K arim a q osim ova


Ayrim til kategoriyalari bog'lanishining mohiyati yangi til



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/283
tarix29.08.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#140936
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Ayrim til kategoriyalari bog'lanishining mohiyati yangi til
kategoriyasini 
o'rganish 
jarayonida ochiladi, 
shuningdek, bir yoki bir 
necha til kategoriyasi o'rganilgandan keyin oydinlashadi. M asalan
so'zning leksik m a’nosi va uning m orfemik tarkibi so'zning m a ’noli 
qism larini o'rganish jarayonida biryo'la m uhokam a qilinadi, chunki u 
yoki bu m orfem aning rolini boshqacha yo'l bilan tushuntirib bo'lm aydi; 
o'qituvchi so 'z tarkibini o'zgartiradi va shu bilan bog'liq holda so 'z 
m a’nosining o'zgarishini ko'rsatadi, bu o'zgarish so'zning qaysi qismi 
(so'z yasovchi qo'shim cha) hisobiga hosil bo'lganini tushuntiradi: 
ishchi — ishla — ishchan; paxtakor — paxtazor.
F e ’llarning shaxs-sonda tuslanishi kishilik olmoshlari o'rg an ilg an ­
dan so'ng, fe’lda shaxs kishilik olm oshlarining uch shaxsni ko'rsatishi 
bilan bog'lab o'rganiladi.
M aktabda gram m atik m aterialni o'rganish amaliy yo'nalishga 
ega bo'Igani va, birinchi navbatda, o'quvchilam ing nutqiy va aqliy 
rivojlanishiga xizm at qilgani u chun, bir til kategoriyasining boshqasiga 
tobeligini va bir-birini taqozo qilishini tushunish bilan birga, o 'q uv - 
chilarning bu haqdagi bilim laridan amaliy vazifalarni hal qilishda
ya’ni so'zlarni yozish, gap tuzish, so'zni tahlil qilishda foydalanishga 
o'rgatish ham m uhim dir. O 'qituvchi tilni o'rgatish vazifalarini hi­
sobga olib, doim o o'qu v chilam in g nutqiy tajribasiga suyanadi va til 
kategoriyalarining bog'liqligi haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish 
jarayoniga yo'naltiradi. Bilim kom ponentlari o'rtasidagi bog'lanishni


aniqlash bilim ni tajribaga, o 'q u v chilam in g yozma vq og'zaki nutqiga 
tatbiq etish im konini beradi.
O na tilini o ‘rganish jarayonida bilim larning izchilligi q anday 
ta ’m inlanadi? A w alo , m aktab dasturi lingvistik m aterialni o 'rg an ish d a 
yangi o'rganiladigan m aterialning ilgari o'rganilganlar bilan ilm iy 
asoslangan bog'lanishini aniqlashga imkon beradigan izchillikni 
ko'zda tutadi. O 'qituvchi bu bog'lanishning m ohiyatini m etodik j i ­
hatdan ko'z oldiga aniq keltirishi zarur. O 'zaro bog'liq b o 'lg an til 
hodisalarini ketm a-k et va parallel o'rganish m um kin. Bularning qaysi 
biridan foydalanish m a ’qulroq degan m asala k o 'p ro q m aterialning 
lingvistik m ohiyatidan kelib chiqib hal qilinadi. M asalan, kishilik 
olm oshlari fe’ldan oldin o'rganiladi, bu fe’ining shaxs-sonda tus- 
lanishini kishilik olm oshlariga bog'lab o'rganish im konini beradi. 
O 'qituvchi yangi o'rganiladigan m aterialni ilgari o'rganilganlar bilan 
bog'laydi. B uning u c h u n til tushunchalarini taqqoslaydi va bir-biriga 
qaram a-qarshi qo'yadi. M asalan, so 'z o'zgartuvchi q o 'sh im c h a la m i 
o'rganishda ular so 'z yasovchi q o 'sh im ch alar bilan taqqoslanadi (so'z 
yasovchi q o 'sh im ch a yangi so 'z hosil qilish uchun xizm at qilsa, so 'z 
o'zgartuvchi q o 'sh im ch a so'zning shaklini o'zgartirish u ch u n , ya’ni 
gapda so'zlarni bog'lash uch un xizm at qilishi aniqlanadi).

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin