K arim a q osim ova



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/283
tarix29.08.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#140936
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Tikanli,
kichkina, foydali ...
(tipratikan). 
Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi ...
(tulki);
3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish 
kabi mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o'rnini 
puxta o'zlashtirishga erishish uchun ma’nodosh va zid ma’noli sifatlar 
ustida ishlash, o'qish darslarida sifatning o'z va ko'chma ma’noda 
ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o'rganish jarayonida 
so'z yasashga oid mashqlarni muntazam o'tkazib borish o'quvchilarda 
u yoki bu so'z turkumini yasash uchun so'z yasovchi qo'shimchalardan 
ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
Uchinchi bosqichda 
sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, 
og'zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o'rinli foydalanish ko'nik­
masini o'stirish bilan bog'liq holda 
-roq
qo'shimchasi bilan qo'llangan 
sifatlarni va 
ko‘m-ko‘k, yam-yashil
kabi sifatlarni to'g'ri yozish 
malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab 
belgilanadi va o'quvchilar nutqini o'stirishga qaratiladi.
Nazariy m a’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlaming 
belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo'yish, gapda sifat 
bog'langan otni (so'z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar 
tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so'z birikmasi 
bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq mate­
rialini tanlashda 
-roq
qo'shimchasi bilan qo'llangan 
yaxshiroq,
aqlliroq
kabi, shuningdek, 
tip-tiniq, sap-sariq
kabi sifatlar ko'proq 
bo'lishiga e’tibor beriladi. O'quvchilaming mustaqilligi osha borgan 
sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. 
Shunday qilib, sifatni o'zlashtirishda uni ot bilan o'zaro bog'liq 
holda o'rganishga asoslaniladi.


,,Son“ni o'rganish tizimi ham son haqidagi materialni leksik va 
grammatik tomondan sinfdan-sinfga o'tgan sayin boyitib, murak- 
kablashtirib borishni nazarda tutadi.
Boshlang'ich ta ’limda son uch yo'nalishda o'rganiladi:
1. Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash.
2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
3. Sonlarning imlosi ustida ishlash.
Son boshlang'ich sinflarda quyidagi izchillikda o'rganiladi:
— 2-sinfda nechta?, qancha? so'roqlariga javob bo'lib, shaxs va 
narsaning sanog'ini, nechanchi? so'rog'iga javob bo'lib, shaxs va 
narsaning tartibini bildirishi;
— 3-sinfda „Son - so'z turkumi" tushunchasi kiritiladi. O'quv­
chilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog'lanib kelishi 
yordamida aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi. Bularni o'rganishda sonning 
leksik xususiyatlariga asoslaniladi. Sonning leksik ma’nosi uni ot bilan 
bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi.
— 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va 
arab raqamlari bilan yozilishi, qo'sh undoshli sonlarning, grammatik 
shakllangan sonlarning (ikkov, o'ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning 
gramm, kilogramm, metr, litr, so'm, tiyin so'zlari bilan qo'llanishi va 
shu so'z bilan bitta so'roqqa javob bo'lishi o'rganiladi. O'quvchilaming 
sonlarni otga bog'lanishi, so'roqlar yordamida sonni o'zi bog'langan 
so'z bilan ko'chirish ko'nikmalari o'stiriladi.
Shunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati 
uni leksik va grammatik aspektda o'rganishni taqozo etadi. Son gram­
matika va imlo o'qitishdagi suhbat metodida, yarim izlanishli muam­
moli metodda, analitik (tahlil), sintetik (tarkib), induktiv metodlarda 
o'rganiladi. Bu metodlar son yuzasidan beriladigan tushunchalaming 
mohiyatiga, o'quvchilaming tayyorgarlik darajasiga bog'liq holda tan­
lanadi. Agar o'quvchi son haqida m a’lum darajada bilimga ega bo'lsa, 
yarim izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola 
son haqida umuman tushunchaga ega bo'lmasa, induktiv va analiz 
metodlaridan foydalaniladi.
„Son" ustida ishlash dastur talabiga ko'ra 1-sinfdan boshlansa 
ham, uni o'rganish jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo'linadi. 
,,Son“ boshlang'ich ta’limda elementar nazariy tushunchalar asosida 
amaliy o'rganiladi. Lekin 
1-bosqichni 
to'liq ma’noda sonni amaliy


o'rganish bosqichi deb nomlaymiz. Chunki bu bosqichda umuman 
nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod o‘rgatish va
1-sinfning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqich sonni o'rganuvchi 
keyingi bosqichlarga zamin tayyorlaydi.
Ma’lumki, savod o'rgatish davrida o'quvchilar bilan kundalik 
ishlar, rasmlar, predmetlar, mavzular yuzasidan og'zaki savol-javoblar 
o'tkaziladi. Masalan: „Bugun nechanchi sana? Biz nechanchi asrda 
yashayapmiz? Bu yil nechanchi yil? Darsga nechta o'quvchi kelmadi? 
Bir yil necha faslga bo'linadi? Yilning birinchi fasli qaysi?" yoki man­
tiqiy mashqlar ishlash bilan bog'liq holda: „Xonadoningizda nechta uy 
hayvoni bor? Nechta yowoyi hayvon nomini bilasiz?" kabi.
Mavzular bilan bog'liq holda, „Oila" mavzusida: „Oilangizda 
nechta kishi yashaydi? Nechta akangiz (yo ukangiz, yoki opa-singlingiz) 
bor? Siz oilada nechanchi farzandsiz? Nechanchi yilda tug'ilgansiz? 
Hozir nechanchi sinfda o'qiyapsiz?" yoki 
О 
tovushi va 
О о 
harfi bilan 
tanishtirishda: Osmonda nechta oy bor?, Nechta yulduz bor? (Bolani 
o'ylashga majbur qiladi), Nechta yulduzning nomini bilasiz?" kabi.
1-sinfning ikkinchi yarmida mashq ishlash paytida „Gapda nechta 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin