Masalan, o‘qituvchi
chegara
otini aytadi va chegarani qo‘riqlaydigan
kishini bildiradigan o‘zakdosh ot tanlashni topshiradi
(chegarachi).
Vazifani boshqacharoq berish ham mumkin: o‘qituvchi so‘zni va so'z
yasovchi morfemani beradi. O'quvchining vazifasi yangi so‘zni to‘g‘ri
yasash va leksik ma’nosini tushuntirish hisoblanadi. Masalan,
baliq
so‘zidan
-chi
qo'shimchasi yordamida yangi so'z yasash
(baliqchi),
uning leksik ma’nosini tushuntirish, qaysi so'z
turkumi ekanini aytish
topshiriladi. Ikkala topshiriqda ham o'quvchilar so'zni morfemik tahlil
qiladilar. Bunda o'qituvchi o'quvchilar e’tiborini hosil bo'lgan so'z qaysi
morfema yordamida, qaysi so'z turkumidan yasalganiga, qanday ma’no
anglatishi va qaysi so'z turkumi ekaniga qaratadi. Bunday mashqlarda
tilda mavjud bo'lgan so'zlaming leksik ma’nosi bilan morfemik tarki-
bining o'zaro bog'liqigiga va biror so'z turkumiga xarakterli bo'lgan so'z
yasalishi usuliga asoslaniladi.
Bunday mashq turlaridan namunalar:
1. O'zakdosh so'zlari bo'lgan matnni leksik, so'z yasalishi tom o
nidan tahlil qilish. Masalan, quyidagi kabi matn aytib yozdiriladi:
Hovlimizda gulzor bor. Gulzorga har xil gul ekilgan. Ularni gulchi
akam parvarish qiladi. Gullar chamandek ochiladi.
O'qituvchi rahbarligida bir so'zdan boshqasi, ya’ni o'zakdosh
so'zlar qanday morfema yordamida yasalgani, u qaysi so'z
turkumiga
kirishi, qanday ma’no bildirishi aniqlanadi.
2. Leksik ma’nosi keng tushuntirilgan so'zni o'zakdosh so'z bilan
almashtirish.
Topshiriq.
Ajratib ko'rsatilgan so'zga o'zakdosh bo'lgan bir so'z
toping. Uning qaysi so'z turkumiga kirishini ayting va uni so'z tarkibiga
ko'ra tahlil qiling.
— Olma daraxti ko'p joy (Olmazor)
— Paxta yetishtirish bilan shug'ullanadigan kishi (Paxtakor)
— Bog' yaratadigan va uni parvarish qiladigan kishi (Bog'bon)
— Traktor bilan ish bajaradigan kishi (Traktorchi)
— Gul solib qo'yiladigan idish (Guidon)
O'quvchilar o'qituvchi yordamida shu so'z qaysi so'zdan va qanday
qo'shimcha yordamida yasalganini aniqlaydilar.
3. Har xil so'z turkumiga kiradigan o'zakdosh so'zlardan qat
nashtirib gap tuzish.
4. So'z yasashga doir vazifalar:
—
Oq, ish
so'zlaridan
-la, -chi
qo'shimchalari yordamida yangi
so'zlar yasang. Berilgan va siz yasagan so'zlar qaysi so‘z turkumiga
kirishini ayting va flkringizni asoslang.
—
Ish, paxta, suv
otlaridan o'zakdosh otlar yasang. So‘zlarni
tarkibiga ko‘ra tahlil qiling. Yangi ot hosil qilish uchun siz so‘zning
qaysi qismidan foydalandingiz?
—
Chiz, o'r
fe’llaridan o'zakdosh otlar yasang. Otlarni so'z
tarkibiga ko'ra tahlil qiling. Fe’ldan ot yasash uchun qanday
qo'shim chalardan foydalandingiz?
Bu vazifalar o'quvchilardan so'z yasalishi xususiyatlariga, so'zlaming
morfemik tarkibiga e’tibor berishni talab etadi va so'zning morfemik
tarkibi shu so'zning muayyan bir so'z turkumiga oid ekani bilan
bog'liqligini aniqlashga qaratiladi. Boshlang'ich sinflarda u yoki bu
so'z turkumining yasalishini kuzatish propedevtik xarakterda bo'ladi,
uning natijasi mashqning mavzuni o'zlashtirish maqsadiga qaratilishi,
darsda faol va individual ishlarni to'g'ri
uyushtirish, foydalanilgan
leksik materialning o'quvchilar saviyasiga mosligi va ko'rgazmalilikka
bog'liq.
O'qituvchi o'quvchilaming biror morfemani qay darajada o'zlash-
tirganini ularning morfemik tarkibi bolalar saviyasiga mos so'zlardagi
morfemalarni ajratish ko'nikmasiga, o'zak va shakl yasovchi
qo'shimchadan yo o'zak va so'z yasovchidan, yoki o'zak, so'z yasov
chi va shakl yasovchidan tuzilgan so'zlarni mustaqil tanlay bilishiga,
so'zdagi morfemalarning rolini so'z bilan tushuntirish ko'nikmasiga,
gapda so'z yasovchi qo'shimchali so'zlarni to'g'ri ishlatish ko'nikmasiga
qarab aniqlaydi.
Quyidagicha savol va topshiriqlam i bajarish asosida o'quvchilar
so'zning morfemik tarkibini qanday o'zlashtirganini aniqlash
mumkin:
I. Savollarga javob berish:
1. So'zda qaysi qism eng asosiy hisoblanadi? Nima uchun?
2. So'z yasovchi qo'shimcha qanday vazifani bajaradi? Misol
bilan isbotlang.
3. So'zda shakl yasovchi qo'shimcha
nima uchun xizmat
qiladi? Isbotlang.
II. Ikki so'zning ma’nosi va tarkibini taqqoslash. Buning uchun
o'quvchilar o'zak va so'z yasovchi qo'shimchalarning semantik aha
miyatini qanchalik tushunganini aniqlashga imkon beradigan so'zlar
tanlanadi
(ishladi va boshladi, paxtakor va paxtazor).
III. So'zlarni taqqoslab, o'zakdosh yoki o'zakdosh emasligini is-
botlash
(tuz, tuzdon, tuzli, tuzsiz, tuzladi). Qaysi qism ulami o'zakdosh
qilyapti? Qaysi qism har xil ma’noli so'z hosil qilyapti?
kabi savollarga
javob berish.
IV.
Bog'bon, o'roq, bog'ni, ishchidan
so'zlarini tarkibiga ko'ra tahlil
qilish. 1) o'zak va so'z yasovchi qo'shimchadan, 2) o'zak
va shakl
yasovchi qo'shimchadan, 3) o'zak va so'z yasovchi, shakl yasovchi
qo'shimchalardan tuzilgan so'zlar tanlash.
V. Tayanch so'zlar asosida o'qituvchi tavsiya etgan mavzuga oitl
kichik hikoya tuzish.
Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinflarda so'zning morfemik
tarkibi va so'z yasalishini o'rgatish o'quvchilaming har bir so'zga ongli
munosabatda bo'lishlarini ta’minlaydi, so'z
tarkibi va uning yasalishi
haqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantiradi.
Savol va topshiriqlar
Dostları ilə paylaş: