunday qilib, gram m atik tushunchani o'zlashtirishga yordam be­
radigan asosiy m etodik shartlar o 'q uv ch ilam ing aqliy faoliyatini faol- 
lashtirish, u lam i yangi bilim olish uchun qiziqtirish, o'quvchilam in g 
n utqiy tajribasiga tayanish, bilim lam ing tizim liligi, o'q uvchilarda til 
birliklariga lingvistik m unosabatni shakllantirish ustida m aqsadga 
muvofiq ishlash hisoblanadi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin